Jahon banki: Markaziy Osiyoda ommaviy migrasiya yuz berishi mumkin

18.09.2021 14:25

Iqlim o`zgarishi tufayli O`zbekistonning Amudaryo bo`yida joylashgan janubiy erlari va Farg`ona vodiysi aholisi o`z joyini tashlab, mamlakatning boshqa joylariga ko`chish ehtimoli mavjudmi?

Jahon bankining Groundswell hisobotida aytilishicha, iqlim o`zgarishi tufayli qariyb 2,5 million aholi yashash joylarini tark etib, o`z mamlakatlarining boshqa qismlariga ko`chishga to`g`ri keladi.

2050 yilga kelib Markaziy Osiyo va Sharqiy Evropada 5,1 milliongacha "iqlim" migrantlari (umumiy prognoz qilingan aholining 2,3%) paydo bo`lishi mumkin. Pessimistik ssenariyga ko`ra, ulardan 2,4 milliongacha Markaziy Osiyo davlatlarida yashaydi.

Tahlillarga ko`ra, "iqlim" migrantlar oqimi zonalari Toshkent atrofidagi erlar, Farg`ona vodiysi va Tojikiston janubidagi pasttekisliklar, shu jumladan Dushanbe va Qozog`iston shimolidagi shaharlar - Nur-Sulton, Qarag`an, Kostanay bo`lishi mumkin.

Bu talqin Markaziy Osiyoning bu qismlarida suv ta`minoti va ekinlar hosildorligining kutilayotgan o`sishi bilan bog`liq.

Bundan tashqari, O`zbekiston Farg`ona vodiysi va Tojikistonga tutash hududlar, shuningdek Qozog`istonning janubiy chegarasi va Bishkek atrofidagi hududlar "iqlim" migrantlarning ketish zonasiga aylanishi mumkinligi hisobotda qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyoning ushbu mintaqalarida suv mavjudligi va ekinlar hosildorligining pasayishi bilan bog`liq.

Amudaryo bo`yida joylashgan O`zbekiston janubi va Sharqiy Turkmanistonning kichikroq hududlari ham "iqlim" migrantlar uchun potensial chiqib ketish zonalari sifatida ko`rilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар