Mardikorlikka chiqqan jurnalist yoxud Anora Sodiqova o`z kasbini o`zgartirdi

02.06.2021 07:44

BIRINChI KUN

Har kuni tongda uydan ishga shoshilish boshqa-yu, bugun bozorda menga ish topilarmikan, deya mardikor bozorga yo`l olish boshqa ekan. 

Tongi soat 05:00. Toshkent viloyati, Nazarbek qishlog`iga yo`l olaman. Bugun jurnalist emas, mardikor ayol sifatida uydan chiqdim. Maqsad “Jurnalist kasbini o`zgartiradi” loyihasi asosida bozorlarda mijoz kutib, mehnat qilishga tayyor turgan ishchi ayollarning bir kunini his qilish, mardikor ayol bo`lib o`z boshimdan o`tkazish, ularning dardini, o`y-tashvishlarini bilish. 

Mardikor ayollar haqida ko`p yozamiz, reportajlar tayyorlaymiz, lekin ularga qanchalar og`irligini ular bilan yashab, mehnat qilib his qilish uchun mardikor ayol bo`lib ko`rish kerakdir balki...

Nazarbek qishlog`i poezd yo`li yonginasida har shanba va yakshanba kunlari 30-50 nafar atrofida odam to`planadi. Ularning maqsadi bir shu bugun mardikor bozorga chiqib, tuzukroq mijoz topib, ishlab uyiga pul bilan qaytish. Bu erda ko`pincha dala ishlariga chiquvchilar yig`iladi. Tadbirkorlar dala ishlari uchun asosan ayollarni yollaydilar. Mavsumga qarab mehnatga yollanuvchilar ishlari turlicha bo`lishi mumkin. Kartoshka terimi, pamidor, bodring terimi, bahor vaqtlarida yagana qilish, chekanka va boshqalar… 

Erkaklarni odatda og`ir ishlar kutadi, yuk ortish, tashish, ustachilik, suvoqchilik kabi. Er chopishga ham ko`pincha ayollar yollanaveradi. Mardikor bozorida ayollar er chopishni og`ir ish deb qaramaydi. Bir sotix joyni 50 ming so`mdan chopib beruvchilar ham topiladi. Rossiyaga yo`l yopiqligi tufaylimi yoki qizhin ish mavsumi bo`lgani uchunmi bozorda odam ko`p. 

...Asta-sekin ayollar bilan tanishaman. Turli shevada so`zlayotgan, turli yoshdagi ayollar. Ularga boqib turib, turmush pul topish mashaqqati nafosat egalariga o`zini unutishgacha olib borgandek ko`rinadi. Jurnalistlar gender tengligi haqida jar solayotganda mardikor bozor ayollari bir kunlik osh-ovqatga, ijaraga pul topish uchun oftob tig`ida er chopishgada tayyor. Ishga chiqqanimni tushuntiraman ularga. Yangi kelgan, ko`rinishidan qo`lidan hechvaqo kelmaydigan “mardikor jurnalist”ni, ularning nazdidagi yangi ishga kelgan hamkasb bilan tanish uchun yonimag kelishdi. Qanday ish qila olishimni surishtirib ketdi. Gapimiz uzoqqa cho`zilmasdan birinchi mijozlar ham ko`rindi. Issiqxonaga pomidor terishga ayollar kerak ekan. Mardikor ayollar birdaniga “Damas” avtomobili oynasiga yopiriladilar. Men nima qilishimni bilmay dovdirayman. Yonimda achinish bilan menga qarab turgan turgan ayolning aytishicha, pomidor, bodring terimi u qadar og`ir ish emas, dalaga nisbatan engilroq. Mening bu holatimda uncha muncha ish topolmasligiga ko`zi etib, achingan bugungi hamkasblarim, bu safar engilroq ish menga ham topilganini aytib, o`zlari bilan olib ketishga qaror qildi. Bozordagi sargushutim shu bilan tezda bitdi. Men bu joyda yana ancha vaqt qolib ko`p tafsilotlarni ko`rmoqchi edim, afsus… 

4 nafar ayol “Damas”ga o`tirib issiqxonaga yo`l oldik. Quyosh ayamay qizdiryapti, keng dala, qator issiqxonalar. Hali shaharda tongi yumushlar boshlanmasdan, bu erlarda ish qizg`in pallaga kirgan. Men esa oldimda qanday sarguzashtlar kutayotgani haqida hayol suraman. Mehnatda toblangan, umrini, hayotini kun ko`rish, bir kunlik tirikchilik ilinjida o`tkazayotgan ayollar turmush tarzi men o`ylaganimdan ko`ra og`irroq ekanini his qila boshlayman. 

