Ochiq muloqot: “Orolbo`yi mintaqasi ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududiga aylanadi”

03.06.2021 12:30

O`EOAVMAda “Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va  texnologiyalar hududiga aylanadi” mavzusida  ochiq muloqot tashkil etildi.

Dastur bo`yicha 2 iyun kuni Muynoq shahrida OAV xodimlari uchun media-tur o`tkazildi. Bugun esa Nukus shahrida ochiq muloqot boshlandi.    

Ushbu tadbir O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi,  O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi,  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`alikni qisqartirish vazirligi,  O`zbekiston Respublikasi   Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.

Ochiq muloqotda Qoraqalpog`istonda aholining turmush darajasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda ko`rsatib o`tildi.

Birinchidan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha markazlashgan ichimlik suv bilan ta`minlanganlik darajasi 
40 foizdan  67,1 foizga ko`tarildi.

61 ta mahalla ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlandi. (misol uchun Xo`jayli tumanidagi “Samanko`l”, “Mustaqillik”, “Kulyab” mahallalari, Chimboy tumanidagi “Kenes”, “Karakul”, “Obod”)

Ikkinchidan, umumiy qiymati 200 milliard so`mlik 25 ta sog`liqni saqlash ob`ektlari yangidan qurildi, 38 tasi rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 21 ta tibbiyot birlashmalari 66 milliard so`mlik tibbiy jihozlar bilan ta`minlandi.

Uchinchidan, 343 milliard so`mlik 13 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlari yangidan qurildi, 155 tasi rekonstruksiya qilindi va ta`mirlandi, 75 ta xususiy sherikchilik asosida hamda 357 ta oilaviy bog`chalar tashkil etilishi hisobiga maktabgacha ta`lim muassasasi bilan qamrab olish darajasi 32,2 foizdan 62,1 foizga ko`tarildi.

To`rtinchidan, 331 milliard so`mlik 16 ta maktab yangidan qurildi va 117 tasi ta`mirlandi. 

Beshinchidan, 197 milliard so`mlik 45 ta madaniyat va sport sohasi ob`ektlarida qurilish-ta`mirlash ishlari bajarildi. 

Oltinchidan, Prezidentimizning alohida e`tibori va tashabbusi bilan Orolbo`yidagi yashash sharoiti og`ir bo`lgan Mo`ynoq tumanida atigi ikki yilda amalga oshirilgan ishlarni keltirib o`tish kifoya. Xususan, tumanda 20 ta ko`p qavatli uy-joylar qurildi, 100 kilometr masofadan ichimlik suv olib kelindi. Ko`plab korxonalar, ijtimoiy ob`ektlar ishga tushirildi.

Yangilarini barpo etish ham davom etmoqda. Shu jumladan, “Mo`ynoq aeroporti” ham yangi loyiha asosida qaytadan qurildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар