Nazarboev davrining intihosi: Iste`fodan keyingi uch yil

20.03.2022 12:50

Qozog`istonning sobiq «Elboshisi» bundan buyon Qozog`iston siyosati va tarixida rol o`ynaydimi?
Nursulton Nazarboyev iste`foga chiqqaniga 3 yil bo`ldi. Bu uch yil ichida uning faoliyati va oilasida qanday voqealar ro`y berdi, nimalar yo`qotildi?
 

Nazarboyev davri tugadimi?

Nazarboyev iste`fosining uch yilligi oldidan yanvar voqealari, uning ortidan esa – yuqori lavozimlardan ayrilish, yaqinlar va sheriklarning hibsga olinishi, Elboshi sharafiga qad ko`targan haykallarning qulatilishi, bularning bari uning ko`z o`ngida sodir bo`ldi. Sobiq prezidentning ardoqli qizi Darig`a Nazarboeva rais o`rinbosarligidan bo`shatildi. Kenja qizi Aliya Nazarboevaning «Operator Rop LLP» kompaniyasi imtiyozlardan ayrildi, Nazarboevning kuyovlari «Atameken», «Kazaxgaz» va «KazTransoyl»dagi lavozimlarini tark etishdi. Nazarboevning jiyani Samat Abish endi Qozog`iston milliy xavfsizligi rahbari o`rinbosari emas, ikkinchi jiyani Qayrat Satibaldi esa hibsga olindi. Bu mamlakatdagi kadrlar almashinuvi  va huquq-tartibot idoralari tomonidan eng obro`li oila va uning yaqinlariga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarning to`liq ro`yxati emas.

Nursulton Nazarboyev Qozog`iston xalqiga videomurojaatida o`zini «pensioner» deb atagan va «elitada qarama-qarshilik va nizo yo`q»ligi, «Qosim-Jo'mart To'qaev to`liq hokimiyatga ega» ekanini ta`kidlagan edi.

«Bugun Nazarboyev mustaqil Qozog`istonning birinchi prezidenti, boshqa hech narsa emas. Agar tergovlar Nazarboyevning yanvar voqealariga bilvosita yoki bevosita aloqasi borligini tasdiqlasa, xuddi Qirg`izistonda Akayev va Bakievlar sobiq prezidentlik maqomidan mahrum qilinganidek holat sodir bo`lishi mumkin», - deydi tarixchi Xangeldi Abjanov orda.kz ga bergan intervyusida.

Nazarboev hozir Qozog`iston siyosati va tarixida qanday o`rin egallaydi?

2019 yildan to yanvar voqealarigacha Nazarboev va To`qaev mamlakatni alohida boshqargan, biroq ustunlik mamlakatning birinchi prezidenti va Xavfsizlik kengashi raisi Nazarboevning tomonida edi. Tarixchi Abjanovning fikricha, mamlakatda ikki etakchiga ega hokimiyat mavjudligining isboti qonunchilik normasida aks etgan bo`lib, unga ko`ra ichki va tashqi siyosat bo`yicha tashabbuslarni «birinchi» bilan muvofiqlashtirish zarur edi. Yanvar voqealaridan keyin bu norma bekor qilindi.

Qolaversa, Nazarboev iste`foga chiqqanidan keyin ham Qozog`iston nomidan rasmiy delegasiyalarni, xorijiy davlat rahbarlarini qabul qilishni davom ettirdi, xalqaro tadbirlarda qatnashdi. Masalan, MDH davlatlari rahbarlari Sankt-Peterburgga yig`ilganda Qozog`istondan ikki kishi – To`qaev va Nazarboyev vakillik qilgan edi.

Biroq Qonli yanvardan keyin Nazarboyev davri tugadi, deb hisoblaydi tarixchi.

«Nazarboevning qarindoshlari mamlakatni tark etishdi, bu esa Qozog`istonda Nazarboyev davri tugaganini tasdiqlaydi. Uning barcha qarindoshlari lavozimidan ozod etildi. Nazarboev haqiqatdan ham ketdi. Turkiyaga diplomatik forum uchun qilgan safariga kelsak, u Turkiyaga Prezident va rasmiy sifatida emas, balki taklif etilgan mehmon sifatida bordi».

Siyosatshunos Rustam Burnashev fikricha, Nazarboevning o`ziga bergan ta`rifi haqiqatga eng yaqini, ya`ni «pensioner».

«Chol, ket!» - Nazarboyevga nisbatan tanqidlar kuchaygan

Qozog`istonda so`nggi uch yilda o`tkazilgan siyosiy aksiyalarning asosiy shiori «Chol, ket!» bo`ldi. Qozog`istonliklar mamlakatdagi qo`sh hokimiyat, oilaviy korrupsiyaga qarshi chiqishdi.

Biroq 2019 yilda o`tkazilgan turli sotsiologik so`rovlar shuni ko`rsatdiki, qozog`istonliklarning aksariyati Nursulton Nazarboyevning mamlakat prezidenti sifatidagi faoliyatini ijobiy baholagan.

Shunday qilib, Demossope so`rovi natijalari Nazarboyev, ayniqsa, keksa avlod vakillari orasida mashhur ekanligini ko`rsatdi: 60 yoshdan oshgan respondentlar deyarli bir ovozdan uning ishiga ijobiy baho berishdi – 90%. Nazarboyev 30-39 yoshdagi fuqarolar orasida eng kam mashhurlikka erishdi - 82%.

«Avtoritar rahbar hokimiyatdan ketgach, uning faoliyatiga doimo tanqidlar asta-sekin kuchayib borayotganiga duch kelinadi. Bu oddiy holat», - deydi siyosatshunos Burnashev.

Siyosatshunos, shuningdek, Qozog`istonda Nazarboyev prezidentlikdan ketgan vaqida «g`alati davr» bo`lganini, chunki bir paytda u birinchi prezident maqomiga ega bo`lib, davlatda bir qator muhim muhim lavozimlarni egallash imkoni berilganini aytdi.

Nazarboev hukmronligi qanday esda qoladi?
 

Tarixchi olim Xangeldi Abjanov sobiq prezident hukmronligini o`ttiz yilga bo`lib, ularning har biriga o`z bahosini berdi. Birinchi o`n yillik samarali bo`ldi va u o`zini yaratuvchi sifatida ko`rsatdi, deb hisoblaydi olim.

«Ikkinchi o`n yillikni men inqirozning boshlanishi deb atagan bo`lardim. Janao`zen voqealari 2011 yilda bo`lib o`tgan. U erda qancha odam halok bo`lganini aniq bilmaymiz. Ammo ko`p odamlar halok bo`lganligi haqida dalillar mavjud. Ularga orqa tomondan  o`q uzilgan, demak ular hujumchilarga emas, qochib ketayotgan odamlarga qarata o`q uzilgan. Ishsizlik, odamlarning qashshoqligi, agrar iqtisodiyotning tanazzulga uchrashi - bu ham ikkinchi o`n yillikning nasibasi. Uchinchi o`n yillik qulashdir. Jinoyatchilar Qozog`iston Milliy Xavfsizligining boshida bo`lib chiqdi, xalqning korrupsiya va talonchilikdan noroziligi oshdi ", deydi tarixchi. Shuningdek, yashirin qabilachilik, monopoliyalarning, xususan, jinoiy monopoliyalarning paydo bo`lishini, qolaversa Fanlar akademiyasining «buzilishi»ni Nazarboev hukmronligining salbiy tomonlari qatoriga kiritish mumkin.

«Nazarboyev Fanlar akademiyasini vayron qildi. Sovet Ittifoqida bizning akademiyamiz eng yaxshilaridan biri edi, endi biz ilm-fan darajasini aniq yutuqlar bilan emas, balki xorijiy reyting jurnallarida nashr etilgan nashrlar soni bilan aniqlaymiz ", deb hisoblaydi Xangeldi Abjanov.

«Bugungacha Nazarboyev boshqaruv modeli ishlagan».

Nazarbaevskaya epoxa zakonchilas: tri goda s otstavki pervogo

Yaqin vaqtgacha Qozog`istonning davlat tuzilmasida jiddiy o`zgarishlar bo`lmagan, Nazarboev boshqaruv modeli ishlagan, endi bu o`tmishda qoldi. To`qaev e`lon qilgan islohotlarning amalga oshirilishi uning Qozog`iston tarixida qanday prezident bo`lib qolishiga bog`liq, deya xulosa qildi tarixchi, orda.kz sayti bilan suhbatda. 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.03.2022 01:03
Пенсионер ёзилади, пенционер эмас.