U xalq mulkini qanday qo`lga kiritdi?
O`zbekistonda yirik amaldorlarning farzandi xalq mulkiga osongina ega chiqa olishi mumkin ko`rinadi.
Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti ushbu binoni tarixiy ahamiyatga ega ekanini tasdiqlab, uni meros sifatida saqlab qolishni tavsiya etsa-da, bino milliy ro`yxatdan chiqarilgan.
O`zbekiston madaniy merosi hisoblangan Davlat xavfsizlik xizmatining “sobiq markaziy binosi hududi” xususiy sektorga sotib yuborilgani uchun madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatidan chiqarildi.
Endilikda 1950 yillardagi arxitektura nomoyondasi bo`lgan shu ko`chada joylashgan Knyaz Romanovaning inshooti bilan birga noyob ansamblni tashkil qiluvchi inshoot xalq mulki emas.
Mazkur ob`ekt Davlat tender komissiyasining joriy yilning 15 iyunidagi tegishli bayon qarori bilan O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya fuqarosi sanalgan o`g`li Doniyor Abdulazizovich Komilov tomonidan asos solgan “Metropol Group” MChJga 210,0 mlrd. so`mga sotilgan. Oradan ikki kun o`tgach, xalq mulki sanalgan ushbu bino Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatidan chiqarilgan.
Ammo, saytimiz tahririyatiga kelib tushgan ma`lumotga ko`ra DXXning sobiq Markaziy binosi davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga qo`yilganda Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlaridan chiqarilmagan edi.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Ishchi guruh tuzib Rost24.uz saytida e`lon qilingan material ko`ra, Sayilgoh ko`chasida joylashgan DXXning sobiq Markaziy binosini sotilishi qonunga xilof ekanligi haqidagi dalillarni o`rganib chiqib tasdiqlagan.
Hamda binoni tarixiy qiymatga ega ekanligini ta`kidlab, quyidagi xulosalarini taqdim etgan:
1. Buyuk Turon ko`chasida joylashgan 1950 yillarda barpo etilgan ma`muriy bino tarixiy va me`moriy jihatdan saqlanishga muvofiqdir va uni milliy moddiy-madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatida qoldirish zarur.
2. Shu binoning qismi yon-atrofida joylashgan Knyaz Romanovning saroyi bilan bir yaxlit me`moriy turistik ob`ekt deb hisoblansin.
3. Majmuaning Sayilgoh va Matbuotchilar ko`chalarida joylashgan ma`muriy qismlari ham o`z qiymatiga egadir va ularni ham me`moriy tarixiy ob`ekt sifatida saqlanishi maqsadga muvofiqdir.
4. Inshootlar konstruktiv jihatdan ham murakkab ishlangan va uzoq muddat foydalanish mumkin.
Madaniy meros departamentining xulosalari va saytimizdagi qonuniy dalillarga qaramasdan mazkur ob`ekt sotildi va madaniy meros ob`ektlari milliy ro`yxatidan o`chirildi.