"YIL TANLOVI" hisoboti: O`zbekiston jurnalist va blogerlari davlatning faoliyatini qanday baholadi?

22.01.2022 11:14

O`zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari e`tirofi asosida ta`sis etilgan an`anaviy “Yil tanlovi” taqdirlash marosimi o`tkazildi. 

Taqdirlash marosimida O`zbekiston OAVsida faoliyat yuritayotgan taniqli jurnalist va blogerlar, jamoatchilik faollari so`zga chiqib, so`nggi yillarda mamlakatimizdagi barcha tuzulmalardagi tezkor o`zgarishlar davlatning yangi taraqqiyot strategiyasini ko`rsatish bilan birga jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligiga zamin yaratganini ta`kidlashdi.

Birinchi bor davlatdan mustaqil bo`lgan ommaviy axborot vositasi tashabbusi bilan o`tkazilgan tanlovda davlat tuzulmalariga baho berilishi jamiyatda demokratlashuv jadallashayotgani, ochiqlik siyosati tabora bo`y ko`rsatayoganidan darak ekani alohida qayd etildi.   

O`tgan – 2021 yil fuqarolar davlat va jamoat tashkilotlarining faoliyatidan qay darajada qoniqdi, jamoatchilik nazarida qaysi tizim faoliyati samarador bo`ldi, ochiqlik va oshkoralik siyosatidan davlat organlarining qay biri unumli foydalana oldi?.. Ana shu jihatlarni o`rganish, jamoatchilik fikrini bilish maqsadida sosiologik so`rov asosida “Yil tanlovi”ni o`tkazdi.   

Tanlovning I bosqichida ijtimoiy so`rov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti”, “Eng namunali tuman”, “Yilning media lideri”, “Eng faol deputatlar”, “Eng faol siyosiy partiya etakchisi", “O`zbekistonda YIL ODAMI”, kabi nominasiyalar uchun da`vogarlar saralandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi so`rovnoma yakunlariga ko`ra keyingi bosqichga o`tgan tizimlar aniqlandi.

II bosqichda esa, g`oliblar jurnalist va blogerlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomaga asosan aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali o`tkazilgan So`rovnomani 1 millionga yaqin internet foydalanuvchilari kuzatishdi. Shundan 500 mingga yaqini  ovoz berishda ishtirok etdi. Tanlov shartiga ko`ra faqat so`rovnoma bilan cheklanilgani yo`q. Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p ovoz olgan ishtirokchilar keyingi bosqichda jurnalist va blogerlar tomonidan baholandi. 200 nafar eng faol jurnalist va bloggerlarga so`rovnoma jo`natilgan. Shundan 156 nafari so`rovnomaga ovoz berdi. Barcha jarayonlar Google Doc tizimida aniq xisob kitoblar asosida amalga oshirildi. 

Bundan tashqari, so`rovnomaga kiritilmagan tizimlar ham jurnalist va blogerlar tomonidan alohida saralanib, tanlovning qo`shimcha nominasiyalariga tavsiya etildi.

“Yilning eng faol va ishbilarmon Bosh muharriri”, “Xalq dardini kun tartibiga qo`ya olgan deputat!”, “O`zbekiston OAVsi bilan eng yaxshi hamkorlikni yo`lga qo`ygan xorijiy tashkilot”, “YIL AYoLI” kabi nominasiyalarda g`oliblar taqdirlandi.

Mukofotlarganlarning to`liq ro`yxati ham e`lon qilinadi. Kuzatib boring…

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
24.01.2022 02:57
Nima uchun faqat Eldor Sh haqida gap boradi Qishloq ayoli Yani yil ayoli L Marqayeva haqida uning nutqi yoqmi