Tarafkashlikka bo`lingan jurnalistika erkin bo`la oladimi?

03.05.2022 08:29

BIR DAQIQA ERKINLIK HAQIDA ShAXSIY FIKR

Biz xabar va maqolalarimizni sotish darajasiga etmaganmiz. Sifatli maqola va ma`lumotlarni pullik qilish bilan feyk ma`lumotlar va sifatsiz jurnalistikaga mediamaydonni bo`shatib berishimiz mumkin. Shunday ekan bizni, jurnalistlarni kim moliyalashtiradi? 

Ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi eng yomon ko`rinish. Buning oqibati “jannatdan xabarlar”, bo`layapti. Aniqrog`i, davlat jurnalistikani emas, faqat “propaganda”ni moliyalashtiradi. Yirik tadbirkorlar tomonidan OAVni moliyalashtirish ham manipulyasiya, lobbizm, tarafkashlik va umuman xolislikni yo`qolishiga olib keladi.

Misol uchun, Allamjonov Kun.uzning ma`lum bir aksiyalariga egalik qilishi yoki qilmasligini undagi J.Ortiqxo`jaevga bog`liq materiallari ruhidan ham sezish mumkin.

Na davlat va na yirik tadbirkor jurnalistlarni qutqarolmasa bizni kim qutqaradi? Xo`sh unda jurnalistlar qaerdan pul olishi kerak? 

Bu muammo faqat O`zbekiston jurnalistlarini emas, barcha butun dunyo jurnalistlarini qiynab kelmoqda. Jorj Vashington universiteti doktori Janet Stilning aytishicha, u Britaniyaning “Guardian” nashrini kuzatib borada va uning eng yaxshi maqolalari uchun xayriya puli ajratmasa o`zini aybdor sezadi. Mana aslida qanday bo`lishi kerak. Ammo bunga biz bunga tayyormizmi?..

O`zbekiston jurnalistikasi esa xayriya evaziga yoki boshqa yirik nashrlardek (Washington Post, New York Times, The economist) pullik xizmat hisobiga ishlashiga ko`zimiz etmaydi. Jurnalistikamiz moliyaviy mustaqil bo`lmas ekan, fikr bildirish erkinligimiz tahdid ostida qolaveradi. Konstitusiyamizda belgilangan erkinliklarga faqat OAVning mustaqilligi orqali erishiladi. Korrupsiya, “ro`mol”, “qora oyna”lar, o`zini yoqayotgan ayollar muammosi umuman barchasini faqat erkin matbuot orqali hal eta olishimiz mumkin, xalos.

Matbuotimizga nazar solarkanmiz unda davlat OAVlari, hukumat vakillariga yaqin blogerlar, va tarafkashlikka bo`lingan matbuot va blogerlarni ko`rish mumkin. Axir kecha vazir bilan don olishib choyxonada o`tirgan blogerning xolisligiga ishonish mumkinmi?

Yuqoriga yaqinlashgan jurnalistlar ham avvalgi o`tkir qalamini yo`qotayotgandek ko`rinadi. Balki, odamlarga tushuntirish vaqti kelgandir. Haqiqiy jurnalistikani, ularni qo`llash kerakligini, haqiqiy toza axborotni blogerlardan emas jurnalistlardan kutish kerakligini odamlarga anglatish vaqti allaqachon kelgandir. “Davlat propogandachi”lari, blogerlarning shaxsiy qarashlari va feysbuk odamlarni axborot bilan oziqlantirishi to`g`ri emasligini ko`proq gapirishimiz kerak emasmi. 

Odamlarning jurnalistlarni tanqidlariga nisbatan “shaxsiy g`araz” yoki “qo`lida cho`p ko`tarib yuruvchi” deya qarashlariga tushuntirish orqali barham berish kerak balki. 

Odamlarga moliyaviy erkin jurnalistika qanchalar muhimligini tushuntirish, ularni erkin jurnalistika uchun qayg`urishga o`rgatish vaqti kelmadimi? Jiddiy savollarga olingan javoblar, sodir bo`layotgan voqealar haqida xabarlar bugungi jurnalistika etib kelgan daraja shumi? Jurnalistika o`zi shumi? Qachon jurnalistlar yirik tadqiqot va tekshiruvlarni olib boradi? Buning uchun avval ular moliyaviy mustaqil bo`la olishi kerak emasmikan…

Jurnalistlarning moliyaviy ahvoli haqida davlat emas, xalq qayg`ura boshlagandagina balki, haqiqiy jurnalistika boshlanar...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
43
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.05.2022 16:06
Информация пулга сотиб олишга арзиса, уни узи хохлаб сотиб олишади. Лекин Мажбурий обунага карши халкнинг (хамон давом этаётган) норозилик кайфиятини ёдга олиш керак. Бу босма нашрлардаги бокимандалик кайфияти эди. Хам сифатсиз маколани чикариш учун пул олишади, хам уни мажбурлаб халкка сотишади. Шу тугрими?
03.05.2022 23:02
Ассалому алайкум. Таҳлил керак. Умумий фикрлар.
03.05.2022 17:49
Айни хакикат!
03.05.2022 14:47
Анорахон кизим сизга катта рахмат сизнинг борингизга шукур киламан
03.01.2022 14:42
ХУП ХАККОНИЙ ГАПЛАР.БИЗ КЕКСА ЖУРНАЛИСТЛАРНИ КУП ЙИЛЛИК ОРЗУСИ ЭНДИЛИКДАГИ АРМОНИ БУ ФИКРЛАР.
17.09.2021 19:56
Bir vaqtlar AQSh poytaxti Vashington shahrining mer(hokim)i aytgan ekan: "Xudoning inoyatii va "Vashington post" (gazeta) ruxsati bilan shaharda hokimlik qilayapman",- degan ekan.
17.09.2021 19:43
Шу мақоланинг муаллифига раҳмат! Журналистикадаги ҳақиқий аҳволни жуда аниқ ва равшан таҳлил қилибди.
17.09.2021 15:25
Яхши фикр, жамоатчилик ойнаи жаҳони (общественное вещание), матбуоти вп сайтлари керак
17.09.2021 15:03
Muallif kim? Maqolada texnik xatolar, uzilishlar koʻp ekan, qayta tahrirlash, yana boyitish zarur, fikrimcha.
17.09.2021 14:40
Фурсатни бой бераяпмиз. Кейин кеч бўлмаса эди...
17.09.2021 14:21
Жуда хам тугри фикр! Лекин, бугун биз халк деб атаётган оломон буни тушунармикан?!