Futbol mutaxassisi: Bolalar futbolidagi eng katta xatomiz – yosh kichraytirish

09.12.2021 08:35

Mamlakatimizda birinchi raqamli sport turi – futbolni rivojlantirish uchun kattagina mablag` ajratilmoqda. Biroq natija esa hammaga ma`lum.

Bu sport turini rivojlantirish uchun ilk e`tiborni bolalar futbolidan boshlashimiz kerak. Bolalar futbolida bizni bir nechta muammolar qiynab keladi. Xususan, seleksiya ishlarida anchagina no`noqliklar mavjud.

Bu borada bolalar futboli bo`yicha mutaxassis fikrini ham e`tibor qaratish lozim. Shu bois futbol bo`yicha iqtidorli murabbiy Islom Ismoilov bilan suhbatlashdik.

«Bolalar futbolidagi eng asosiy xatoyimiz bu – yosh kichraytirish. Tasavvur qiling, 2006 yil tug`ilgan bola yoshini kichraytirib 2008 yil qilsa, o`z-o`zidan shu yilda tug`ilgan bolalar ichida so`zsiz kuchli bo`ladi. Haqiqatdan 2008 yil tug`ilgan bola o`z tengqurlari ichida yuqori mahoratga ega kuchli futbolchi bo`lsada, haligi yoshini kichraytirgan bolani oldida yo`qolib qoladi. Vaqti kelib terma jamoaga futbolchi chaqirilayotgan davrda e`tibor yoshi kichraytirilgan futbolchiga qaratiladi va haqiqiy yoshdagi iqtidorli futbolchi chetda qolib ketishi mumkin. Qolaversa, murabbiylar bolalikda o`rgatiladigan «futbol alifbosi»ni o`z vaqtida o`qitmaydi. Buning o`rniga turli xil keraksiz musobaqalarga olib yurishlari eng katta xatolardan deb bilaman», – dedi “Turon” futbol klubining yoshlar jamoasi murabbiyi I.Ismoilov.

Bolalar futbolimizda yosh kichraytirish ancha urfga kirgan. Buning natijasida haqiqiy mahorat egalari yo`q bo`lib bormoqda. Bu esa yosh futbolchining kelajagiga salbiy ta`sir o`tkazmay qolmaydi. Uning ishtiyoqi yo`qoladi, ruhiyatida sinish kuzatiladi.

Yosh iqtidorlarni mahorat maktablariga, akademiyalarga saralab olishda ham nohaqliklarga beixtiyor duch kelamiz. Seleksioner va seleksiya ishlari bilan bog`liq turli xil gap-so`zlar uchrab turadi. Bu borada ham mutaxassisning fikriga qiziqdik.

«Ancha vaqt bo`ldi bolalar futbolida ishlamaganimga. Hech kimni qo`l bilan ushlab olmay turib kimgadir ayb qo`yish to`g`ri emas, – dedi futbol murabbiyi Islom Ismoilov. – Lekin seleksiya ishlarida futbol mahorat maktablariga kirish pullik degan gaplar quloqqa chalinib qolyapti. Bizning o`zimizga ham ko`p chiqishadi, pul taklif qilishadi. Demak bu narsa borki, odamlar shu ishga «qo`l urishadi.

Guruch kurmaksiz bo`lmaydi» deganlaridek, iqtidorlarni saralab olish jarayonlarida yuqoridagi noxush holatlar uchrab turadi. Mazkur saralab olish ishlarini faqat shahar markazlarida emas balki chekka chekka qishloqlarga ham borib o`tkazish, u erdagi yosh talantlarni kashf etish zarur. Qanchadan-qancha iqtidorlar o`z o`yinlarini ko`rsata olmay «tog`lar orasida nomi chiqmay o`tib ketmoqda».

Murabbiy suhbat davomida chempionatimizda faoliyat olib boradigan jamoalar o`z akademiyalarini rivojlantirishi kerakligi, futbol mahorat maktablarining sharoitlari talabga javob beradigan darajada yaxshilanishi, bolalar futboliga ham xorijlik murabbiylarni jalb etish muhimligini ham ta`kidladi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bolalar futbolida korrupsiya yo`qolmas ekan, biz biror natijaga erisha olmaymiz. Biz hech kimni aybdor qilmoqchi emasmiz, faqat futbolimiz rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan bittasini haqida yoritishga harakat qildik.

Muhammadshukur Muhammadjonov tayyorladi.

*****

Mavzuga oid maqolalar:

Bir umrga futboldan chetlatilgan Samvel Babayan hali hamon bu olamini tark etgani yo`q

O.Ramatov: «O`zbek futbolini yo bor qilamiz yoki butunlay yo`q qilamiz»

O`FA FIFA hakamini 5 yilga futboldan chetlatdi

FOTOTARIX: 42 yil avval xuddi shu kuni o`zbek futbolida unutib bo`lmas fojia sodir bo`lgandi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.12.2021 16:50
Ўзбекистонда фудболни ривожлантириб бўлмайди. Ҳамма поғонада коррупсия ва мафия. Яхши ўйнайдиган ўйинчилар қолиб кетиб ошна оғаничилик, телфонбозлик, иқтидор бир пул.