O`ZBEKISTONDA PROKURATURA TUGATILADIMI?

20.12.2021 18:48

O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi va adliya vazirligining funksiyalari ko`p joylarda bir-birini takrorlaydi.

Prezidentning “2022-2023 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga ko`ra, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati tizimida islohotlar amalga oshirila boshlandi.

Ma`lumki, aksariyat rivojlangan davlatlarda maxsus prokuratura organi mavjud emas. Prokuratura tizimi asosan MDH davlatlarida saqlanib qolmoqda. Xususan, yuridik fanlar doktori, dosent Jo`rabek Ne`matov prokuratura va adliya tizimining funksional vazifasi o`xshash bo`lgani uchun ularni birlashtirib, Adliya vazirligini qayta tashkil etish kerakligini bildirdirgan edi. Shuningdek, mutaxassis Adliya vazirligidan notariat, advokaturani boshqarishga oid funksiyalarni olib tashlashni taklif etgan.

To`g`ri, Adliya vazirligi har qaysi mutaxassis fikriga amal qilishga majbur emas, ammo “O`zbekiston Respublikasida Ma`muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident farmoni bilan belgilab berilgan ma`muriy adliya tizimini takomillashtirish sezilarli o`zgarishlarga sabab bo`lmaganini eslatishni istardik.

Rost24.uz muxbiri Davlat boshqaruv tizimi optimallashtirish jarayonida prokuratura tizimini tugatish yoki adliya vazirligiga qo`shib yuborish qanchalar o`rinli, degan savol bilan adliya vaziri Ruslanbek Davletovga yuzlandi. 

Birinchidan, bu butun dunyoda emas, ayrim joylarda shunday. Ikkinchidan, bu ikkita organ orasida parallelizm va funksiyalarni qaytarilishi minimal darajada. Qonun ustuvorligini nazorati Konstitusiyaning 118-moddasida Prokratura organlariga berilgan. TAMOM.  Bu erda boshqa adliya tizimi, asosan, qonunchilik hujjatlari bilan ishlaydi, qo`llash amaliyotini tahlil qiladi, samaradorligini aniqlaydi. Inson huquqlari bo`yicha va ayrim yo`nalishlar bo`yicha, bizda, huquni himoya qiluvchi funksiyalarimiz bor. Bu degani, prokratura bilan biz parallelizm bo`lyapti, degan xulosaga kelmasligimiz kerak. Ikkita tuzilmani ham o`zini oldiga qo`ygan maqsadi ham katta, vazifalari ham juda ko`p. Jamiyatimiz juda qiynalayotgan sohalari ko`p.
Mening agar fikrimni oladigan bo`lsangiz, to`liq ustuvorlik, to`liq qonun ustuvorligini ustidan nazorat qilishni prokratura qilishi kerak. Boshqa MDH davlatlarini qaraydigan bo`lsak, bu davlatlarda adliya tizimida huquqni muhofaza qiluvchi funksiyalari yo`q. Rossiya adliyasida ham Belarusiya adliyasida ham yo`q. Bu ishlarni prokratura amalga oshiradi. Bizda endi, mana shu 2005 yillardan boshlangan. Birinchi inson huquqlari bo`yicha, keyin tadbirkorlik bo`yicha, mana shunaqa ozgina parallelizm bo`lishi mumkin, lekin bu hech qanaqa rivojlanishga ham, hech qanaqa bir-birimizga g`ov bo`lishga ham ta`sir qilmaydi. Prokratura kelib bizni tekshiradi. Ularning nazorat bo`yicha huquqi bor. Qonun ustuvorligini ta`minlovchi organ, deydi vazir Ruslanbek Davletov.

Adliya vazirligi davlat boshqaruv tizimini optimallashtirish jarayonida faol ishtirok etishi zarur bo`lgan organ hisoblanadi. Ammo, adliya rahbari prokuratura nazorati hatto uning vazirligiga ham kerak ekanini ma`lum qilmoqda. Vazirliklar va ular ustidan yana nazorat qiluvchi organlarning bo`lishi qanchalar to`g`ri?

Eslatib o`tamiz, yaqindagina adliya vaziri Ruslanbek Davletovning o`zi  “Davlat organi degani bu — byurokratiya, degani. Bu qo`shimcha vakolat, qo`shimcha boshqaruv funksiyasi, degani. Shuning uchun bu borada biz o`sha botib ketgan qo`llarimizni qaytarib olishimiz kerak! Bu byurokratiya natijasida korrupsiya, mana shu qo`llardagi negativ faktorlarni yo`qotishimiz kerak”, deya kuyunib gapirgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
22.12.2021 16:07
Руслан ўзи қўрқишини тан олиши кўп нарсани билдиради. Бу дегани Прокуратурада Н.Йўлдошев шахматдаги заиф шоҳ холос, "доскада" ўрта кучли фарзин, тўралар, отлар, филлар бор. ДХХда хам вазият ўхшаш. ИАК қўйган "фигуралар" мустаҳкам ўрашган. Росмона ислоҳотлар ўтказиш учун"фигураларни" силжитиш зарур. Афсуски буни 5 йилдан буён ҳеч ким қила олмаяпти.
22.12.2021 13:57
Assalomu alaykum hurmatli muhbir men Adliya vazirini fikrini mutloqa tug'ri deb hisoblayman. Agar prakuratura bulmasa qonun ustuvorligini kim taminlaydi . Ikkala vazirlikni ham o'ziga yarasha hizmat ko'rsatish funksiyalari bor va ular bir biri bn bog'liq Izoh : men Prakuratura va adliya Vazirligini bitta qushning ikki qanotiga o'xshataman
22.12.2021 10:16
Адлия б.н Прокуратурани йук килиб "Адолат" деган ягона битта орган килиш керак шунда хаммаси яхши булади.
21.12.2021 02:35
Хакикий хукукшуноснинг жавоби булди
21.12.2021 02:24
Прокуратурани тугатиб ,уни ваколатларини адлияга утказиш керак.