Putinning nostalgiyasi Lukashenkoning tahdidi: Markaziy Osiyo davlatlari xavf ostidami?

11.01.2022 10:17

Sobiq SSSR qulaganiga 30 yil to`libdiki, Rossiya sobiq Sovet davlatlarini o`ziniki ekanligini turli shakllarda bildirib keladi.

Shuningdek, Putin SSSR respublikalariga “rus xalqi tomonidan berilgan sovg`alarni” eslatib o`tgan edi. 

“Sovet Ittifoqini tashkil etish bitimida undan chiqish huquqi haqida yozilgan, biroq jarayon haqida hech narsa deyilmagani sabab savol yuzaga keladi: biror-bir respublika Sovet Ittifoqi tarkibiga kirsa, lekin Rossiyaning ulkan erlariga, Rossiyaning tarixiy hududlariga ega bo`lib, to`satdan ittifoq tarkibidan chiqishga qaror qilsa, hech bo`lmaganda qanday kirgan bo`lsa, shunday chiqsin. O`zi bilan rus xalqining sovg`alarini olib ketmasin”, degan edi Rossiya prezidenti.

«Qozog`iston hududi Rossiyaning katta sovg`asi»

Shu bilan birgalikda, Rossiya hukumati Shimoliy Qozog`istonni o`ziniki, deb biladi. Jumladan, Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov teleko`rsatuv paytida «Qozog`iston hududi Rossiyaning katta sovg`asi» deb aytgandi.

“Qozog`iston shunchaki mavjud bo`lmagan. Shimoliy Qozog`istonda umuman aholi yo`q edi. Ular faqat janubda bo`lgan. Aslida, Qozog`iston hududi Rossiya va Sovet Ittifoqining sovg`asidir”, – degan rossiyalik deputat.

Zaxarovaning "tili"

Rossiya tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Mariya Zaxarova 2020 yilning mayida O`zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta`minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasiga o`ylab-o`ylamay keskin munosabat bildirgan edi:

«Biz ushbu qonun loyihasi bo`yicha OAVda davom etayotgan munozaralarga e`tibor qaratdik. Shunday taassurot uyg`onyaptiki, hozircha ushbu qonun loyihasi tarafdorlari yaqqol ozchilikni tashkil etadi. Bildirilayotgan fikrlarning aksariyati rus tilining rasmiy muloqotda saqlanib qolishi munosabatlarimizning tarixiy ruhi va zamonaviy sifatiga, eng asosiysi – ko`pincha Rossiyada o`qish yoki ishlash uchun tanlov qilayotgan ko`p sonli O`zbekiston fuqarolari manfaatlariga to`la mos kelishini ko`rsatmoqda», dedi M.Zaxarova.

Yanvar boshida Qozog`istonda ro`y bergan namoyishlar fonida prezident Qosim Jomart To`qaev so`roviga binoan KXShT kuchlaridan mamlakatdagi tartibsizliklarni bostirish uchun yordam so`radi. Mana bir necha kundirki, Rossiya harbiylari Qozog`istondagi ma`muriy binolarni qo`riqlamoqda.

“Ukrainani qaytarib olish uchun hamma narsani qilamiz”

Shu jarayonda dunyo OAVlarida rus siyosatchilari va ularning hamkorlari tomonidan manipulyasiya xarakteridagi xabarlar tarqalmoqda. Xususan, Belarus prezidenti Vladimir Lukashenko Qozog`istondagi vaziyatdan, birinchi navbatda, O`zbekiston saboq olishi kerakligiga ishora qilgan. Avvalroq u o`z nutqida: "Bu yil davlatlardan ittifoqlarga o`tish yili bo`ldi. Biz birodarlarimiz – Rossiya, Qozog`iston va Ukraina bilan birlashishimiz kerak. Ukrainani qaytarib olish uchun hamma narsani qilamiz", deya ta`kidlagan.

Voqealar rivojida Dumaning MDH masalalari bo`yicha qo`mita raisi Leonid Kalashnikov Qozog`istondagi voqealar fonida O`zbekiston KXShTga qaytishi mumkinligini aytdi. 

"O`zbekiston bir paytlar KXShTdan chiqqan edi, lekin u yana tashkilotga kirishi mumkin. Ular ishonish mumkin bo`lgan hech kim yo`qligini ko`rganlaridan keyin tashkilotga qaytishlariga ishonaman", degan Kalashnikov.

Kreml jurnalistlari talabi

Rossiyalik Kremlga yaqin jurnalistlar Qozog`iston endi Rossiyaning Qrim ustidan suverenitetini tan olishi, rus tilini ikkinchi davlat tiliga aylantirishi, Qozog`istonning rusiyzabon viloyatlariga muxtoriyat berishi kerakligini bildirmoqda.

Putin Qozog`istondagi KXShT kuchlari haqida gapirar ekan harbiylar qachon kerak bo`lsa shunda chiqib ketishini aytgan. KXShT tarkibidagi rossiyalik harbiylarga ikki chechen urushi va Qrimning “anneksiya qilinishi" ishtirokchisi, havo-desant kuchlari qo`mondoni Serdyukov boshchilik qilmoqda.

Hozirda Ukraina, Belarus Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`istonda Rossiyaning u yoki bu shaklda harbiy kuchlari mavjud. O`zbekiston va Turkmaniston hududi bundan mustasno.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.01.2022 20:08
Украина деганда нимани назарда тутдинглар. Кримними. Крим россияники. Россияники. Агар елкада ковок булмаса тан олиш жуда осон.
11.01.2022 19:23
Иииғи
11.01.2022 16:42
Биз узбек, узи бек, Энди хушйор болиш КК, хассани иккинчи бор йокотиш КК эмас.