O`zbekistonda yillarga nom berish urf bo`lgan. Odatda yil nomi ko`p narsani o`zgartirmaydi. Ammo, ko`pgina jurnalist va nashrlar yil davomida yil nomidan kelib chiqib ijod qiladilar. Amaldorlar ham intervyu berish jarayonida har bir marosim yoki yangilikni yil nomi bilan bog`lab gapirishga odatlangan. Go`yoki yilga nom berilmasa, tadbirga mavzu rasmiy nashrlarga reportaj va idoralarga hisobot topilmay qoladiganga o`xshaydi. Yil nomi bizga nima beradi? Umuman yurtdoshlarimiz kelayotgan yilni qanday atashni istaydi? Rost24.uz sayti bir necha taniqli insonlardan 2021 yilni qanday nomlagan bo`lishlarini so`radi.
— 2021 - “Raqamli xizmat yili”. Raqamli texnologiya va va raqamli xizmat qo`shimcha qiymat yarata oladigan aniq daromadbop ish. Bu yil pandemiya sabab hech narsa qila olmadik.
— Men yillarga nom berilishini yoqlamayman. Bu sovetlardan qolgan odat. Nom bermasdan ham farovonlik yo`lida qandaydir dastur qabul qilinishi mumkin. Yilga nom berish tadbirbozlikka olib keladi.
Sherzod Qudratxo`jaev kelayotgan yilga emas, oxirlayotgan yilga ta`rif berdi. U 2020 yilni eng og`ir yillardan biri bo`lganiga ishora qilib Time jurnali tanloviga qo`shildi. Time jurnali so`nggi sonida 2020 yilni eng yomon yil (the worst year ever) sifatida e`tirof etgan edi.
— Yilni umuman nomlamagan bo`lardim yoki “2021 – yillarga nom berishni to`xtatish yili”, deya atalishini istardim.
“2021 — Adolat, adolat, adolat”
“2021 — Xalq manfaati, korrupsiyaga qarshi kurash, gaz va elektr bilan ta`minlash yili!”
Shuningdek, o`z ismini aytishni istamagan deputat va yozuvchilar 2021 yil nomiga bir nechta takliflar bildirishdi.
“2021 — Xalq hokimiyati qaror topadigan yil”
“2021 — Rahbarlarni uyg`otish yili”
“2021 — Ta`lim va tibbiyotni tubdan isloh qilish yili”.