Ekologiya qo`mitasi noyob hayvonlarning oziqlanishiga yordam ko`rsatadimi?

15.06.2021 18:12

Sobiq SSSR vaqtida va mustaqillikning dastlabki yillarida tabiatga e`tibor qaratish tizimli ravishda bo`lgan. 

Misol uchun, Nurota tog` tizmalarida avvallari tog` echkisi, alqor, yovvoyi to`ng`iz kabi hayvonlarni asrab qolish, ko`paytirish uchun hatto qahraton qishlarda ham e`tibor qaratilib, vertolyotlarda ularga em-xashaklar, tuzlar sochib turilar ekan. Lekin keyinchalik to hozirgi kungacha ham bu amaliyot umuman kuzatilmayotgani haqida bugun AOKAda  “ 2019 – 2028 yillarda O`zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” yuzasidan o`tkazilgan matbuot anjumanida Rost24.uz axborot sayti muxbiri mas`ullardan javob oldi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bo`lim boshlig`i Farrux Xurramov:

“Har yili, mana bu yil hisobidan oladigan bo`lsak, 2020 – 2021  yil qish fasli juda sovuq keldi. Nurota va Surxon qo`riqxonalarida uchraydigan qo`ylarimiz uchun inspektorlarimiz bilan birgalikda biotexnik tadbirlar o`tkaziladi. Hayvonlarning izlaridan, qaerda ovqatlanishi mumkin bo`lgan joylarida jismoniy kuch yoki texnikalar orqali ma`lum joylarga ozuqa manbasi tashlanib boriladi. Lekin qo`riqxona misolida oladigan bo`lsak, qo`riqxona o`zining tabiiy muhitini saqlab qolish, hayvonlarning o`z-o`zidan ko`payishi va o`z-o`zidan kamayib ketish mumkin. Shuning uchun inson aralashuvi mumkin emas. Bizning qo`riqxonalarda tabiiy ozuqani topib olishi, hayvonlarning o`zlari oziq-ovqatlanishi uchun iloji boricha hayvonlar o`zi harakat qiladi.

Juda ham qattiq havo o`zgargan taqdirda tashqi tarafdan oziq-ovqat mahsulotlari berib turiladi. Lekin qo`riqxonalarda bu mumkin emas. Qo`riqxonamizdan tashqari buyurtma qo`riqxonalarimiz bor. Bu joylarda hayvonlar oziqlanishi uchun em-hashaklar tashlab boriladi. Qo`riqxonalarda esa bu mumkin emas. Chunki u tabiiy bo`lishi kerak, hayvon o`zi ko`payib, o`zi rivojlanishi kerak, o`simliklarni o`zi topib olishi kerak. Agar inson aralashuvi bo`lsa, hayvonlar kamayib ketishiga tashqi ta`sirga moslashuvi boshlanadi. Shuning uchun iloji boricha bu narsa bizda qo`llanilmaydi”, deydi Farrux Xurramov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар