Noyob o`simliklar o`stiriladigan Botanika bog`i tadbirlar o`tkaziladigan joyga aylanayaptimi?
Ko`ngilochar tadbirlar tufayli kelajakda yana bir "Yashil hududdan" ajralib qolmaymizmi?
29-30 iyun kunlari Botanika bog`ida bo`lib o`tgan "O`zbekiston yoshlar va talabalar forumi" festivali atrofida bir qancha tanqidiy fikrlar bo`ldi. Bularning zamirida koronavirus kasalligi va karantin qoidalariga rioya qilmaslik holatlari yuzaga kelishi aytib o`tilgan. Bizning jamoamiz ham bu borada tanqidiy material tayyorlagan edi. Bugun esa tadbirdan keyingi yoqimsiz holat haqida.
Tadbir tugaganini ertasi kuni bog` hududiga Rost24.uz jamoasi etib bordi. U erga turli chiqindilar, plastik idishlar tez tayyor bo`ladigan mahsulot paketlari, turli banerli yozuvlar bog`ning har eriga tashlab ketilgan. Tadbir davomida bo`ladigan baland shovqinli atmosfera nozikta`b o`simliklarga yomon ta`sir qilishini aytmasak ham bo`ladi.
Bunday ko`ngilochar yoshlar tadbirlari aslida yozgi konsert zallarida, maxsus pavilonlarda yoki bo`lmasa stadionlarda o`tkazilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Yurtimizdagi yashil maskanlarning xarobaga aylanishiga yo`l qo`ymaylik!
Zero, bitta ko`chat ekib, uni daraxt holiga keltirguncha qancha vaqt va mashaqqat talab etilishini bilamiz.
Xulosa o`zingizdan...
Iroda Farhodova,
Quvonch To`raev (video)