6-sinf tarix darsligidagi “Odam evolyusiyasi” bilan 8-sinfda berilgan “Odam evolyusiyasi” mavzusidagi ma`lumotlar bir-biriga bog`lanmagan.
***
Bugungi darsliklarni maktabga borib dars berib ko`rmagan olimlar yozgan.
***
2017 yil juda qisqa fursatda darsliklarga qator o`zgartirishlar kiritilib, maktablarda 10-11-sinf tizimi qayta joriy etildi. 2-3 oy muddatda darsliklarni tuzish topshirig`i qo`yildi. Natijada esa…
***
Yangi darsliklar 2025 yilgacha ishlab chiqilishi, undan keyin ham qator muhokamalar chig`irig`idan o`tgach, chop etilishi mumkin.
***
Umumta`lim maktablarining 6-8-10-11-sinf darsliklarida odam evolyusiyasi, xususan, insonning maymundan kelib chiqqanini uqtiruvchi bir qator mavzular hamon o`rgatilmoqda.
"Odam va uning salomatligi" 8-sinf darsligi, 182- betida “Solishtirma anatomiya embriologiya, fizologiya, genetika, molekular biologiya, odamni gorilla, ayniqsa, shimpanzega ko`proq o`xashashligini ko`rsatdi”, deyiladi.
10-sinf Biologiya darsligining 231-betida esa "Bundan taxminan 25 mln. yil muqaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o`zgaruvchanlik tufayli ikki tarmoqqa – hozirgi odamsimon maymunlar, maymunlar va odamlarning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining kelgusi rivojlanishidan gorilla va shimpazze chiqqan".
Odamning paydo bo`lishi va yaralishi haqidagi paradoks o`quvchi ongida turli ziddiyatlarni paydo qilishi tabiiy.
Maktabning 11-sinf o`quvchisi Nig`matilla Rustamov: “Darvinning isbotlanmagan nazariyasi fan doirasida singdirilyotganiga qarshiman. Bizga dalilsiz, ishonchsiz ma`lumotni tadbiq etilishi asossiz” deydi. Uning sinfdoshlari ham bu fikrga qo`shiladi.
Ayrim davlatlarda ushbu mavzular o`quvchiga murakkablik qiladi, deb topilgan va maktab darsliklardan chiqarilib, oliy ta`lim bosqichiga o`tkazilganini kuzatish mumkin. Chindan, 12-15 yoshli o`spirin ongi evolussiyani qanchalik qabul qila oladi? O`quvchining kelajakdagi faoliyatida uning nechog`lik ahamiyati bor?
Sevara Hasanova, Respublika ta`lim markazi kimyo va biologiya uslubchisi:
— To`g`ri, evolyusiya mavzusi o`quvchilarda har-xil savollar paydo qiladi. Hozirda dunyo hamjamiyati Darvin nazariyasidan voz kechganidan xabaringiz bor. Ammo fan nuqtai nazaridan qaraganda, er yuzidagi har bir tirik organizm biologik mavjudot hisoblanadi. O`quvchi o`zining biologik mohiyatini anglashi uchun bu mavzular darslikka kiritilgan.
O`quvchida savol tug`ilayotganining sababi, bugungi darsliklar o`rtasida uzviy bog`liqlik yo`q. Masalan, 6-sinf tarix darsligidagi “Odam evolyusiyasi” bilan 8-sinfda berilgan “Odam evolyusiyasi” mavzusidagi ma`lumotlar bir-biriga bog`lanmagan.
Yana bir muhim jihat – bugungi darsliklarni maktabga borib dars berib ko`rmagan olimlar yozgan. Ya`ni darsliklar o`quvchi uchun emas, oliy o`quv yurti aspiranti yoki magistriga moslab murakkab tuzilgan. Chunki 2017 yil juda qisqa fursatda darsliklarga qator o`zgartirishlar kiritilib, maktablarda 10-11-sinf tizimi qayta joriy etildi. 2-3 oy muddatda darsliklarni tuzish topshirig`i qo`yildi. Darsliklar tuzilayotganda muayyan standartlarga tayaniladi. O`shanda eski dasturga tayanib darslik tuzishga to`g`ri kelgan. Endi shu kabi kamchiliklarni tuzatish uchun milliy o`quv dasturini yaratish bo`yicha loyiha tayyorlanmoqda.
Loyihada darsliklardagi olimlar nuqtai nazari bilan yondashilgan, murakkab tuzilgan mavzularni o`quvchiga moslashtirish ko`zda tutilyapti.
Unda dunyoviy bilimlar qatorida diniy qarashlarni ham singdirib borish, murakkabliklarni soddalashtirish ham reja qilingan. Mazkur dasturda odam evolyusiyasi haqidagi ma`lumotlar chiqarib tashlanishi yoki oliy ta`limga o`tkazilishi mumkin.
Sevara Hasanovaning qo`shimcha qilishicha, loyiha 2025 yilgacha ishlab chiqilishi, undan keyin ham qator muhokamalar chig`irig`idan o`tgach, chop etilishi mumkin.
Lekin 2025 yilgacha bo`lgan millonlab yoshlar-chi? Ular ushbu yondashuv bilan ta`limni davom ettirishlari qanchalik o`rinli?
Ma`lumot uchun aytib o`tish kerakki, dunyoda allaqachon Darvin nazariyasi asossiz ekanligi rasman isbotini topgan. Masalan, “New week” jurnalining 1988-yilgi sonlarining birida, “Molekular biologiya” sohasida o`tkazilgan tadqiqot haqida so`z boradi.
Unda olimlar inson denkasining xalqaro genetikasini turlaydilar hamda hududiy va irqiy xususiyatlarga ega bo`lgan ayollar genetikasini o`rganganlarida ularning ota-onasidan o`tgan irsiy ma`lumotlardan tashqari, ularning barchasi uchun umumiy xususiyatga ega bo`lgan denka hududlari borligi ma`lum bo`ldi. Ya`ni, bu denka hududlari butun insoniyat uchun umumiy bir hil xususiyatga ega.
Tadqiqot xulosasiga ko`ra, insoniyat bir onadan tarqalgani isbotlandi.
“Times” jurnalining 1995-yilgi sonlarining birida esa quyidagicha tadqiqot haqida so`z yuritiladi: “Arizona” unversitetining gentetik olimi Mishel Xammer hududiy va irqiy hilma-xil bo`lgan insonlarning irsiy xiromasomlari guruhini o`rganadi. Natijada u ham butun insoniyatning ajdodi bir ekan, degan xulosaga keladi.
Italiya ta`lim vaziri Darvin nazariyasini tanqid qilgan. Amerikada har 6 kishidan 5 tasi uni fanga kiritilishga qat`iy qarshi. Argentina esa alllaqchon ushbu nazariyani ta`qiqlab qo`ygan.
Chunki Darvin o`z nazariyasini oxirigacha isbotlamagan.
Ishonchsiz, dalilsiz ma`lumotni fan doirasida singdirish esa qator davlatlarda asossiz deb baholanmoqda.
Maftuna KARIMOVA