O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasida o`tkazilgan ochiq muloqotda er bo`yicha chiqarilgan farmonning shu jihatlariga alohida to`xtaldi
Qishloq xo`jaligi erlarini ajratishda yangi tartib joriy etildi:
– erni barcha fuqaro va tashkilotlarga ochiq tanlov asosida berish (amalda MChJ, dehqon xo`jaliklariga tanlovsiz beriladi);
– tanlovsiz er berish faqat Hukumat qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi;
– eng yaxshi taklifni tanlash (“swiss challenge”) orqali aniqlangan yirik investisiya loyihasi tashabbuskoriga – loyiha qiymati kamida 10 mln. AQSh dollar bo`lganda va oldindan kamida 10 foizini depozitga qo`yganda (bunda chet elliklarga ijara muddati 25 yildan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda);
– bog`dorchilik, polizchilik va uzumchilik shirkatlari tuzish, yordamchi qishloq xo`jaligi yuritish uchun er berish tartibini bekor qilish;
– yangi ajratiladigan qishloq xo`jaligi er maydoni o`lchami va ijara muddatini bugungi kun talablari asosida belgilash ko`zda tutilgan.
Er ajratish va undan foydalanishda nazorat ham kuchaytirilmoqda.
– tuman hokimlarining er ajratish bo`yicha vakolati to`liq bekor qilindi (erni biriktirish, farmoyish chiqarish, erni ko`chirish);
– qishloq xo`jaligi eri ijarasi bo`yicha ochiq tanlov yakunini viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi, ijara shartnomasi (tuman hokimligi va g`olib o`rtasida) elektron shaklda tuziladi;
– hokim qarorlari “e-qaror” axborot tizimida shakllantiriladi;
– erning joylashuv xaritasi “Innola” va “ArsGIS” dasturlarida shakllantiriladi,
– erga bo`lgan huquq avtomatik tarzda kadastr ro`yxatidan o`tkaziladi;
– viloyat hokimining er bo`yicha qarorlari adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o`tkaziladi;
– hokimning ayni bir qarori bilan yoki bir vaqtning o`zida
er uchastkasini olib qo`yish va boshqa shaxsga ajratish taqiqlanadi;
– erga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlarni to`plash va ko`rib chiqish jarayoni “E-YERNAZORAT” axborot tizimi orqali yuritiladi;
– kadastr, prokuratura, adliya organlari va hokimliklar tomonidan er ajratish ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi;
– er sohasidagi huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar moddiy rag`batlantiriladi.
Er sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi:
– noqonuniy egallangan erlar to`g`risida xabar bermaslik, ularda qurilgan imoratlarni kommunikasiya tarmoqlariga ulab berganlik uchun yangi ma`muriy javobgarlik kiritildi;
– sug`oriladigan erlarda o`zboshimchalik bilan qurilish qilgan shaxslar to`g`ridan-to`g`ri jinoiy javobgarlikka tortiladi (amalda javobgarlik ma`muriydan keyin belgilangan);
– er sohasida barcha ma`muriy jarimalar tayinlash vakolati kadastr organlariga o`tkaziladi;
– erni noqonuniy sotganlik uchun yangi jinoiy javobgarlik kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur o`zgartirishlardan quyidagi natijalar kutilmoqda.
– erlarni talon-taroj qilish, o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy sotish keskin kamayadi;
– erlar barcha uchun bir xil va shaffof tartibda ajratiladi;
– er bozor aktiviga aylanadi va moliyaviy oborotga kiradi;
– er ajratish tartibi yagona hujjat – Er kodeksida belgilanadi;
– er sohasida davlat va jamoatchilik nazoratining samaradorligi ortadi.