Sog`liqni saqlash vaziri tozalashni markaziy apparatdan boshladi

14.12.2021 21:35

Sohadagi kamchiliklar tufayli Sog`liqni saqlash vazirligi markaziy apparati xodimlarining 40 foizi o`z vazifasidan ozod etildi

Sog`liqni saqlash sohasi boshqaruv tizimida bugungi zamon talablariga mos, yangicha fikrlovchi, tashabbuskor, muammoli masalalar echimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar etishmasligi sabab o`z faoliyatida natija bermagan 40 foiz xodimlari vazifasidan ozod etildi va ularga quyi bo`g`in tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi.

Bu haqida Sog`liqni caqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, bugun SSVda navbatdan tashqari Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tgan va u o`ta keskin ruhda kechib, tizimda har bir yo`nalish bo`yicha yo`l qo`yilgan xato hamda kamchiliklar tanqidiy tahlil etilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, joriy yilning o`tgan 11 oyida Sog`liqni saqlash vazirligiga kelib tushgan jami murojaatlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 mingtaga ko`payib, 57 600 tani tashkil etgan. Ularning eng katta qismini sifatsiz tibbiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq masalalar tashkil etgan.

Shuningdek, aholi ko`p hollarda joylarning o`zida hal bo`lishi mumkin bo`lgan oddiy masalalar uchun ham Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari, Bosh vazirning virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura va boshqa mas`ul idoralarga murojaat qilishga majbur bo`lmoqda.

Aholi o`rtasida ayrim kasalliklar ko`rsatkichlari yil sayin oshib borayotgani ham achinarlidir. Xususan, so`nggi besh yilda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari 20 foizga ko`paygan.

Qolaversa, bitta tumanda kamida 10-15 ta laboratoriya bo`lgani bilan qonni tahlil qilishga sharoit va mutaxassislar malakasi etishmasligi oqibatida diabetning og`ir asoratlari – ko`z, buyrak va to`piq kasalliklari bo`yicha respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oshganligi aytilgan.

Sohada ko`zlangan natijalarga erishilmasligiga tibbiyotda davlat xususiy sherikchilik munosabatlari, tibbiy sug`urta, lisenziyalash, akkreditasiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish, sohani raqamlashtirish yo`nalishlarida ishlar etarli darajada tashkil qilinmaganligi sabab sifatida keltirildi.

Shu sababli ham keyingi paytlarda xalqimizning tibbiyot sohasidan norozi ekanligi haqida Sog`liqni saqlash vazirligiga juda ko`p shikoyatlar kelib tushgan.

"Chunki tizimda hal qilinishi lozim bo`lgan muammolar ko`p. Ayniqsa, aksariyat hududlarda tibbiy xizmat sifati hanuz talab darajasida emas. Sohada byurokratik to`siqlar va korrupsion holatlar, afsuski, saqlanib turibdi", – deyiladi SSV xabarida.

Vazirlik doirasida boshlangan kadrlarni yangilash islohoti kelgusida viloyat sog`liqni saqlash boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, umuman, mamlakatimizdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarini qamrab olishi ko`zda tutilgan. Mazkur jarayonda aholidan kelib tushayotgan e`tiroz va shikoyatlar asosiy mezon bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Rost24.uz sayti orqali bir muddat avval O`zbekiston aholisining sog`lomlik darajasi tushib ketayotgani, bu bo`yicha jahon ekspertlari ham fikr bildirishgani, dori nazorati esa umuman izdan chiqib ketgani haqida Doktor Ischanov bilan bo`lib o`tgan suhbat e`lon qilingan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.12.2021 03:44
40 % дан купини бушатиш керак. Врачлар фарм.фирмалари билан тил бириктириб, маьлум фоизга , фойдасиз дориларни беморларга езиб беришади.Уларнинг ахволини баттар емонлаштириб. Шу ишларга чек куйса буладими, конуний тарзда. Ва, албатта, ХАММА дориларни факат рецепт оркали сотишни йулга куйиш керак.