Endi Botanika bog`ida festival va boshqa bayram tadbirlari o`tkazilmaydi

28.07.2021 17:12

Rost24.uz axborot saytida Botanika bog`ida tashkil etilayotgan festival va turli tadbirlarga chek qo`yish borasidagi bir nechta materiallar e`lon qilingan. Unda Markaziy Osiyoda yagona, noyob floraga ega bog` tahlikali holatga keltirilayotgani, bu hududda shovqin va turli harakatlarga chidamsiz bo`lgan dunyoda noyob o`simliklarga zarar etayotgani borasida fikr yuritib, jamoatchilikni ogohlikka chorlagan edi.

Endilikda Akademik F.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog`ida festivallar va boshqa yirik bayram tadbirlari o`tkazilmaydigan bo`ldi. Negaki, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi Toshkent “Botanika bog`i”da turli tadbir va festivallar o`tkazilishini taqiqlovchi qaror loyihasi ishlab chiqilayotganini ma`lum qildi. Qaror loyihasida “Botanika bog`i”da tadbirlar o`tkazmaslik, bog`ni rivojlantirish va uni dunyoning go`zal botanika bog`lari safiga qo`shish nazarda tutilgan.

Bu haqida bugun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati zalida o`tgan tadbirda ma`lum qilindi.

Qo`mita vakili Islombek Boqijonov rost24.uz saytida “Botanika bog`i”ning festivallar makoniga aylantirilgani yuzasidan qilingan tanqidlar o`rinli ekanini qayd etdi. Hamda bu borada qaror loyihasi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga taklif etilganini bildirdi.

Eslatib o`tamiz: Bundan avval saytimizda “Botanika bog`i”da turli tadbir va festivallar o`tkazilishi qattiq tanqid ostiga olingan va bir qator “Markaziy Osiyoda yagona, noyob floraga ega Botanika bog`i tahlikali holatga keltirilmoqda”, “Forumdan keyingi Botanika bog`i manzarasi” kabi maqolalar e`lon qilingan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.07.2021 18:35
Туппа тугри такиклаб куйиш керак