Tarixdagi eng yirik savdo bitimi kuchga kirdi — Dunyo aholisining daromadi o`sadi

04.01.2022 14:03

RCEP – yanvardan kuchga kirgan iqtisodiy hamkorlikning yaxshi va yomon tomonlari…

1 yanvardan mintaqaviy keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik to`g`risidagi ulkan bitim kuchga kirdi. Kelishuv yakshanba kuni Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasining (ASEAN) onlayn-sammitida imzolandi. 

Bu bitim Xitoy va 15 ta davlat o`rtasidagi uzoq yillar kutilgan muhim va katta hamkorlik bo`lib, tarixdagi eng yirik erkin savdo kelishuvi hisoblanadi.

Kelishuv Xitoy va Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin, shuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya o`rtasida tuzilgan, ammo davlatlar soni yanada kengayishi uchun hech qanday to`siq yo`q.

Bu bitim (RCEP) bo`yicha 8 yildan buyon muzokaralar olib borilgan edi.

Bitimning imzolanishiga nima sabab bo`ldi?

2016 yil fevralda Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan transchegaraviy hamkorlik kelishuvi imzolangan, unga ko`ra Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi savdo davlatlari, shuningdek, Kanada va AQSh ishtirokida yirik kelishuvga erishilgan edi.

Ammo 2017 yilda bunday hamkorlik mamlakat manfaatlariga zid ekanini aytib, Amerikani muzokaralardan olib chiqdi. Bu esa RCEP tashkil etilishiga ehtiyojni oshirdi.

Xo`sh, bu bitimning qanday alohida jihatlari bor?

Bu kelishuv butun sayyora uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, u Erda yashovchi har uchinchi kishining daromadi o`sishini sabab bo`ladi.

Covid-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan og`ir vaziyatda jahon savdosi o`sishi hamda xalqaro hamkorlik tiklanishiga yo`l ochadi.

RCEP Xitoyning tarixdagi eng yirik savdo kelishuvidir, shuningdek, Xitoy Yaponiya bilan hamisha ashaddiy raqib hisoblangan va hech qachon Yaponiya bilan kelishuv imzolamagan.

U Osiyodagi savdo sheriklariga bir-birining bozoriga kirish huquqini beradi.

Kelishuv doirasida past qiymatli savdo bojlari ishlaydi, elektron savdo tizimi jadallashadi.

Ushbu kelishuv to`liq ishga tushib ketgan holda, unga kiruvchi qashshoq mamlakatlarda iqtisodiy o`sish tezlashadi.

Ammo, bu bitim barcha ishtirokchilar kelishuvni ratifikasiya qilgach kuchga kiradi, buning uchun yana bir necha yillar ketadi.

RCEP dunyodagi boshqa yirik erkin savdo hududlari yoki AQSh 27 davlat ishtirokidagi ittifoq hali raqobat qilolmaydi.

Kelishuvda ishchilar huquqlariga aloqador bandlar nazarda tutilmagan. Unda turli mamlakatlardagi atrof-muhit muhofazasi va intellektual mulk huquqi himoyasiga xos tarzda turlicha yondashiladi.

Shuningdek, unga ko`ra savdo siyosatining ma`lum qismi ishtirokchi davlatlar ixtiyorida qoladi, ya`ni davlatlar o`z bozorlarida ma`lum bir taqiqlovchi bojlar bilan himoya qilishi va savdo erkinligini qisman cheklashi mumkin va yuzaga keladigan ziddiyatlarni hal qilishning umumiy mexanizmi ham ko`zda tutilmagan.

Undagi bir qancha ziddiyatli yoki nazarda tutilmagan bandlarga qaramasdan, ittifoqdoshlar hamjamiyati RCEP dunyodagi xavf solayotgan bir qancha omillar, jumladan, bir necha yillardan beri davom etayotgan koronavirus pandemiyasidan keyin global savdo va hamkorlikning tiklanishiga xizmat qiladi, deb ishonch bildirmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар