Xol va so`gallarni uzish mumkinmi?

04.12.2020 12:04

Xol (tibbiy tilda-nevus deyiladi) hujayralar yig`ilmasi (melanosit)ning “melanin” pigmenti bilan kelishiga aytiladi. U aksariyat ayollarga noqulayliklar keltiradi. Kimdir uni xunuk sanasa, kimdir xalaqit bergani uchun ham uni o`z qo`li bilan olib tashlashsa harakat qiladi. Bu esa juda xavflidir!

Agar hujayralar yaxshi sifatli bo`lsa, bu xol, yomon sifatli bo`lsa, gap melanoma haqida bormoqda. Melanoma-juda tajovuzkor saraton shishishi bo`lib, u o`z holicha metastazalar generatori sanaladi. Chunki uning hujayralari yashin tezligida qon tomirlari bo`ylab harakatlanish xususiyatiga ega. U hosil bo`lgan eridan qat`iy nazar inson tanasining istagan a`zosiga metastaza berishi mumkin. Har qanday hol yoki pegment dog`i-bu terining nozik joyidir. 80 foiz hollarda melanoma yashirinib olish uchun hollardan foydalanadi.

Birinchi navbatda shuni unutmangki, yaxshi sifatli hosilalarga tegish mumkinmas. Uni bilmay tirnab yuborsangiz ham albatta shifokorga ko`rining! Ularni zararlab qo`yib, yomon sifatli o`sma paydo bo`lishiga turtki berish mumkin. Agar uni yo`qotishga qaror qilgan bo`lsangiz, albatta mutaxassis (onkodermatolog) maslahatiga amal qiling.

Shifokor xol to`qimasini gistologiyaga yuboradi. U sizning xolingiz turini u papilloma, hol yoki boshqa nimaligini aniqlaydi. Xollaringiz doimo nazoratingizda bo`lishi darkor: xollar soni, rangi, tashqi shakli o`zgarmaganligiga amin bo`ling.

Xol qachon olib tashlanadi?

Onkologik kasallikka gumon qilinganda, u tezda olib tashlanishi kerak. Shuni unutmangki, yaxshi sifatli xollar ham o`sa boshlasa, o`z shaklini o`zgartirsa, rangi, hajmi kattalashganda olib tashlash maqsadga muvofiqdir.

Funksional ko`rsatmalar. Agar xol, so`gal yoki papilloma kiyim kiyishga, taqinchoq taqishga, yurishga, harakatlanishga xalaqit bersa uni olib tashlagan ma`qul. Chunki u birinchidan noqulaylik keltirsa, ikkinchidan jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Xol va shunga o`xshash o`smalar qancha ko`p jarohat olsa, ularning yomon sifatli shishga aylanib ketish xavfi shuncha kattalashadi.

Estetik ko`rsatmalar. Agar xollar kishi tashqi qiyofasiga salbiy ta`sir ko`rsatsa, kishi doim o`zini noqulay his qilib, doim asabiy yursa, bunday hollar ham olib tashlangani ma`qul.

Ushbu belgilar xavfli bo`lib, u mutaxassis ko`rigini talab etadi. Agar nevus juda katta bo`lsa, u bir necha urinishda olib tashlanadi.

XOLLAR QANDAY USULLAR BILAN OLIB TAShLANADI?

buning uchun kuydirish, lazer, surjitron usullari qo`llaniladi. Jarohat joyi u qadar katta bo`lmay, u tez tuzaladi.

Agar xol qattiq va katta (7 mmdan katta) bo`lsa, u skalpel bilan olib tashlanadi.

Agar bunday xol kuydirilsa, tuzalish uzoq bo`lib, jarohat joyida chandiq qolishi so`gallar teri kasalligi sanalib, unda mayda hosilalar paydo bo`ladi. U 1-2 mmdan 1 smgacha bo`lishi mumkin.

SO`GAL NEGA PAYDO BO`LADI?

So`gal virus bo`lib, papilloma-virus bemor odam bilan bevosita kontaktdan so`ng yoki umumiy foydalanilgan buyum orqali o`tadi. Inkubasion palla bir necha oyni tashkil etadi. U immunitet susayganda yana paydo bo`lishi mumkin. So`galning bir necha turi mavjud: uni ko`pincha terining boshqa toshmalari bilan adashtirib yuborishadi. Muhimi esa so`galni teri saraton shishi bilan adashtirib yubormaslik.

So`gallarni xalq tabobati usullari bilan ketkazish doim ham etarli samara bermaydi. Immuniteti yaxshi bo`lgan odamlarda u o`z-o`zidan tushib ham ketishi mumkin, lekin bu jarayon uzoqqa cho`zilishi (2va undan ko`proq yillarga) mumkin. Yoki uy sharoitida keratolitik plastirlardan foydalanish ham mumkin. U bevosita so`gal ustiga yopishtiriladi. So`gallar quyidagi hollarda olib tashlanadi:

agar so`gal sizga xalaqit berib (masalan, tovondagi so`gallar), siz o`zingizni yomon

his qilsangiz;

u og`rib, qonasa, shakli yoki rangini o`zgartirsa;

so`gal kattalashib ketsa;

ular soni ko`payib ketganda;

u ko`rinadigan joyda bo`lib, tashqaridan xunuk ko`rinsa.

So`galni olib tashlash usullari:

Elektrokoagulyasiya dermatologik koagulyatorda o`tkazilib, unda yuqori chastotali tok qo`llaniladi. U to`qimalarda harorat ko`tarilishiga sabab bo`lib, virus halok bo`lishiga olib keladi.

Krioterapiya. So`gallar suyuq azot yordamida olib tashlanadi. Biroq hech bir muolaja 100 foizlik garantiya berolmaydi. Chunki virusning faqatgina yuza qismi olib tashlanadi, uning ildizi teri epidermisining chuqur qatlamlarida saqlanib qoladi. Virus faol holatga o`tishi bilan unda yana so`gallar paydo bo`laveradi.

Agar so`gallar juda ko`payib, ularni biron bir muolaja yordamida ketkazib bo`lmasa, immunologga murojaat etganingiz ma`qul.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
31
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.10.2022 17:22
Xol kmlarda bolmaydi
13.03.2022 15:22
Qizil xollar va mayda sugallar chiqayabdi bu nimani belgisi yoki kasallikmi
07.03.2022 02:37
Salom menda xolni yallig'lanishi buldi og'riq yuq lekin qon tuplangandek bulgan nima maslahat berasz
03.03.2022 04:45
Men ham xol oldirmoqchiman,qanday boglansam buladi
30.01.2022 15:15
Ikki yuzumda bir xil xol bor ,uyalaman oldirsam boʻladimi
27.12.2021 18:07
Peshonani ōrtasida xol bor noqulaylik tug'diryapti qanda yuq qilsa buladi
22.12.2021 21:39
Мени кошимни тепасда хол бор усма хол огрик беряпди бошм тинмсз огрияпди
13.08.2021 10:57
Mana bugun xudo xoxlasa olib tashlanadi iloxim ëmon bõlmasin ollox shifo berishini sõrayman.
13.08.2021 10:54
Assalomu alaykum menda boshimni orka kismida ēshligimdan bitta katta xol bor edi tõsatdan kattik oğrik paydo buldi doktorga bordim va olib tashlashini aytdi bu ëmon emasmi