Davlat qarzi haqida OAVda qanday yoritib borish bo`yicha qoidalar ishlab chiqildi

13.11.2021 11:25

Moliya vazirligi tomonidan “Davlat qarzi to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlisga kiritildi.

Qonun loyihasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari hamda davlat qarzi to`g`risidagi ma`lumotlar ochiqligini ta`minlash, jumladan, OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish bo`yicha qoidalar alohida ko`rsatib o`tilmoqda.

10 ta bob va 58 ta moddadan iborat qonun loyihasini tayyorlashda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Osiyo taraqqiyot banki va AQSh G`aznachiligining 13 nafar ekspertlari ishtirok etdi hamda loyiha yuzasidan 9 ta vazirlik va idoraning ekspertiza xulosalari olindi.

Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishga doir asosiy qoidalar va davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilanmoqda.

Shu bilan birga, davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi bo`yicha xatarlarni boshqarish bo`yicha amalga oshiriladigan harakatlar majmui aks ettirilmoqda.

Qonun loyihasi davlat qarzini boshqarish jarayoni fragmentasiyalashuvining oldi olish, davlat qarzini barqaror darajada saqlash, xorijiy kreditor va investorlarning mamlakatning qarzlarni to`lay olish salohiyatiga bo`lgan ishonchining ortishi hamda davlat tomonidan qarzlarning qulay shartlarda va barqaror narxlarda jalb qilinishi uchun zarur muhit shakllantirishga qaratilgan, deyiladi Moliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
14.11.2021 03:47
Донишмандлар айтадики, дардинг булса, булсин -карзинг булмасин! Карз булишдан худо асрасин!
13.11.2021 20:01
Qancha ko'p qarz olinsa shuncha yaxshi: avvalo, qarz berganlar qarz oluvchini "uzoq yashasin" deb duo qiladi, qolaversa, qarzini foizi bilan qaytarilishi umidida har tomonlama yordam berishadi