Issiqxona ichi dim, havo etishmaydi, nafas olishga qiynalayapman. Qo`l oyoqlarim bo`ysinmayotgandek, go`yo. Atrofdagilarga o`zimning nochor his qilayotganimni sezdirmaslikka urinaman. Qattiq chanqaganimga qaramay sirlari ko`chgan oq chovgumga damlangan qora choydan icholmasligimni bilaman. Haligacha ish boshlaganim yo`q. Yuzlarimni ro`mol bilan berkitaman, oftobda qorayib ketishim turgan gap. Kunda parvarishlanadigan bu barmoqlarim, qora mehnatga yararmikan, o`ylanaman. O`zimdan uyalaman. Ayollar chaqqon-chaqqon ishga kirishadi. Men ham qatordan qolmaslikka urinaman. Terishni boshlaboq sherigimni gapga tutaman. “Nima uchun mardikorlik qilasiz?” bema`ni va tuturiqsiz savolim unga yoqmaydi. Gapni burib boshqa mendan uzoqroqdagi narigi jo`yakka ketdi.  

Yigitlar yog`och qutilarga gazetalarni joylab beradi. Issiqxonaga bizni ishga olib kelgan erkakning aytishicha, yog`och qutilarga o`zimizning o`zbek gazetalarini joylashadi. Sababi, mahsulot Rossiyaga etib borgach, aynan gazetalar orqali mijozlar O`zbekiston qishloq xo`jalik mahsulotlarini tanib olishar ekan. Uning aytishicha, bizning mahsulot ularga yoqadi. Qizil sarlavhalar bilan to`ldirilgan davlat nashri muqovasidan kulib qarab turgan vazir suratining ustiga pomidorlarni taxlay boshlayman. Bu xuddi mardikor ayollarning qiyin turmush tarziga sabab bo`lgan hukumat vakillarining ustidan o`ziga xos tarzda kulishga o`xshaydi. Mening nazarimda yuqorida vazirlar islohotlar haqida gapiradi, islohotlar shamolidan bebahra qolayotgan mardikor ayollar ularning gazetalarda tirjayib tushgan suratlari ustiga pomidor bodring qadoqlaydilar. Go`yoki siz olib borayotgan islohotlar “yuzi” shu deyayotgandek. Ularning islohotidan va olib borayotgan izchil siyosatidan chetda qolgan ayollar bilan bugun birgaman. Ular bugungi o`zgarishlardan xursand. Ular ham xuddi shu vazirlardek kulishadi. Ammo bu ayollarning kulgularida dard, jilmayishiga yangi va yaxshi kunlarga umid izlayotgandek tuyaladi menga.

Ular bilan tezda chiqishib ketdim. “Faqat biz tarafda ish yo`q-da”, deb qo`yadi denovlik ayol. Gurung berib ishlashda davom etamiz. Ayollar menga nisbatan chaqqonroq harakat qilib, qutilarni tez-tez to`latib yo`lida davom etadilar. Qiynalayotganimni ko`rib, ba`zilari menga achinadi. Axir qo`llari tuproq ko`rmagan, nozikoyimning sustlashgan harakatida, bunday mehnat bilan kun ko`rish qiyinligini ular tushunadi. 

“20 yildan beri mardkorlik qilaman. Tirikchilikning aybi yo`q. Halol mehnat qilayapman oilaviy mardikorlikka chiqamiz. O`qish yo`q vaqtlari qishloqdan farzandlarim ham kelib qarashadi. Bir o`g`il uch qizim bor.

O`g`limni shu mardikorchilik bilan universitetda o`qitdim. U hozir Denovda o`qituvchi. Endi qizim ham o`qituvchilikka o`qiyman, deyapti. Uni ham o`qitaman. Bizga o`xshab mardikorchilik qilmasin, deymanda”.

