O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasida o`tkazilgan ochiq muloqotda er bo`yicha bo`layotgan murojaatlar ham tahlil etildi
Sir emaski bugungi kunda, er ajratish sohasida juda ko`p qonun buzilishi holatlari mavjud.
Ma`lumot uchun: yil boshidan buyon Qishloq xo`jaligi vazirligiga er munosabatlari doirasida yo`llangan 267 ta murojaatning 251 tasida yoki 94 foizida aynan er ajratish masalasi yuzasidan norozilik bayon etilgan.
Joylarda mahalliy hokimliklarning er ajratish va erlarni olib qo`yish bo`yicha qarorlari yuzasidan juda ko`p holatlarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noroziliklar kelib chiqmoqda.
Shu sababdan, mazkur Farmon bilan mahalliy hokimliklarning er uchastkalarini to`g`ridan-to`g`ri ajratish, er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni belgilash, o`zgartirish, bekor qilish, qishloq xo`jaligi erlarini boshqa er toifasiga o`tkazish kabi vakolatlarining bekor qilinishi halqimiz kutgan eng oqilona qaror desak mubolag`a bo`lmaydi.
Qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda er uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan to`liq bekor qilinib, davlat hokimiyati organlari tomonidan er uchastkalarini to`g`ridan-to`g`ri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlanmoqda.
Ushbu Farmon rasman e`lon qilingan kundan boshlab ya`ni joriy yilning 8 iyun sanasidan boshlab, O`zbekiston Respublikasi Er kodeksiga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda er uchastkalarini ajratish qat`iyan to`xtatildi.
1995 - 2020 yillar davomida Ekin erlarining o`zgarishi tahlil qilinganda, har 5 yilda ekin erlar maydoni 19,3 ming gektarga kamayishi kuzatilgan.
Shu sababdan ham, Farmon bilan Er to`g`risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi tashkil etilib, unga ishchi organi sifatida Bosh prokuratura va o`rinbosari etib Bosh vazir o`rinbosari belgilandi.