AQShning Yaqin Sharqdagi hamkorlari Rossiya – Ukraina keskinligida nega Vashingtonni qo`llamayapti?

07.03.2022 15:45

The Wall Street Journalning navbatdagi maqolasida AQSh, G`arb, Rossiya va Yaqin Sharq davlatlarining neft oldi-sotdisi haqida ham gap boradi.

Vashingtonning mintaqaviy hamkorlari AQShning Moskvaga qarshi chiqish chaqiriqlarini rad etmoqda.

Bayden ma`muriyati o`zining Yaqin Sharqdagi eng yaqin hamkorlarini Ukrainani Rossiya bilan chuqurlashayotgan urushda qo`llab-quvvatlashga va iqtisodiy tanglikni yumshatishga yordam berishga undamoqda.

Fors ko`rfazining neftga boy monarxiyalaridan tortib to Isroilgacha bo`lgan AQSh hamkorlari betaraflikni saqlab qolmoqda. Shu bilan birga Rossiyaning mintaqada ta`siri ortish fonida Moskvani tanqid qilishda davom etayapti.

OPEKning amaldagi peshqadami Saudiya Arabistoni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan neft etkazib berish borasida xavotirlar tufayli bir barreli 100 dollardan oshib borayotgan oddiy (ishlanmagan) neft narxini yumshatish uchun AQShning ko`proq neft etkazib berish so`rovini rad etdi. Birlashgan Arab Amirliklari AQShning chaqirig`iga e`tibor bermadi va BMT Xavfsizlik Kengashining Rossiya bosqinini qoralovchi rezolyusiyasidan tiyildi.

Ukraina elchisi Evgen Korniychukning so`zlariga ko`ra, hatto AQShning mintaqadagi eng yaqin ittifoqchisi bo`lgan Isroil ham Ukrainaning qurol-yarog` va boshqa harbiy jihozlar (dubulg`a va himoya kamzuli) so`rovini rad etgan. Isroil rasmiylariga ko`ra, agar Isroil Moskvaga qarshi turgan tomonlarni tanlasa, Suriyadagi Rossiya kuchlarini qo`llab-quvvatlagan Eron jangarilari bilan to`qnash kelishi mumkin. 

AQSh mulozimining aytishicha, mintaqadagi diplomatik jarayon Vashington kutgandan ko`ra ehtiyotkorroq. 

"Biz Rossiya va Putinga maksimal bosim o`tkazishimiz bilan birga AQSh va jahon iqtisodiyoti uchun xavfni kamaytirishga e`tibor qaratmoqdamiz", degan Vashington rasmiy vakili. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan yuqori darajadagi muzokaralarni o`zaro ishonch hosil qilish deb hisoblaydi. 

Saudiya Arabistoni AQShning qo`shimcha neft etkazib berish bo`yicha oldingi so`rovlarini rad etgan bo`lsa-da, neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti rasmiylari seshanba kuni Xalqaro energetika agentligi a`zolarining favqulodda vaziyatda 60 million barrel neft chiqarishga qarshi harakatlariga qarshi tura olmasligini aytishdi. AQSh va Qatar rasmiylari o`rtasidagi muzokaralardan xabardorlarga ko`ra, AQSh tomonidan NATOga a`zo bo`lmagan asosiy ittifoqchi sifatida e`lon qilingan Qatar (bu unvon Saudiya yoki Amirliklarga berilmagan) Rossiyaning tabiiy gaz ta`minotida uzilishlar bo`lsa, ba`zi gaz yuklarini Osiyodan Evropaga yo`naltirishga tayyorligini bildirgan. 

Shunga qaramay, Ukraina bosqinchiligi AQSh va uning arab hamkorlari o`rtasidagi xavfsizlik uchun neft oldi-sotdisi qanchalik taranglashganini va Amerikaning mintaqadagi qudratini saqlab qolishiga shubhalar paydo bo`lgani bilan izohlanadi. O`tgan yozda AQShning Afg`onistondan chiqib ketishi va uning uzoq muddatli tashqi siyosatdagi maqsadi Xitoyga qaratilishi uning ko`plab mintaqaviy hamkorlarini yangi xavfsizlik va iqtisodiy aloqalarni izlashga undadi.

So`nggi yillarda Rossiya bu bo`shliqni to`ldirishga urinmoqda. Moskva Yaqin Sharqning asosiy neft ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomasi xom ashyo narxining oshishiga yordam berdi. Saudiya Arabistonining asosiy suveren jamg`armasi va neft kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatgan. Rossiya Suriya va Liviyadagi fuqarolar urushiga aralashib, qo`shnilari tahdidi ostida bo`lgan Fors ko`rfazi davlatlariga AQSh qurollariga muqobil variantlarni taklif qildi.

“Saudiya Arabistoni o`zi etakchilik qilayotgan neft karteli, OPEK va Rossiya o`rtasidagi kelishuvni xavf ostiga qo`ymoqchi emas”, deydi Ar-Riyod rasmiylari. 

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, qirollik hukmdori Muhammad bin Salmon o`tgan hafta (tah. - 27 fevral) Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Ar-Riyod Moskva bilan neft qazib olish darajasi bo`yicha kelishuvni davom ettirishga sodiqligini aytgan.

AQShning Ar-Riyodga nisbatan bosimlari, 2018 yilda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o`ldirilishida o`sha vaqtdagi AQSh prezidenti (tah.-Donald Tramp) tomonidan shahzoda Muhammadning ishtiroki rad etilgani bugunga kelib  Bayden va shahzoda o`rtasidagi munosabatlar bir muncha murakkablashishiga olib keldi. 

“Baydenning shahzoda Muhammad bin Salmonni Saudiya Arabistonining amalda etakchisi sifatida tan olishdan bosh tortishi shahzodaning Putin tarafini olish qarorini osonlashtiradi”, dedi saudiyalik maslahatchi.

“Bayden ma`muriyati saudiyaliklar bilan munosabatlarni tiklash ustida ishlamoqda, Ar-Riyodga yuqori darajadagi delegasiyalar yubordi va janob Bayden Saudiya Arabistoni qiroli Muhammad bilan 24 fevral kuni telefon orqali muloqot qildi”, deb aytgan AQSh rasmiysi.

BAA Vashingtondan uzoqlashayotganining yana bir belgisi sifatida Abu-Dabi valiahd shahzodasi, mamlakatning amaldagi hukmdori Shayx Muhammad bin Zoid al Nahayon seshanba kuni Putin bilan telefon orqali ikki tomonlama munosabatlar, energetika bozori va Ukrainadagi vaziyat haqida gaplashgan. Shuningdek, BAA davlat axborot agentligiga ko`ra, Shayx Muhammad vaziyatni tinch yo`l bilan hal qilishga chaqirgan.

Shu bilan birga seshanba kuni BAA ukrainalik sayyohlar uchun Yaqin Sharq savdo va turizm markaziga vizasiz sayohat qilishni to`xtatgan edi. BAAda qolish huquqiga ega bo`lgan Ukraina fuqarolari bir oy davomida endi mamlakatga tashrif buyurish uchun vizaga ariza berishi lozim. 

"Isroil o`lchovli va mas`uliyatli yondashuvni qo`lladi. Bu bizga nafaqat o`z manfaatlarimizni himoya qilish, balki foydali bo`lish imkonini beradi.", dedi Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet. Shuningdek u ikki tomonlama muloqot qilish kerakligiga urg`u bergan.

“Urush qanchalik uzoq davom etsa, AQShning mintaqadagi hamkorlari va ittifoqchilari Vashington bilan yaqinroq kelishish uchun shunchalik ko`p bosimga duch kelishadi. Rossiya mintaqa bilan aloqalarini kuchaytirgan bo`lsa-da, Moskva Ar-Riyod va Abu-Dabiga uzoq muddatli harbiy yordamni taklif etmaydi”, dedi Yaqin Sharq institutining professori Yang xonim. Uning aytishicha hozir ham kelajakda ham Rossiya bunday qilolmaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар