Joriy yilda oliy o`quv yurtlariga topshirgan talabalar soni nisbatan kamroq. Sabab oliy o`quv yurtlarining narxi baland ekanligimi yoki ta`lim sifati pastligimi? Balki ikkisi hamdir.
Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev bu yil 1 million 270 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirishini taxmin qilgan edi.
4 may kuni 2020/2021 o`quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag`ishlangan brifingda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Behzod Musaev joriy yilgi qabul yangiliklari haqida ma`lumot bergan edi. Brifingda B. Musaev «Oliy ta`limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»da belgilanganidek, joriy yil 25 foizdan ortiq bitiruvchini oliy ta`lim bilan qamrab olish rejalashtirilganligini aytib o`tgan edi.
"Bu yilgi bitiruvchilar o`quv dasturlarini onlayn tugatishdi. Bu esa, o`z navbatida, ularning o`quv dasturlarini o`zlashtirishiga ta`sir ko`rsatgan. Shularni hisobga olgan holda 2020-2021 o`quv yilida kirish imtihonlarini soddalashtirish yuzasidan davlat rahbari tomonidan vazifalar aniq belgilab berilgan", - degan edi bosh vazir o`rinbosari.
Brifingda joriy yil 1 million 270 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirishi taxmin qilinayotganligi aytib o`tilgan edi. Lekin bu aksi bo`ldi. Bu yilgi hujjat topshirgan abiturientlar soni 948 ming 211 nafarni tashkil etdi.
Bu holat past ekanligini bilish uchun o`tgan yildagi abiturientlar soni bilan taqqoslab ko`rish mumkin:
2018 yilda – 679 00 nafar;
2019 yilda - 960 843 nafar;
2020 yilda - 1 million 76 ming nafar;
2021 yilda - 948 ming 211 nafarni tashkil etdi.
Bu yilgi statistikaga qaraydigan bo`lsak, 2019 yildagi hujjat topshirganlardan ham past. Bunga sabab nimada?
2021/2022-yilgi o`quv yili qabul jarayonlaridagi statistika yakuniy bo`lib, unga test sinovi uchun to`lovni amalga oshirmagan, ta`lim yo`nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko`ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abiturientlar kiritilmaganligi aytib o`tilgan.