Toshkentdagi 4 yildan buyon na qurilishi va na buzilishi aniq bo`lmayotgan binoga kim javob beradi?

30.08.2021 16:41

Mahalla guzariga ajratilgan erga tadbirkor o`z-o`zidan ko`p qavatli uy qurishi mumkinmi? Nima uchun Toshkent shahrida qurilish va buzilishlar bo`yicha ana shunday muammolar ko`p? Go`yo shahar bedarvozayu, hokimlar nayrangbozdek...

Rost24.uzga murojaat kelib tushdi, unga ko`ra noqonuniy qurilmoqchi bo`lgan bino qurilishi to`xtatilgan, lekin hali hanuz chala binoning taqdiri uchun bir echimga kelinmagan. Sabab nima? Muxbirimiz bu masalani atroflicha o`rgandi. Kalavani uchi yana hokimiyatga borib taqalmoqda.

Toshkent shahar Olmazor tumani Qora-qamish 2/1 dahasi “Istiqbol” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ko`p qavatli uylari yonidagi chala qolgan qurilish joyidan xavotirda.

2017 yilda “Istiqbol” mahallasi Qora-qamish 2/1 mavzesi 1A, 6 va 9-uylar oralig`ida bino qurish ishlari boshlangan. 

Hujjatlarni tekshirish natijasida bu qurilayotgan ko`p qavatli bino noqonuniy ekanligi, aslida bu erga mahalla guzari qurish rejaga kiritilganligi aniqlangan

2018 yilga kelib esa aholining ko`p joylarga qilgan murojaati tufayli qurilish to`xtatilgan, lekin, aholi uchun mahalla guzari qilib berilmagan. Aholi tomonidan Prezident qabulxonasidan tortib, mahalliy hokimiyatlargacha murojaat qilingan, ammo hech qanday natija yo`q.

“Tashlandiq bo`lib qolgan bu qurilish atrofi juda abgor holatda, qurilish ichiga esa yosh bolalar kirib o`ynamoqda. Biz esa nimadir bo`lishidan qo`rqamiz. Bino qurilmasdan turib ikki marta yonib ham ketdi” deydi mahalla fuqarolaridan biri.

Rost24.uz muxbiri bu borada Toshkent shahar Olmazor tuman hokimiyati, Arxitektura bo`limidan munosabat so`radi. Mas`ul tashkilotning hujjatlariga ko`ra mazkur joyda mahalla guzari qad rostlashi nazarda tutilgan. Erni hokimiyat tadbirkorga mahalla guzari qurish uchun ajratib bergan, ammo tadbirkor ko`p qavatli uy qurishni boshlagan. Alaloqibat aholi noroziligi tufayli qurilish to`xtab qolgan.

Qiziq, mahalla guzari uchun ajratilgan erga tadbirkor nega o`z-o`zidan ko`p qavatli uy qura boshlagan? Bunda hokimlikning norasmiy aloqasi bormi?

Bunday holatlar nafaqat Toshkentda balki, boshqa hududlarda ham tez-tez kuzatilmoqda. Javobgar taraflar ya`ni hokimliklar esa jim. Go`yoki yana shunday nayranglar tuzish bilan banddek.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.08.2021 22:58
Og'zi qiyshiq bo'lsa ham "tadbirkor" gapirsin. Qolaversa, hokimiyatdagilarning ham bir nechtadan xotini bola-chaqasi bor, ularni eldan o'zdirib yeb-ichirishi, dang'illama to'ylar qilishi va Y. Usmonovani olib kelishi kerak, hokimiyat odami degan nomi bor.