AChINARLI STATISTIKA: Qishloqlardagi har 100 ming nafardan oshiq bolaga bitta sport-ta`lim muassasasi to`g`ri keladi

18.10.2021 10:10

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga yurtimizda 14 yoshgacha bo`lgan jami bolalar soni 10 million 175 ming 819 nafarni tashkil etgan.

Shundan qishloqda yashovchi bolalar – 5 467 085 nafar bo`lsa, 4 708 734 nafari shaharda yashaydi.

Yana bir statistikaga ko`ra, respublikamizda jami 352 ta sport-ta`lim muassasalari faoliyat yuritmoqda ekan.

Ularning atigi 43 tasi qishloq hududlariga to`g`ri keladi. Qolgan 309 tasi shaharlarda.

Qishloq hududlarida sport maktablari etishmasligi tufayli sportga qiziquvchi bolalar shaharda o`qishga majbur bo`lmoqda. Ayrim ota-onalar esa farzandlari hali yosh bo`lgani uchun uzoq hududlarga ularni jo`natishmaydi.

Eslatib o`tamiz, Respublikamizda 52 105 ta sport inshootlari mavjud.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
07.11.2021 20:06
Жуда тўғри масала кўтарилибди, 2015 йил 11 декабрдаги 356 -сонли ВМнинг қарорида мақбуллаштириш натижасида.кўплаб натижа кўрсатаётган Бўсмлар ёпилиб кетди, қанча малакали рахбар ва мураббийлар ишсиз қолади.
18.10.2021 20:18
Qishloq joydagi ko'pchilik "sport muassasa"larining ko'pchiliging eshakxonadan farqi yo'q (kim sport vaziri ekanligini bilasiz)