Mehnat qilishdan ko`ra, menga ko`proq ayollarning suhbati qiziq. Ish emas, gap bilish mahoratimni ishga solib, yana bir ayolni suhbatga chorlayman. Qadoqlashga 10 yildan beri chiqishini aytadi. O`qishga sharoit bo`lmagan. Umuman olganda sharoitdan kelib chiqqan holda o`qish va yaxshi ish, lavozim haqida orzu ham qilmaganini gapiradi. “Quyi Chirchiqdan "Damas"da ko`pchilik ayollar bilan birga kelamiz. Bizning ish tayin faqat pomidor, bodring qadoqlashga va kartoshka terishga chiqamiz”, deydi u. “Qizlik vaqtimdan beri issiqxonalarga ishga chiqqanman. Hozir ikki farzandim bor. Hamon shu ishdaman. Menga shu ish ma`qul. Mehnatdan qochmayman”, deydi ayol kulib.

Uning aytishicha, “Damas”da issiqxonalarga qatnab qadoqlash bilan shug`ullanish nisbatan daromadli va engilroq ish. Omadi chopib shu ishga tanish orqali yollanib, doimiy ishchiga aylangan. Yana bir ayol doimiy shu ishga yollanib ishlashi bilan maqtanib shunday deydi: “Vaqtida qaynona kelin gektar dalani 450 ming so`mga chopib yurgan vaqtlarimiz bo`lgan. Issiqxonada sabzovot qadoqlash eng yaxshi ishlardan”. Ayollarni o`z ishidan roziligi, bundan ortig`ini orzu ham qilmagani meni hayratlantiradi. 

Yana bir ayol turmush o`rtog`i davlat ishida ishlashini aytib maqtanadi. Davlat ishi yaxshikuya, ro`zg`orga etmaydi, deydi u. Shuning uchun vaqti vaqtida issiqxonaga qadoqlashga chiqib turishini aytadi. Suhbatdoshlarim Surxondaryodan mardikorlikka nisbatan ko`proq ayollar chiqishini, ular boshqalarga nisbatan ancha og`ir ishlarga ham chidamliligini aytishadi. Ayollarni gapga solayotganim esa issiqxona egasiga yoqmaydi. Nimadirlar deb to`ng`illaydi. Biz gap sotishimiz emas, tez tez ishlashimiz kerak.

Tushlik vaqti ovqatlandik. Qornim judayam ochgandi. Men charchagandim, tanam o`zimga bo`ysinmagandek harakatlanmoqda. Qolgan vaqtini qanday o`tkazaman, hayolimda shu fikr. Gapirishgada majolim qolmadi. Sovet davrini eslatuvchi idish va alyumin qoshiqda bir ikki qoshiq ovqatdan eyishga urindim. Kech bo`lishini  intizorlik bilan kuta boshladim. qani tezroq kech bo`lsayu, uyga ketsam. Soat olti bo`lishi bilan ish to`xtadi. Erkaklar ishlashda davom etardi. Biz yana o`sha “Damas”ga o`tirib mardikor bozoriga qaytdik. Bu charchoq va mehnatimga yarasha 100 ming so`m oldim. Qaytishda, sherigim “Juda sekin ishlar ekansiz, bora bora tezlashib ketasiz”, dedi.

Chetroqda turgan mashinamga zo`rg`a etib oldimda. Yana yangi ishimni ertaga davom ettirishimni rejalab, uyga qaytdim. Reportajim mukammal bo`lishi uchun mardikor bozoridagi tafsilotlar kam edi. Uyga qaytar ekanman, Ertaga boshqa bir hududda ertangi kunim qanday o`tishini men qaydam ham bilibman.

