DXXning sobiq Markaziy binosi davlat amaldori farzandiga qonuniy sotildimi?

19.06.2021 13:02

MUHOKAMA DAVOM ETMOQDA 

Internet tarmoqlarida Toshkentning Sayilgoh ko`chasida joylashgan DXXning sobiq markaziy binosi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o`g`li rahbarlik qilayotgan firmaga sotilgani haqida xabarlar jiddiy munozaralar markazida bo`lib turibdi.  

Metropol Group kompaniyasi asoschisi Doniyor Kamilovning shaxsi va uning xaridi atrofidagi muhokamalar hamon to`xtagani yo`q. 

Rost24.uz axborot sayti DXXning sobiq binosi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabr sanasidagi 846-sonli qaroriga ko`ra, Davlat xavfsizlik xizmatiga tegishli bo`lgan “Markaziy bino” arxitektura yodgorligi sifatida ro`yxatga olingan hamda ushbu qarorda mazkur bino badiiy yoki o`zga madaniy qimmatliligi tufayli unga garov va ipoteka qo`llanilishi mumkin emasligi haqida yozgan edi. Keyinchalik mazkur jurnalistik surishtiruvga asosan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Ishchi guruh tuzib saytda ko`tarilgan mavzuni o`rganib chiqdi. 

Madaniy meros departamentining ilmiy ekspertiza kengashi shunday xulosa chiqargan:  

1. Buyuk Turon ko`chasida joylashgan 1950 yillarda barpo etilgan ma`muriy bino tarixiy va me`moriy jihatdan saqlanishga muvofiqdir va uni milliy moddiy-madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatida qoldirish zarur. 

2. Shu binoning qismi yon-atrofida joylashgan Knyaz Romanovning saroyi bilan bir yaxlit me`moriy turistik ob`ekt deb hisoblansin.

3. Majmuaning Sayilgoh va Matbuotchilar ko`chalarida joylashgan ma`muriy qismlari ham o`z qiymatiga egadir va ularni ham me`moriy tarixiy ob`ekt sifatida saqlanishi maqsadga muvofiqdir. 

4. Inshootlar konstruktiv jihatdan ham murakkab ishlangan va uzoq muddat foydalanish  mumkin.

Ob`ekt Moddiy-madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatida qoldirish yuzasidan qaror qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabr sanasidagi 846-sonli qaroriga ko`ra, Davlat xavfsizlik xizmatiga tegishli bo`lgan “Markaziy bino” arxitektura yodgorligi sifatida ro`yxatga olingan hamda ushbu qarorda mazkur bino badiiy yoki o`zga madaniy qimmatliligi tufayli unga garov va ipoteka qo`llanilishi mumkin emas.  

O`zbekiston qonunchiligiga ko`ra, davlatga tegishli bo`lgan moddiy madaniy merosni sotuvga qo`yish qonun bilan taqiqlangan. 

Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko`ra, davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros ob`ektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.

Departament qonunchilikka ko`ra, davlatga tegishli bo`lgan moddiy madaniy merosni sotuvga qo`yish qonun bilan taqiqlanganini eslatdi va aynan DXXning Sayilgoh ko`chasidagi sobiq markaziy binosini sotish noqonuniyligi bo`yicha rasmiy munosabat bildirdi. Ammo davlatning rasmiy idorasi tomonidan O`zbekiston qonunlariga ko`ra, sotilishi mumkin emas deb xulosa berilganiga qaramasdan, xalq mulki bo`lgan mazkur bino sotuvga qo`yildi va bugun davlat amaldorining farzandi mulkiga aylandi. Tegishli idoralar tomonidan na Rost24.uz saytida e`lon qilingan ma`lumotga va na Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti xulosasiga nisbatan munosabat bildirildi.

Adliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yuqorida ko`rsatilgan qonun buzilishiga nisbatan hozircha jimgina turishibdi.

