“Andijon amiri” yoki hokimi mutlaq...

10.02.2022 09:45

Ikki hukumat davrida ham hokimlik kursisini saqlab qolayotgan, O`zbekistonning qonun – qoidalari kamdan kam etib boradigan Andijon viloyati hokimining internetdagi trendlari haqida qisqacha. 

Internet foydalanuvchilari tomonidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Qonunni chetlab o`tishlari haqida ko`p muhokama qilishadi. Bugun bunga doir bir nechta misollar keltiramiz. Shuningdek, uni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon amiri” Shuhrat “arqadag`” deb ham atashadi.

8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o`qituvchilar o`quv muassasada ta`lim sifati, o`quvchilarning oliygohlarga kirish ko`rsatkichi pastligi uchun ota-onalar oldida tik turib kechirim so`rashga majbur qilingani haqida xabarlar va o`qituvchilarning maktab faollar zali sahnasida bosh egib turgani aks etgan surat tarqaldi. Dastavval bunga viloyat hokimi majbur qilgani aytilgandi.

  Keyinchalik Abdurahmonov ustozlarni bunday holga tushirilishiga yo`l qo`yilmasligini aytib, uzrli munosabat bildirib chiqdi. O`qituvchilar bilan bog`liq bunday holatlar birinchisi emas va oxirgisi ham bo`lmasa kerak.

Bundan bir necha kun oldin esa ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati tumanlarining ta`lim muassasalarida uyushmagan yoshlar uchun o`tkazilgan “Gulhan atrofida“ tadbirlariga o`qituvchilar majburan jalb etilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Suratda o`qituvchilarni ko`rishingiz mumkin.

 

Manbaa: Jalaquduq tumani hokimligi

Shuhrat Abdurahmonov bitta kursida juda uzoq o`tirib qolmadimi?

Sh.Abdurahmonovning hokimiyatdagi faoliyati 2001 yilga borib taqaladi. Avvaliga Paxtaobod tumani hokimining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlagan Abdurahmonov keyinchalik Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga o`tadi. 2011 yildan viloyat hokimining birinchi o`rinbosari, 2013 yildan shu kunga qadar Andijon viloyati hokimidir.

Ikki hukumat davrida ham bitta kursidan tushmay kelayotgan Abdurahmonovning faoliyati davomida O`zbekistonda qabul qilinayotgan qaror va qonunlar Andijonga etib  bormayotgandek tuyuladi.

Jumladan, ma`lumotlarga ko`ra joriy yilning 15 yanvar kuni viloyat perinatal markazida bo`lgan viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov qurilayotgan yangi markazning oldini ochish uchun daraxtlarni kesish bo`yicha topshiriq bergan. 

 Shu kunning o`zida tunda markaz hovlisidagi 12 tup ninabargli daraxtlar kesib tashlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu haqidagi xabarlarga javoban viloyat hokimligi matbuot xizmati hech qanday daraxt kesilmagani, joyida turgani haqida rasmiy munosabat bildirgan. Keyinchalik xabar tahrirlangan va yuqoridagi jumla olib tashlangan. Ekologiya qo`mitasi daraxtlarni kesishga ruxsatnoma bermagani va qonun buzilishi aniqlanganini ma`lum qilgan. 

Viloyat hokimligi esa  “daraxtlar qirg`ini“ ga Abdurahmonov buyruq berganini rad etadi.

Hokimi mutlaqqa atalgan she`rlar

Qadimdan shoir va yozuvchilar yurtboshilar –u mulozimlardan “nimadir“li bo`lish niyatida ularning sha`niga g`azal – u she`rlar yozishgan, iltifot ko`rsatishgan. Ular  “saroy shoirlari” deb ataladi. Lekin oddiy fuqarolar, millat yoshlari viloyat hokimini jimjimador so`zlar bilan “siylash”i, uni madh etib ulug`lashi demokratik emas, avtoritar davlat rahbarlariga xos belgi  emasmi? Buni tushinish uchun uzoqqa borish shart emas.

Joriy yilning boshida yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatdagi shifoxonalardan biriga tashrif buyurgan Abdurahmonovni hamshiralar unga atalgan she`r bilan kutib olgan.

Bundan bir necha yil oldin esa paxta dalasiga chiqqan andijonlik shoir Sharofiddin Boltaboev hokim bilan uchrashuvda uni madh etgandi.

Shahdi o`tkir qilichdan,

Shuhrat Qo`shaqboevichdan,

“ Ravon “ olgim kelyabdi,

Paxta tergim kelyabdi!

Ushbu she`rdan keyin shoirga “ Ravon “ kaliti beriladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishiga ko`ra, viloyat hokimi ulug`langan she`rlar maktab o`quvchilariga yodlatilmoqda. Unda shunday sartlar bor:

Biling, siz Andijonsiz!

Andijon esa – Sizsiz!

Faxr bilan aytamiz

Siz bizmiz, biz esa siz!

Viloyat hokimi ham mulozamat ko`rsatishni kanda qilmaydi. Ayrim internet faollarining hisob – kitoblariga ko`ra, Abdurahmonov tadbirlarninig birida prezidentga nisbatan muhtaram so`zini 81 marta boshqasida 108 marta ishlatgan.

Shuningdek, viloyat hokimining qonunlardan xohlaganicha foydalanishiga ko`nikib ham bo`ldik. O`tgan yili Rost24.uz saytida viloyat hokimining qarindoshi ekanligi aytilgan “ALSAEADA” o`quv markazi rahbari Gavharoy Hasanova “Yil ayoli“ tanlovida 1 o`ringa munosib ko`rilgani haqida maqola e`lon qilingandi. Bu Abdurahmonovning birinchi qo`llovi emas. 2020 yilda Andijon viloyat hokimligi shu ayolga tegishli bo`lgan   “ALSAEADA" MChJdan bir donasi 760 ming so`mdan "Andijon mehr maskani" nomli kitob sotib olgan. Hokimiyat “ALSAEADA" MChJga 290 ta kitob uchun 220 million 400 ming so`m o`tkazib bergan.

Bir necha yil oldingi viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi bilan bog`liq pul yuvish voqealarini ham alohida tadqiq etgulik. Qolaversa, Andijonlik kam ta`minlangan ayollarga prezident oldida kalitlari topshirilgan, keyin esa bu uylarni ololmagan ayollar voqeasi ham “Andijon spektakli” nomi ostida ijtimoiy tarmoqlarni bosh mavzusiga aylangandi. Hokim qizining shohona tug`ilgan kuni videosi esa ko`pchilikni “xavasi”ni keltirgan. Bu misollar shunchaki katta tragediyaning reklamasi, xamir uchidan patir, xolos. 

Qariyb o`n yildan buyon Andijon viloyati hokimining ildizlari etarlicha ildiz otib, yo`g`onlashib bo`lgan. Bunday uzoq muddatli faoliyatda korrupsiya, nepotizm etarlicha shakllana oladi va biz buni ko`rmoqdamiz. Ochiqlik, inson qadri, xolislik haqidagi jimjimador, yaltiroq so`zlarga qorin to`ymaydi.

“Argument i Fakt” gazetasining eski sonlarining birida shunday mashhur jumla bor:

“Hukumatdagi janoblar! Mafiyani jilovlang, yo`q qiling! Agar yo`qota olmasangiz, bizga ham ruxsat bering, biroz ishtirok etaylik...”

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
91
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.04.2022 13:28
Янги узб даги энг ялтокланадиган хоким
13.02.2022 07:05
Кушакбоев жудаям зор бошкаряпти куз тегмасин сизни йомонлаганлар куромидиганлар
12.02.2022 21:40
Ассалому алайкум Шухратбек Абдурахманов ойда бир фукороларни кабулида уз муаммоларим билан кирдим деярли хамма шу кабулга кирган жумладан менинг хам муаммоларим хал булди беайиб яратганни узидур иш бор жойда камчилик булади кечасиям кучада сахархам кучада худойим куч кувват берсин кабулда булган инсонлар хаммаси рахмат айтиб кетишди муаммоларинггизни айтаетган вактизда синчиклаб эшитади ва тугри хулоса чикариб жавоб беради ишиз битсаям битмасаям хурсад булиб кайтасиз килятган важиз тугри натугрилигини тушинасиз
12.02.2022 19:00
Наманганда ҳам ҳар жума кечқурун ўқитувчи ва ўқувчиоарни мажбурлаб гулхан тадбири бўляпти экан. Кеча расм ва видеоларини бир кишида кўрдим. Менимча бу ихтиёрий мажбурий ишлар вазирлик ташаббуси шекилли. Шу ишлар энди ўқитувчи қадрини оширадими!?
12.02.2022 04:40
Буни бир гапи бор.
12.02.2022 02:44
😂😂😂😂😂😂
11.02.2022 17:48
Поймонаси тулиб тошибди, Президентмиз бундайларни ишдан олишни бошлади, ишдан бушатилиб, жавобгарликга тортилса хам керак.
11.02.2022 16:43
Abdurahmonovni maktabda nechchiga o‘qigani doim qiziqtradi meni.
11.02.2022 14:24
Инсофни ўзига берсин. Агар қолган булса...
11.02.2022 05:24
Шухратбек Абдурахмонов хеч качон тиним билмай мехнати килади, хар бир фукоросини узи юзма-юз утириб Кабул килади, муаммосин хал килади, шунинг учун хам биз Андижонда яшовчи фукоролар уни яхши курамиз, шъерлар ёзамиз юртимизнинг муносиб фарзанди сифатида ардоклаймиз! Камчиликлар кимда йук экан ёзган муъалифнинг узи мукаммал инсонмикан? Ш.А.Кушакбоевичнинг хам ишда камчиликлар мавжуддир аммо унинг ютуклари бу камчиликларни 2 баробардан босиб кетади. Мана шунинг учун хам у 2 хукмат даврида хам ишлаб келаяпти!
11.02.2022 03:03
Доимо биринчи булиш ва ташаббускор булиш яхши, лекин нафасни ростлаб олиш учун биринчиликни вохадаги вилоятларга бериб уларнинг ривожланишида манфаат курсак маькул булармикан. Бугун Бозор дан картошка олдим 1 кг. 5000 сумдан. Картошка каерники деб сураса "Покистонники, наригиси Афгонистонники" деди сотувчи. ХАЙРОН булдим, сотувчи хазлашдими деб уйланиб колдим. Уйланиб колдим "качонгача четэллик ларни куллаб кувватлаймиз. Ун - Козогистоники, семочка ёги - Россияники, электр ускуналар-хитойники, мандарин, банан - африканики, кофе, пепси кола, фанта - Бразилияники, кук чой, кора чой - индонезияники, атир-упа - Францияники, костюм шимлар - Туркияники, ГУШТ - Австралияники, ва хоказо........ Савол ; Бунакада качон бойиймиз? Нарх навони усиши шу каби холатларга боглик эмасми? Бу товарлар узок масофалардан келгани учун киммати ошиб Долларни кутарилишига ва СУМНИ кадрсизланишига сабаб булмаяптими?
10.02.2022 18:51
Орка Доғ!