(Davomi bor… Saytimizni kuzatishda davom eting.)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
65
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.10.2022 21:44
ajoyib maqola. Ammo xatolari judayam ko'p
05.01.2022 11:40
Аслидаку вазирлар кўп нарсани билишмайди, мен бор-йўғи бир-иккитасини биламан холос, энг қуйи бўғиндан кўтарилиб чиққан. Қолганлари Тошкентда ўқиб, битиргач шу вазирликка ишга киргану шу билан вазир ёки ўринбосар лавозимида. Яна айримлари "биз ҳам қишлоқдан чиққанмиз!" деб мақтаниб қўйишади. Агарда шулардан бири бизни қишлоққа келса аниқ билан бирорта одамни шароитини яхши қилиб беролмайди. Кўпсилиги куни ўтса ёки бирор қарор лойиҳасини тайёрлаб тасдиққа киритса бўлди, уни қуйи бўғинда ишлаши ё ишламаслиги билан қизиқиб ҳам кўрмайди. Маҳалла раислари омон бўлсин. 100 фоиз бўлмасада ўз салоҳиятидан келиб-чиқиб 5-10 фоиз фуқароларига ёрдам қилиб турипти. Анора опа сиз ҳалиям ўзларидан билиб меҳнат қиладиган аёлларни бир кунини гувоҳи бўлдингиз. Ишламай идорама-идора югурадигани қанча.
02.01.2022 21:07
Койил Анорахон.Сог булинг.
15.11.2021 12:14
ОЙЛИКЛАРНИ ОШИРИШ КЕРАК. КУШНИ МАМЛАКАТЛАРДА АЭРОПОРТ МАКТАБ КУРГАНДАН КУРА ДЕБ ХИСОБЛАЙМАН ШАХСАН МЕН.
11.06.2021 13:26
Rahmat opa.Ayollarni bir kunlik mardikorlikka chiqib qanday qiynalib pul topishini tushunganingiz uchun.Pul topaman deb kechgacha yurgani uchun farzandlari qarovsiz qolib xohlagan ishini qilyapti.Aslida ayollar uyda oʻtirib farzand tarbiyasi bilan shugʻullanishi,turmush oʻrtogʻini oʻzga ayollar bilan yurib ketmasligi uchun ayollik nazokatini,nafosatini saqlab qolishi kerak emasmi?Buning uchun erkaklarga maoshi yaxshi ishlar berilishi kerak.Buni har tomonlama oʻylab koʻrish kerak... .Bu qachon amalga osharkan bilmadim
11.06.2021 13:25
Rahmat opa.Ayollarni bir kunlik mardikorlikka chiqib qanday qiynalib pul topishini tushunganingiz uchun.Pul topaman deb kechgacha yurgani uchun farzandlari qarovsiz qolib xohlagan ishini qilyapti.Aslida ayollar uyda oʻtirib farzand tarbiyasi bilan shugʻullanishi,turmush oʻrtogʻini oʻzga ayollar bilan yurib ketmasligi uchun ayollik nazokatini,nafosatini saqlab qolishi kerak emasmi?Buning uchun erkaklarga maoshi yaxshi ishlar berilishi kerak.Buni har tomonlama oʻylab koʻrish kerak... .Bu qachon amalga osharkan bilmadim
11.06.2021 01:15
Anora opa o'zbek jurnalistikasidagi kamyob qo'llaniladigan usuldan ajoyib tarzda foydalanibsiz. Rahmat zo'r material uchun!
10.06.2021 04:24
siz bir kunda bazo'r chidadiz ular che yillar davomida qora mehnat xattaoki ayolik nazokatini ham esdan chiqarishgam
08.06.2021 12:56
Ajoyib, yana ayollarni qo‘llab quvatlaydigan yaxshi maqolalarni kutib qolamiz
07.06.2021 12:13
100 яхшику биз томонда 60 минг
07.06.2021 02:34
O'zbek ayollarining ko'pchiligi shunday yumushlar bilan ro'zg'or tebratmoqda
07.06.2021 02:33
O'zbek ayollarining ko'pchiligi shunday yumushlar bilan ro'zg'or tebratmoqda
07.06.2021 02:13
Сизга Рахмат оддий халк орасига кириб хаети билан якиндан танишганиз учун.Бу хам бир жасорат.
06.06.2021 21:46
Kuniga 100ming soʻm, zoʻr mani universitetda sirtdan oʻqiyotgan oʻgʻlim shu issiqda gʻisht zavodda 45000 soʻmga ishlab kelyapti,bolamga rahmim keladi,lekin bitta mani oʻqituvchi maoshim kontrakt, roʻzgʻor deganlarida sal kamroq mikin
