"Kredit olish uchun bir oy hamma ishini yig`ishtirib qo`yib, bankda yashaganman"

24.04.2021 17:08

SARDOBALIK ETIKDO`ZNING ODDIY HAQIQATI

Sardoba suv ombori talafotidan minglab yurtdoshlarimiz aziyat chekdi. Kimdir uyidan, kimdir mol-dunyosidan yana kimdir bor budidan ayrildi. Ammo olib borilgan harakatlar, davlatning fuqarolariga ko`rsatgan yordami evaziga sardobaliklar uchun hayot yangidan boshlandi.

Fuqarolar zamonaviy uy-joylar bilan ta`minlandi, yangidan ish o`rinlari yaratildi, ko`rilgan zararlar qoplab berildi. Aholining hayoti tarzi bugun iziga tushgan. Ammo, bularning barchasi o`z-o`zidan bo`lgani yo`q. Tinimsiz harakat, chekkan zahmatlar evaziga keldi.  

Bir necha yillar etikdo`zlik bilan shug`ullangan hunarmand Yorbek Mavlonovning hozir katta poyabzal ishlab chiqaradigan korxonasi bor. Bu korxona qanday tashkil qilingani, bank va tadbirkor o`rtasidagi munosabat qanday kechgani haqida Rost24.uz axborot sayti muxbiri Yorbekdan intervyu oldi.
 


– Bankdan kredit olayotgan vaqtimda bir oy bankda yashaganman. Ertalab bankka borganimda hech kim yo`q bo`lardi, kechga hamma ketgandan keyin uyga qaytardim, dedi tadbirkor Yorbek Mavlonov. – Uncha ko`p emas 90 million so`m kredit olish uchun bir oy hamma ishini yig`ishtirib qo`yib bankda yashaganman. Juda qiyin bo`lgan. shunday bo`lsada chekinmaganmiz. Endi mashaqqatlarimiz samarasini ko`rib turibmiz

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар