«O`zbekiston uchun sharmandali holat»ga professional maslahatchi X.Sultonov qanday javob beradi?

19.10.2021 14:54

Abdulla Qodiriyning «O`tkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Eduard Riz O`zbekiston tomoni besh oydan beri Prezident nomidan va`da qilingan pul mukofotini to`lamayotganini ma`lum qildi.

Ayni holat ijtimoiy tarmoqlarda «O`zbekiston uchun sharmandali xol», deya baholanmoqda.

Mark Eduard Riz o`z xabarida, bu jarayonda Yozuvchilar uyushmasi xodimlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti vakillari bilan bog`langanini, hatto Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov bilan ham bu borada gaplashganini iddao qiladi.

Qiziqki, amerikalik olim Sultonovni "...uning yuqori darajadagi professional ekanligiga ishonch hosil qildim», deya ta`kidlaydi.

Uning yozishicha, X.Sultonov o`rtadagi odamga bog`lanib «Men Prezident Mirziyoev bilan etti daqiqadan so`ng uchrashaman va u Markka tashrifi vaqtida qancha gonorar to`laganimizni bilmoqchi. Biz Markga pul bermadik. U kechirib, unuta oladimi degan», deya Yozuvchilar uyushmasi vakilining so`zlarini keltiradi tarjimon Mark Riz.

O`zbekistonning saylov oldidagi imijiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi bu kabi holatlarga bugun qaysi amaldor javob beradi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.10.2021 19:27
Бу одам ноинсофлик қилиб, 1 миллион гонорар сўраганини ҳам айтсин.
21.10.2021 12:04
,, Утган кунлар,, ни дунега олиб чикаетган мохир таржимоннинг мукофотини бермаслик, рози килмаслик жуда жуда уятли холат. Шуни хам президент хал килиб бериши керакми. Галати холат.