05.06.2021 14:49
Qoyil Anora, ba'zi joylarida yig'lagisi keldi odamni
04.06.2021 12:52
Afsus jamiyatimiz wunday tepadagilar buni o’qib o’qimaslikka oliwadi afsus
04.06.2021 11:02
Жудаям чироили креатив булибди макола!!! Узбек тилидаги халк сузи газетаси устига терилган помидорлар... Хакикий халкнинг ахволи Хар куни куриб Курмаганга оладиган хакикатни курсатибсиз!
04.06.2021 11:02
Жудаям чироили креатив булибди макола!!! Узбек тилидаги халк сузи газетаси устига терилган помидорлар... Хакикий халкнинг ахволи Хар куни куриб Курмаганга оладиган хакикатни курсатибсиз!
04.06.2021 06:55
Rahmat
04.06.2021 05:59
.
04.06.2021 05:59
.
04.06.2021 05:58
Эх эссиз... бу бой давлатнинг ночор аёллари... оксуяк амалдорлари ва монополлари узлари учун карорлар чикариб бойиётган, уларнинг хотинлари ва болалари машинасини инстаграмда куз-куз килаётган, кора халкнинг эркаклари чет элда кора ишчи, аёллари эса нон топиш илинжида иш излаб кун кураётган, бу бечораларнинг болалари эса буюк келажак хакидаги уйдирмаларга ишониб узи билмаган холда узини Россияга арзон ишчи килиб тайёрлаётган хеч ким укимайдиган газеталардаги "буюк халк"миз.
04.06.2021 05:58
Эх эссиз... бу бой давлатнинг ночор аёллари... оксуяк амалдорлари ва монополлари узлари учун карорлар чикариб бойиётган, уларнинг хотинлари ва болалари машинасини инстаграмда куз-куз килаётган, кора халкнинг эркаклари чет элда кора ишчи, аёллари эса нон топиш илинжида иш излаб кун кураётган, бу бечораларнинг болалари эса буюк келажак хакидаги уйдирмаларга ишониб узи билмаган холда узини Россияга арзон ишчи килиб тайёрлаётган хеч ким укимайдиган газеталардаги "буюк халк"миз.
04.06.2021 05:55
Matonatingizga qoyil. Mazza qilib o'qidim. davomini intizorlik bilan kutaman
04.06.2021 05:50
Молодец Анора! Сизга таъзим
03.06.2021 20:07
Ислоҳот деб мақтанмиз-у бу материал ислоҳотга яққол баҳо беради
03.06.2021 20:05
тан олинмаган ҳақиқат
03.06.2021 19:31
Ассалому алайкум Давомини кутамиз
03.06.2021 02:18
Yaxshimisiz qaniydi boshqalar xam siz kabi boshqalani dardi bilan yashasa ... Xozirgi paytda .
03.06.2021 01:23
ASSALOMU ALAYKUM. Postni o'qib, bir narsaga ajablandim, sababi ziyoli insonlar ham faqat kun ko'rish uchun emas orzu havas uchun ishlashadimi degan savol aylanayapti miyamda.
03.06.2021 01:18
Давомини ёздизмии . Баракаллаа рахмат шу аёллар номидан
03.06.2021 00:03
Qoyil shu jurnalist qizga! Anoraxon ishlarizga omad hech ham og'riqli mavzularni olib chiqishdan charchamang!
02.06.2021 20:59
Эх шу нарсаларни тепада кандиор хоналада утирганла кайдан билсин
02.06.2021 20:59
Эх шу нарсаларни тепада кандиор хоналада утирганла кайдан билсин
02.06.2021 20:59
Эх шу нарсаларни тепада кандиор хоналада утирганла кайдан билсин
02.06.2021 20:47
Улар билан квартирасига ҳам боринг энди кўпроқ малумотлар ўша ёқда
02.06.2021 20:44
Sizni kuzatishda davom etamiz, to'g'ri yo'ldasiz,inson qiynalgan insonlarni ko'rganda faqat bir gapni aytishi kerak:"Uning o'rnida men bo'lishim ham mumkin edi"
02.06.2021 20:42
Xalq dardini,hayotini,orzu-armonlaruni bilmagan,tushunmagan odam rahbar bo'lishga noloyiq.
02.06.2021 17:07
Сабр токат,ишларингизда ривож.хакикат хамиша шиорингиз булсин, омад.