O`ylaymizki, mazkur masala yuzasidan jamoatchilik oldida o`zini mas`uliyatli deb bilgan mutasaddilarimiz, bu borada, albatta, o`z munosabatini bildirib, kerakli tushuntirishni beradilar.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.12.2021 03:27
👏
07.07.2021 20:11
Hurmatli Anora Sodiqova siz rahbarlingizdagi Rsot24.uz sayti bizga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasiga juda ma'qul. Albatta sababi, real mushohadali voqealiklarni tafsilotlarni ko'tarib chiqib, xalqimiz oldidagi o'z jurnalistik ma'suliyatli va kerak bo'lsa og'ir ba'zi paytlarda hattoki, senzura ostida qolishga harakat qilib siz va sizning jamoangizni irodasini, majoziy aytganda qalamingziga bosim o'tkazayotgan ba'zi birovlar qaytarib aytaman "eski zamonni hohlovchilar" , hali ham Prezidentimiz boshlagan siyosatni chiqaroytgan qonun va qarorlar tub mohiyatini tushunmayotgan ayrim mutasaddi rahbarlar hech qachon irodangizni bukib qolmasinlar. Sizlarga omad, zafarlar, hukumatimiz rahbari olib borayotgan siyosatni to'g'ri yo'lga qo'yish borasida esa joylardagi mutasaddi rahbarlarga Ollohdan insoflar so'raymiz! QADRLI JURNALIST OPAMIZ ANORA SODIQOVA VA SAYT JAMOASI, BARCHA JURNALISTLARIMIZGA Unutmang siz va siz kabi jonkuyar xalqparvar, xalqni dardini, fikrini, davlat va jamiyatimizdagi ba'zi amaldorlarning noqonuniy hatti-harakatlari va ularni "tarbiyalash"dek buyuk xizmatlaringizda hech qachon chekinmang. Jurnalistlarimiz ommaviy axborot vositalari hodimlari - jamiyat va Davlat oldidagi eng halol kerak bo'lsa, u dunyo bu dunyodagi eng savobli faxrli kasbdir. OLLOHIM AVVALO YURTBOSHIMIZNI, SIZDEK XALOL VA QO'RQMAS JANGGA SHAYLANGAN ASKARLAR KABI XALQIMIZ MANFAATLARINI YUQORI AMALDORLARDAN HAM USTUN DEB BILGAN HALOVATIDAN KERAK BO'LSA, SENZURASIDAN QO'RQMAY O'Z SO'ZINI AYTA BILAYOTGAN JURNALISTLARIMIZNI, YURTIMIZNI INSOFLI AMALDORLAR-U RAXBARLARINI O'Z PANOHIDA ASRASIN! BILING AMALDORLAR SIZLARGA TEGISHLI GAP, SIZ BITTA ODDIY XALQ VAKILIGA YOKI BITTA JURNALISTGA BOSIM O'TKIZARSIZ, QO'LINGIZ BALAND KELIB QOLGANI BOSIM O'TKAZGANI SIZ YUTDINGIZ DEGANI EMAS, XALQ KIM QANDAY ISHLAYOTGANINI, KIM NIMA QILAYOTGANLIGINI JUDA YAHSHI BILADI, PREZIDENTIMIZ BOSHLAGAN ADOLATLI OSHKORALIK ILA SIYOSAT YURITISH MEXANIZMIGA PUTUR YETKAZMANG, KORRUPSIYAGA YO'L QO'YMANGLAR, PREZIDENTIMIZ BERGAN ISHONCHNI OQLAYLIK, OXIR MANZILIMIZ - BARIBIR BIR!
20.06.2021 06:01
Хохлаган жойни сотиб олишади, сотишади. Эртага Узбекистонниям сотиб юборишади бу кетишда . Конунни хохлаган тарафдан бузаверишади, уларга мумкин. Хечкимга хисобот беришмайди. Халк ижтимой тармокларда мухокама килишади 1 - 2 ой шу билан хаммаси тинчиб кетади.