Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari vanihoyat deyarli ishlamagan Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`moliga oid qonunni takomillashtirish ustida ish boshladi va u yakuniga ham etay, deb qoldi. Rost24.uz tamaki mahsuloti realizasiyasi bo`yicha qonunda cheklangan me`yorlarga yillab amal qilinmay kelingani haqida qator materiallar e`lon qilgan va ijtimoiy so`rovnomalar o`tkazgan hamda Oliy Majlis deputatlarini mudroq kayfiyatdan uyg`onishga chaqirgan.
Tamaki mahsuloti iste`molini cheklash bo`yicha yangi qonun loyihasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko`rilib, Senatga oshirilgan. Ammo, uni tasdiqlab yakuniga etkazish ishlari cho`zilmoqda. Nima uchun parlament yoshlarni tamaki mahsulotlaridan himoya qilishni ortga surmoqda?
Ibn Sino jamoat fondi tashabbusi bilan “Milliy tiklanish” partiyasi hamkorligida tashkil etilgan onlayn davra suhbatida qabul qilinishi kutilayotgan qonunda nazarda tutilayotgan cheklov va talablar yuzasidan ma`lumot berildi.
Mamlakatimizda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishini cheklash sohasida qator qonun va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Lekin ularning amaliyotda ijro etilish holati qoniqarli darajada emas.
Ibn Sino jamoat fondi tashabbusi bilan “Milliy tiklanish” partiyasi hamkorligida tashkil etilgan onlayn davra suhbatida aynan shunday xulosaga kelindi.
Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislarning qayd etishicha, yangi ishlab chiqilgan va qabul qilinishi kutilayotgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida”gi Qonunda avvalgi hujjatlarda yo`l qo`yilgan kamchiliklar bartaraf etilgan.
Avval ham bu borada qonunlar qabul qilingan. Ular derli ijro etilmaydi. Masalan, oddiy jamoat joylarida chekishni taqiqlash qonunchilikda ko`rsatilgan, lekin unga hech kim amal qilmayapti. Yangi Qonunning haqiqatda ishlashiga kim kafolat beradi?
Rost24.uz jurnalisti tomonidan berilgan ushbu savolga javob berar ekan, Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi mutaxassisi Shuhrat Shukurov yangi Qonunda ushbu shubhalarni yo`qqa chiqaruvchi normalar kiritilganini aytib o`tdi.
- E`tiboringizni shunga qaratmoqchimanki, Qonunning ijro mexanizmlaridan biri - jamoatchilik nazoratini/monitoringini amaliyotga joriy etishni maqsad qilib belgilanganmiz, deydi Shuhrat Shukurov. - Qonun normalarining ijrosini ta`minlash maqsadida o`tgan yili mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Yo`l xaritasi loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, unda jamoatchilik nazoratini/monitoringini joriy etishga qaratilgan. Agar Qonun yaqin orada Senat tomonidan ma`qullansa va hurmatli yurtboshimiz tomonidan imzolansa, ushbu Yo`l xaritasini Qonunga moslashtirib, Hukumat qarori bilan tasdiqlashga va uni ijro etishga kirishamiz.
Elektron segaretalar zararli ekan cheklash emas, ta`qiqlash qulay emasmi?
Ushbu savol javobiga “Milliy tiklanish” partiyasi a`zosi, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Jumanazar Otajonov ta`qiqlash emas, cheklash atamasi bejiz kiritilmaganini aytib o`tdi. Bizning fraksiya ham aslida ta`qiqlashni yoqlab chiqayotgan edi. Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerakligini Partiya rahbari ham kun tartibiga qo`ydi.
Lekin, ko`pchilik deputatlar tomonidan elektron segaretalarni chekishdan qaytarishni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini ma`qulladilar. Shuning uchun Qonunda cheklash nazarda tutilayapti.
Qonun alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, u bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki hamda nikotin iste`mol qilish uchun moslamalarni realizasiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda.
Xususan, bunday mahsulot va moslamalarni yigirma bir yoshga to`lmagan shaxslarga va yigirma bir yoshga to`lmagan shaxslar tomonidan, savdo avtomatlari orqali, elektron tijorat shaklida, sayyor va tarqatma (qo`lda, lotoklarda, savatchalarda, qo`l aravachalarida) savdo yo`li bilan, masofaviy sotish usulida, turg`un savdo ob`ektlaridan tashqarida, dorixonalarda, bolalar uchun tovarlarni realizasiya qilishga mo`ljallangan xonalarda, bolalar o`yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar uchun mo`ljallangan boshqa tovarlariga o`xshatib ishlangan bo`lsa, iste`mol o`rovida yigirma donadan kam sigareta bo`lsa realizasiya qilishni taqiqlash nazarda tutilmoqda.
Ta`lim muassasalariga yaqin joylarda tamaki sotilishi mumkin emas. Lekin biz ko`ramiz, oddiy “pistachi opoqi”, segareta va nosvoylar sotilishida ko`proq hissa qo`shayotganiga guvoh bo`lamiz. Ular hatto maktablar oldidada ham bemalol sotishlari mumkin
2011 yilda qabul qilingan Qonunni ishlab chiqish jarayonida qaerda sotish mumkin, qaerda mumkin emasligi haqida takliflar bergan edik, dedi deputat Jumanazar Otajonov. “Dastlab ta`lim muassasalaridan 500 metr radiusda deb belgilamoqchi bo`lgan edik, keyin amaliyotda ishlamadi.
2011 yilda qabul qilingan Qonunida alkogol va tamaki mahsulotlarini ta`lim muassasalaridan 500 metr radiusda, deb belgilangan. Lekin bu norma amaliyotda ishlamadi.Buni sababi kartada o`rganilganda, ta`lim, sport, diniy tashkilotlar juda zich joylashgani,cheklovimiz noto`g`ri belgilanganini ko`rdik. Keyinchalik, Vazirlar Mahkamasiningtaklifi bilan “500 metr radius” ushbu “tashkilotlar hududidan to`g`ri chiziq bo`ylab 200 yuz metr”ga o`zgartirildi. To`g`ri, hozirgi kunda ham bu norma ishlamayapti. Shuning uchun yangi Qonunda shu sohadagi nazorat organlariningva ijro etuvchi mas`ullarning aniq vazifalarini kiritdik va bu normalar Qonunning ishlashiga xizmat qiladi”.
Elektron segaretalar ham tamaki mahsulotlar sirasiga kiritiladi
Yangi Qonunda elektron sigaretalar ham tamaki mahsulotlar sirasiga kiritilgan. Bu haqda “Ibn Sino” jamoat fondi rahbari Nozim Mahmudov to`xtalib o`tdi. Bunda tamaki mahsulotlariga qanday cheklovlar belgilangan bo`lsa, Qonun qabul qilingandan keyin shunday cheklovlar elektron sigaretalarga ham joriy etila boshlaydi. Hozirgi holatda esa, bu qurilmalar shunchaki, oddiy elektron qurilmalar qatorida mamlakatimizga kirib kelmoqda.
Eslatib o`tamiz, mazkur Qonun 2021 yilning 21 dekabr kuni bo`lib o`tgan Qonunchilik palatasining Yalpi majlisida atroflicha ko`rib chiqilib, qabul qilingan.
Ayni vaqtda qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan o`rganilmoqda.