TARIXNING QORA KUNLARI: O`zbek ayollari erkaklar qamoqxonasiga, banditlar ichiga tashlangan

16.01.2022 12:50

“O`zbek ayoli Maxsuma ayani 5 ta farzandi bo`lishiga, uy bekasi bo`lishiga qaramasdan uni qamoqxonaga eng o`g`ri, banditlarning ichiga tashlashgan. Bu qaysi aqlga to`g`ri keladi, ayollarni erkaklarni qamoqxonasiga tashlanishi. Buning natijasida, uni qamoqxonada urib, eringni Vatan xoinligini sotmagansan, deb u erda nomusiga tekkan. U ayol yig`lab-yig`lab shu erda 9 oydan keyin qiz farzand ko`rgan va uning ismini Mahkuma, deb qo`yadi.”

Qatag`on davrida o`zbek faol xotin-qizlari, ziyoli ayollari uchun ham ayanchli kechgan. O`zbek xotin-qizlariga eng og`ir jazolar qo`llangan. Ular qamoqqa olinib, to`g`ridan-to`g`ri erkaklar qamoqxonasiga, banditlar ichiga tashlangan. Germaniyada o`qigan o`zbek qizlari esa "nemis shpioni" sifatida otib tashlanavergan.

O`sha davrdagi o`zbek ayollarining taqdiri va oqlangan qatag`on qurbonlari ichida ayollar qanchani tashkil etishi, oqlangandan keyin hukumatimiz tarafdan moddiy va ma`naviy zararlari qoplanyaptimi yoki yo`qmi kabi jurnalistlar savollariga "Qatag`on qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori Baxtiyor Xasanov va ushbu muzey katta ilmiy xodimi Bahrom Irzaevlar javob berishdi va o`sha davrdagi ajdodlarimiz haqida biz bilmagan fikrlarni aytib o`tishdi.

"Qatag`on qurbonlari xotirasi" muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom Irzaev:

"Kecha sudda alohida aytib o`tildi, avlodlari tomonidan moddiy - ma`naviy da`volar bo`ladigan bo`lsa, to`liq haqqi bor. Ya`ni avlodlari tomonidan bu oqlangan zahoti kuchga kiradi. Bunga hech qanday e`tiroz yo`q.

Ayollar bo`yicha aytadigan bo`lsak, dastlabki 115 nafardayam, keyingi 120 nafardayam ayollar yo`q. Sababi ayollar bilan bog`liq ishlar asosan davlat hukumat rahbarlarining oilalari erlari haqida ma`lumot bermagan, deb 2-3 yil davomida, ba`zi qismi ko`proq vaqtdayam bo`lgan va keyinchalik ularning aksar qismi oqlangan. Nima uchun shu vaqtgacha oqlanmay qolgan degan savolga, bularning oqlanmasligiga sabab, ularning aksar qismi ulamolar edi va istiqlolchilik kurashchilari, ya`ni qo`liga qurol olib sovet mamlakatiga qarshi kurashganlar, uchinchilari ulamolarni qarindoshlari xizmatchilari bo`lganligi uchun oqlash masalasi o`sha vaqtlar ko`tarilmagan. Ayollar esa bunda ko`p emas. Mening shaxsan o`zimni ko`zim tushgani yo`q birorta oqlanmagan ayol delosiga. Delolar ko`p, lekin bunda ayollar yo`q. Ayrimlari bor edi, Germaniyada o`qigan ayollarni oqladik. Ularning ayrimlari oqlanmay qolgan edi. Birinchidan, ularning ijtimoiy kelib chiqishi amir xonadoniga juda yaqin bo`lgani uchun ekan. Mana shularni aniqladik", deya fikr bildirdi Bahrom Irzaev.

"Qatag`on qurbonlari xotirasi" davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov:

"Bu bilan qatag`on davri bo`yicha ayollar bilan shug`ullanmagan ekan, degan fikr uyg`onishi kerak emas. Mana bizning muzeyimizga borsangiz, alohida xotin-qizlarni qatag`on qilinishiga bag`ishlangan bo`limimiz bor. Asosan, ayollarni qatag`on qilinishi bu 1937-38 yillarga borib taqaladi. 37 yil katta qirg`in davriga to`g`ri keladi. Butun davlat arboblari, adabiyot- san`at namoyondalarini hammasi qatag`on qilingan, hammasi qamoqqa solingan. Mana masalan, bularning ichida, Xayriniso Majidxonova, toshkentlik. U Germaniyada o`qiganligi uchun nemis shpionini sifatida otib tashlangan yoki bo`lmasa, G`ani Isxoqov boshliq bo`lgan. Maxsuma ayani 5 ta farzandi bo`lishiga, uy bekasi bo`lishiga qaramasdan uni qamoqxonaga eng o`g`ri, banditlarning ichiga tashlashgan. Bu qaysi aqlga to`g`ri keladi, ayollarni erkaklarni qamoqxonasiga tashlanishi. Buning natijasida, uni qamoqxonada urib, eringni Vatan xoinligini sotmagansan, deb u erda uni nomusiga tekkan. U ayol yig`lab-yig`lab shu erda 9 oydan keyin qiz farzand ko`rgan va uni ismini Mahkuma, deb qo`yadi.

Bunaqa ayollar to`g`risida biz judayam ko`p izlanishlar olib boryapmiz. Fayzulla Xojaevni onasi, qizi, ayollari va singillari Zangiotadagi qamoqxonaga tashlangan. Uning onasi qamoqxonada ko`r bo`lib, sil bo`lib o`lib ketgan hammasi. Bularning hammasini biz aytadigan bo`lsak 50 saot vaqtimiz ketadi hammasiga. Har birini faoliyatiga bog`liq gaplarni aytib berishimiz mumkin".

Bundan oldin saytimizda quyidagi materiallar e`lon qilingan edi:

30 YIL IChIDAGI ENG KATTA VOQEA: Oliy sudda mustaqillik uchun qon to`kkan yuzlab millatparvarlar oqlandi

“Oliy sudga e`tiroz: Nega 30 yildan buyon millatimiz qahramonlarini oqlamayapsiz?”

Millatimiz qahramonlari oqlanadimi? Rost24.uz ko`targan masalaga Oliy sud munosabat bildirdi

“Oliy sud O`zbekistonning qatag`on va paxta ishi qurbonlarini oqlamoqchi”

Bugun mash`um kun: 4 oktyabr kuni xalqimizning ziyolilari otilgan edi

Oliy sud tomonidan 120 nafar bosmachilikda ayblangan ajdodlarimiz oqlandi 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар