Rossiya – Ukraina fonida tilga olinayotgan "Minsk kelishuvlari" aslida qanday shartnoma, u nima maqsadda tuzilgan?

03.03.2022 11:04

Rossiya fevral oyining oxirgi haftasida Donesk Xalq Respublikasi (DXR) va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan olib, Ukrainaga harbiy operasiya boshlarkan “Minsk kelishuvlari” ahamiyatini yo`qotdi. 

Minsk kelishuvlari Ukrainaning Donbas mintaqasida urushni tugatishga qaratilgan bir qator xalqaro shartnomalar edi. Avvaliga “Minsk protokoli” sifatida tanilgan, 2014 yilda Ukraina, Rossiya va Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Normand nomi bilan ataluvchi Fransiya va Germaniya rahbarlarining vositachiligida Ukraina bo`yicha uch tomonlama aloqa guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.

Belarus poytaxti Minsk shahrida bo`lib o`tgan keng ko`lamli muzokaralardan so`ng 2014 yilning 5 sentyabr kuni “Uch tomonlama aloqa guruhi” vakillari hamda ularning maqomi tan olinmagan holda, o`sha paytdagi o`zini-o`zi e`lon qilgan Donesk Xalq Respublikasi (DXR) va Lugansk Xalq Respublika (LXR) xalqi etakchilari tomonidan kelishuv imzolangan edi. Ushbu kelishuv mintaqadagi janglarni to`xtatishga qaratilgan bir qancha oldingi urinishlardan so`ng amalga oshirildi va zudlik bilan o`t ochishni to`xtatishga qaratilgan edi.

Shartnoma jangni to`xtata olmadi va shu tariqa 2015 yil 12 fevralda imzolangan, qayta ko`rib chiqilgan va yangilangan Minsk II kelishuvi yangilandi. Ushbu kelishuv o`t ochishni to`xtatish, og`ir qurollarni front chizig`idan olib chiqish, harbiy asirlarni ozod qilish, Ukrainada konstitusiyaviy islohot o`tkazish, Donbasning ayrim hududlariga o`zini-o`zi boshqarish huquqini berish va davlat chegarasi ustidan nazoratni tiklash kabi chora-tadbirlardan iborat edi.

Shartnoma imzolangandan so`ng janglar susaygan bo`lsa-da, u hech qachon to`liq tugamagan va kelishuv qoidalari hech qachon to`liq amalga oshirilmagan.

Rossiya 2022 yil 22 fevralda Lugansk va Donesk xalq respublikalarini rasman tan oldi. Ushbu qarordan so`ng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minsk kelishuvlari endi mavjud emasligini va ularning qulashida Rossiya emas, balki Ukraina aybdor ekanini ta`kidladi. Shundan so`ng Rossiya 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga bostirib kirdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.03.2022 17:20
Нато ни 1991-йилдан кейин хам мавжуд бўлишини қандай тушуниш мумкин?