O`zbekiston axborot quroli kimning qo`liga o`tmoqda?

01.02.2022 16:06

Yoxud Kolizey hukmdorlari aniq bo`lmoqda

O`zbekistonda ham ommaviy axborot vositalari monopol kuchlar atrofida birlashadimi?

Media maydonni yirik tadbirkor yoki media mutaxassislari tomonidan monopollashtirish jarayoni O`zbekistonda ham kuzatilmoqdami? 

Rossiya, Belarus kabi davlatlarida hukumatga yaqin odamlar ommaviy axborot vositalarini xususiylashtirish, aksionerlik jamiyatiga aylantirish orqali bo`lib olgan edi. Bu vaziyat tanqidiy qarashlar ko`lamini nisbatan kamaytirgan va OAVga egalik qilayotgan hukumatga yaqin kishilarning boshqa sohalarda ham monopol bo`lishini ommaviy muhokama bo`lishidan  qutqargan.

Bugun, o`zbek media maydoni “katta”lari ham Rossiyadan andoza olib harakatlanayotgandek. So`nggi kunlarda  “Sabriya” bahonasida ochilgan o`yinning kulminasion nuqtalariga etib kelgandekmiz.    

Bugun media sohasida ikki o`zgarish yuz berdi: Xalqaro Press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo`ja mediamagnat Firdavs Abduholiqov asos solgan O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasiga rais sifatida saylandi. Endi yana ikki lavozim, Firdavs Abduholiqovning O`zbekiston kinematografiya agentligidagi rahbarlik o`rni va Qudratxo`janing rektorlik lavozimi borasida ham turli mish-mishlar oralay boshladi. 

Biroz avval Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbari Komil Allamjonovning g`olibona boqib turgan “ma`noli” surati bilan izohsiz post joylaganda ayrim o`zgarishlar haqidagi mujdalar kela boshlagandi. 

Bu media maydonda navbatdagi monopoliyani boshlanishiga ishora emasmi? Albatta bo`lishi mumkin. 

Nega aynan “Sevimli”

Bilamizki, bir qancha reytinglarda  “Sevimli” va “Zo`r” telekanali  televidenie tarmog`i o`rtasida etakchilik qiladi. rost24.uz o`tkazgan so`rovnomada ham bir necha bora aynan ushbu kanal muxlislari ko`proq ekanligiga guvoh bo`lamiz. Bu esa boshqa telekanallar egalarining g`ashiga tegishi aniq. “Sabriya” seriali mashmashalari ortidan prokuratura Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining favqulodda tezkorligi asosida kiritilgan taqdimnomaga ko`ra tekshiruvlarni boshlab yubordi. Vaholangki ayni damda “Milliy Tv” da namoyish etilayotgan “Zolim Istambul” serialidagi aka ukalar o`rtasidagi xotin almashish syujetlari bizning milliyligimizga mosdek, e`tibor ham qilinmadi. 

Bu haqda biz avvalroq ikki media lider o`rtasida bo`layotgan “jang” haqidagi maqolada yozgandik. Shu sababli uzoq to`xtalib o`tirmaymiz.

 “O`zbekkino” mashmashalari

Bizga kelgan mujdalarga ko`ra Firdavs Abduholiqov o`ziga tegishli buyumlarni Kinematorgrafiya agentligidagi xonasidan yig`ishtirishni boshlabdi. Bu bilan kino yutadi-yutmaydi qabilidagi muhokamalar ham boshlanib ketdi. Abduholiqovning kuchli talabiga dosh berolmagan, kinochilar albatta xursand. Chunki qattiqqo`l rahbar qo`l ostida ishlash stressiga ijodkorlar ko`nikmagan. Ularga erkinroq muhit qulay. Kino konveyerdek ishlab chiqarilmaydi. Lekin texnika yangiliklari bilan ishlaydigan yangi avlod xafaroq, chunki Abduholiqov rahbarligi vaqtida, texnik jihatdan tizim yangi davrni boshladi. Tizimga biriktirilgan binolar to`liq rekonstruksiya qilindi. 

Turli taraflar o`z versiyalarini qo`yishda davom etishayapti. Har joyda o`zingizga yaqin va ishonchli odamlarni joylashtirgan ma`qul. Shunday emasmi?

“Rektorlikdan ham ketsaya?”

“Hozircha bunday xabar bizda yo`q. Bu faqat savollar darajasida.  2022 – 2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasining 2022 yilda amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” loyihasiga ko`ra, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (AOKA) tarkibiga o`tkazilishi ma`lum qilingan edi. Qudratxo`ja bu gapni inkor etdi va bizga bergan intervyusida “jurnalistika oliygohi AOKA tarkibiga kiritilmaydi, deya ishonch bilan javob bergandi. Bu gapi kimgadir tegib ketganmi. Sal o`tib uning “layklar” haqidagi ovozi tarqatildi. Uning ortidan yuzlab Qudratxo`jani oqlovchi postlar qo`yilgan bo`lsada,  o`q nishonga tegib ulgurgan bo`lsa kerak, rektorlik lavozimi borasidagi savollar kun tartibiga qo`yila boshlandi. 

Allamjonov g`olibmi?

Monopoliyaga qarshi kurashganimiz bilan media maydondagi shoxmot o`yinida hozircha Allamjonovning qo`li baland kelib turibdi. Saylovdan keyin Prezidentning rasmiy tashriflari ortida ham uning suratlari ko`rina boshladi. Mass-media fondi raisi Prezident rasmiy tashriflarida nima qilayotgani haqida rasmiy axborot berildimi? Qachondan nodavlat tashkilot fond raislari Prezidentning barcha rasmiy tashriflariga hamroh bo`lishiga odat tusiga kirib ulgurdi?  Lekin, bu uzoqqa cho`zilmasa kerak. “Soliqinfo”, “Avtotest”, “Turon24” misolida ham ko`rgandik.    

Ommaviy axborot vositalarini monopollashtirish katta kuch. Masalan bu kuch bilan qachonlardir tanqidlar kuchi bilan siqib chiqarilgan “Avtotest” monopolligini ham qaytarish mumkin. Bunga xos bloger askarlar harakatni hozirdan boshlab yuborgani ham fakt. 

Ommaviy axborot vositalarini monopol kuchda birlashishi xuddi oilada ota-ona hukmronlik qilganidek nima yaxshi yoki yomonligini bir ikki  shaxs belgilaydi, tushuntiradi va tarqatadi.  Bu vaziyat ko`pincha amaldagi hukumatga nisbatan ishonchsizlikni uyg`otadi. Rivojlangan davlatlar, korrupsiyasiz jamiyatlarni vujudga kelishida doim erkin, mustaqil va turli tanqidiy qarashga ega ommaviy axborot vositalarining xizmati katta bo`lgan. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
28
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.02.2022 16:21
Ростан ҳам иккита учта жойда ишлашга қандай улгуришади? Туризм вазирини ҳам мисол қилса бўлади. Ўзи бир жойда ўтирмайди аммо учта тўрта ташкилот раҳбари. Товба
03.02.2022 10:15
Ф.Абдухалиқовни самарқанддаги фаолиятидан яхши биламан нимагадир эришса ҳалол меҳнат, савобли ишлари орқасидан қўлга киритган. Алламжоновни ўзшаб пасткашлик йўлини тутмайди.
03.02.2022 00:38
Rost 24 nomi rost ekan xolosda a ??? Firdavschon O'ZBEK ni qancha nonini tuya qilgani xaqida ham yoz
02.02.2022 14:36
хаммаси яхшиликкадир. Ф. Абдухаликов бир кадам чекинди, холос. Он нереалный стратег, у него все ходы вперед продумано. Шахматный доскада у факат ва факат биринчи. Вакт курсатади хали.
02.02.2022 00:43
Ўзбекистон электрон оммавий ахборот воситалари миллий ассоциациясининг аъзолари умумий йиғилишида ассоциация раиси Фирдавс Абдухолиқов ўз хоҳишига биноан лавозимидан озод этилди. Аммо у ҳалиям Кинематография агентлиги («Ўзбеккино») бош директоридир. Хуллас, Фирдавс Абдухолиқов бир лавозимни қурбон қилдилар ва эвазига иккинчи АМАЛ КУРСИСИни сақлаб қолдилар!
01.02.2022 21:57
Изохга хожат йўқ!