Behudaga oqqan suvning haqqini kim to`laydi?

28.05.2021 17:38

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Naqqoshlik ko`chasida er tagidagi quvurlardan sizib chiqqan suv behudaga oqib yotibdi. 

Faqat bu joyda emas bir necha o`nlab holatlarda ichimlik suv quvurining nosozligi tufayli qanchadan-qancha  suv behudaga oqib yotadi. 

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida mutasadilar aholiga berilayotgan suvning turli sabablarga ko`ra qanchasi yuqotilishi bo`yicha ma`lumot berdi. 

Ma`lumotlarga  ko`ra, bugun respublikamizda 65 ming kilometr umumiy ichimlik suvi tarmoqlari mavjud. Shundan 30 foizidan ortig`i 60  yil oldin o`rnatilgan quvurlar bo`lib, ayni damda esa ular  yaroqsiz ahvolda. Toshkent shahridagi 3700 kilometr ichimlik suvi quvuridan  414 kilometrini almashtirish kerak.

Nosoz tarmoqlardan er ustiga qalqib chiqayotgan suvlarni taxminiy hisoblash mumkindir, ammo er ostiga behuda ketayotgan suvlarni hisoblashning imkoni yo`q. 

Bugun respublika bo`yicha aholining ichimlik suvidan  qarzdorligi 674,1 milliard so`m, Toshkent  shahri aholisining  qarzdorligi esa 100 milliard so`mni tashkil etadi. Agar behudaga oqqan  suvni hisoblasak Toshkent shahar aholisining qarzdorligidan ham ko`p mablag`  bo`lishi hech  gap emas. 

Matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarning  boshqa qiziqtirgan savollariga ham javob berishdi.

Ruxsora G`ofurova,

Sirojiddin Xoshimjonov (video)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар