O`zbekiston amaldorlari ochiq va shaffof mansabga tayinlanadimi?

15.07.2021 17:53

Rost24.uz axborot-tahliliy sayti Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishning ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish masalalari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida quyidagi savolga javob so`radi.

O`zbekiston hukumatddagi amaldorlarning necha foizi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayinlangan yoki tavsiya qilingan? Aynan, tashkil qilingan portal orqali necha foiz davlat rahbari ishga joylashdi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Otabek Hasanov bu savolga quyidagicha javob berdi:

“Hujjat topshirganlarni saralash ochiq tanlov orqali bo`lib o`tdi, 840 ta hujjatdan 50 nafari tanlab olindi. Mana shu 50 nafarning 60 foizi ya`ni 32 tasi aynan rahbarlik lavozimiga tayinlandi. Misol uchun Shahrisabzda tuman hokimi o`rinbosari, yoki Angren shahar hokimi o`rinbosarligiga, Innovasiya vazirligida boshqarma boshlig`i lavozimiga tanlov o`tkazildi. Shuningdek, barcha vazirlik, idoralarda departament boshliqlari ham rahbarlik lavozimi hisoblanadi. 

Vakant e`lon qilinadi va o`sha erga rahbarlar saralanib olinadi. Masalan, Mehnat vazirligida bitta vakant o`ringa boshqarma boshlig`i o`rniga 79 ta odam hujjat topshirdi va ichidan eng munosibi tanlab olindi. Bu savolingizga javob, qaerda rahbarlik lavozimidagi vakant joy bo`lsa, o`sha erga tanlov e`lon qilamiz. Umumiy sonni aytadigan bo`lsak, 200 dan ortiq rahbarlik lavozimlariga ochiq tanlov orqali o`tkazildi va tayinlandi. 

Yana bir jihati, tanlov orqali tavsiya qilingan davlat xizmatchisini agentlikni ruxsatisiz ishdan bo`shatish mumkin emas. Chunki biz o`rganib qolganmiz, ishdan olib, ishga qo`yishga. Endi asoslab bo`shatish kerak. Agentlik aralashadi endi” – deya ta`kidlab o`tdi Otabek Hasanov.

Quyi bo`g`indagi davlat xizmatchilarini tayinlash bilan o`ralashib yurgan ushbu agentlik, yuqori organ rahbarlarini tayinlashga ham balki bir kun etib kelar, lekin ungacha bitta amaldor bir nechta lavozimlarni egallab, ishlab yuraverishi ko`rinib turgan haqiqat…

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар