Shahar ichidagi "davlat": O`zbekiston Konstitusiyasining bir necha moddalarini buzayotgan Tashkent City

14.08.2021 15:15

O`zbekiston poytaxtining markazidagi 80 gektarlik hududda joylashgan Tashkent City atrofi o`rab olingan bo`lib, 24 soat qo`riqlanish bilan birga ichkarida ham Milliy gvardiya xodimlari har qadamda patrullik qiladi. 

Shaharchaga kirmoqchi bo`lib yaqinlashaversangiz, sizni shlagbaumlar bilan to`silgan kirish postida qo`riqchilar qarshi oladi. Go`yoki o`zingizni boshqa bir davlatga o`tayotgandek his qilasiz. Kirish pullik. Ichkarida nimadir tasvirga olmoqchi bo`lsangiz 1 million so`mgacha oldindan to`lash kerak.

Rivojlangan davlatlarda shunday taraqqiy etgan shaharlar borki, Tashkent City ularning oldida xarobadek ko`rindi. Ammo ushbu shaharlar hech qachon fuqarolaridan muhofazalanmagan.

"Tashkent City"ni “Shahar ichidagi davlat” deb atashimizga sabab shuki, O`zbekistonda chiqarilgan qonunlar bu "davlatcha"ga ta`sir qilmaydi. Birgina misol, O`zbekistonda karantin sabab o`rnatilgan cheklovlarni bu "davlat" inobatga olmadi. Yoki bu “davlatcha”ga koronavirus hali kirib bormadimikin?

Xizmat ko`rsatishdagi ushbu monopoliya jurnalistlar tomonidan ko`tarilgandan so`ng ushbu qonunga bo`ysunmaslik bartaraf etilmadi. Aksincha, bu qonunning o`zi bekor bo`ldi. Kichkinagina 80 gektarlik maydondagi bir “davlatcha”ning katta bir respublika qonunlariga ta`siri deb tushunish mumkinmi buni?

Bu shahar markazidagi davlat O`zbekistonda chiqarilgan taqiq va cheklovlarni qabul qilmaydi. O`zining alohida boshqaruv tizimi bo`lib, hududi jihatidan joylashgan tumaniga ham bo`ysunmaydi. Arxitektura va qurilish borasida shaharsozlik normalariga amal qilishda ham Respublika arxitekturasiga ham hisobot bermaydi. Sektor rahbarlarining so`zi ular uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. 

Ma`muriy va hududiy boshqaruv tizimga qaranganda Rim shahridagi Vatikan davlatini yodga soladi. Birgina farqli jihati – Vatikanga kirish va tasvirga olish tekin.

Biroq "Tashkent City" O`zbekistondan berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarning barchasini qabul qiladi.

Hukumat qarori bilan "Tashkent City"ni qurish uchun chetdan keltiriladigan barcha transport va xom ashyolar bojxona to`lovlaridan ozod qilingan. Shuningdek, soliq to`lashda ham kattagina imtiyoz va qulayliklar in`om etildi. Xom ashyo va xizmatlarni tendersiz tanlash imkoniyati ham qonun yo`li bilan taqdim etilgan.

Unga shunday imkoniyat va qulayliklar berib qo`ygan O`zbekiston Respublikasining fuqarolariga tekin bo`lishi kerak emasmi? Ichimizdagi “qo`shni davlat” qonuniy jihatdan bo`ysunmasdir balki, ammo insoniylik jihatdan fuqarolarimiz uchun ochiq bo`lishi lozim edi. "Tashkent City" strategik ob`ekt emas, aksincha daraxtlardan tozalangan zamonaviy ko`ngilochar hudud.

Tashkent City hududini qo`riqlashda O`zbekiston Respublikasining kuch ishlatar tizimlaridan hamda O`zbekiston eridan katta imtiyozlar asosida foydalanadi, elektr energiya, sovuq suv va kanalizasiya quvurlaridan xohlagancha ishlatadi. Ammo O`zbekiston fuqarolariga kirish pullik.

O`zbekiston Respublikasi konstitusiyasining 28-moddasida shunday deyiladi: O`zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

Shu joyda savol tug`iladi: “mustasno” degan so`z "Tashkent City"ga tegishlimikin?

"Tashkent City"dagi baland-baland binolarni xorijiy investorlar (agar ular mahalliy xorijliklar bo`lmasa) qurayapti deb aytishimiz mumkin. Biroq, er O`zbekiston Respublikasiniki. Shunday ekan hech bir xorijiy investor manfaati O`zbekiston fuqarosining manfaatidan ustun bo`lmasligi lozim.

"Tashkent City"ning qurilishi va boshqaruv tizimidagi ko`pgina jihatlari, O`zbekiston konstitusiyasining ba`zi bir moddalariga to`g`ri kelmayotgandek, nazarimizda.

O`zbekiston Respublikasining konstitusiyai:

3-modda.

O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy-davlat va ma`muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O`zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo`linmasdir.

7-modda.

Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.
O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

18-modda.

O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi shart.

21-modda.

O`zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o`rnatiladi.
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo`lganlikdan qat`i nazar, hamma uchun tengdir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.01.2022 16:25
GM VA Toshkent city uzbekiston qonunini va fuqorolarini bir tiyinga olmaydi.Xalq puliga qurilgan joyni òrab olib pullik qilishi bunga isboti
17.08.2021 23:57
✊✊✊
17.08.2021 11:50
Bu joyni qurush uchun minglab honadonlarni buzib,norozi qilib joylari olingan.Kalamushlar qolgan insonlarni bir tiyinga olmaydi.
17.08.2021 03:17
Toшкент шaxpи xaм вилоятдaн келганлap yчyн ëпик.Факaт 5 Кун юpa oлacиз xoлoc.
17.08.2021 00:18
Toshkentni o'z ajdodlarining mulklaridek taqsimlab olishmoqda... Ertaga tarix oldida qanaqa javob berishadi?! Agar sentabrgacha bepul qilinmasa facebook orqali kottagina asosli postga tayyor turishsin...
15.08.2021 20:48
Нега энди "TASHKENT CITY". "Давлат тили тугрисида"ги Конун кани?!!
15.08.2021 16:03
Яна хам "UZAUTOMOTORS"га рахмат, унда хам бунчалик имтиёз йук
15.08.2021 15:56
Бойнинг уйида Конституция "чепуха".
15.08.2021 15:52
O'tgan asr o'rtalarida Britaniya mustamlakasi Hindistonda istirohat bog'i darvozasidagi e'lon:"Itlar va hindlarning kirishi taqiqlanad".i