Oddiy ko`kat turlaridan biri bo`lgan dengiz o`tini turli targ`ibot va uydirmalar orqali sodda odamlarga qimmat narxga pullayotganlarni qanday atash mumkin?
Davlat teleradiokanallarida deyarli har soatda noyob mahsulot sifatida targ`ib qilinayotgan “Lamifaren” aslida oddiy Laminariya yoki xalq orasidagi “Dengiz karami” nomi bilan ataladigan ko`kat turlaridan biridir.
Asli narxi Rossiya dorixonalarida 107 rubldan 243 rublgacha, ya`ni so`m bilan hisoblansa, 26 ming so`mdan 35 ming so`mgacha sotiladi. O`zbekistonda esa ayni paytda bu mahsulot noyob biologik ozuqa sifatida, turli uydirma va tashviqotlar orqali 350 mingdan sotilmoqda.
Koreya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston kabi ko`pgina dengiz bo`yida joylashgan davlatlarda bu o`simlik har bir bozorda va oziq-ovqat do`konlarida juda arzon narxda sotiladi va hech qanday noyob hisoblanmaydi. Xuddi yurtimizda o`zimiz kunda iste`mol qilinadigan ko`katlar kabi.
O`zbekistonda "Organic Life Uzbekistan" nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniya ushbu mahsulotni ayni paytda 38 mingdan ortiq mijozlarga turli usullar orqali 6 oyda 10 qutiga yaqin iste`mol qilish kerakligini aytishadi.
Mazkur kompaniya call-markazida 100 dan ortiq xodim mijozlar topadi va ularni mahsulotni sotadi. Agar 38 ming mijoz shu vaqt davomida 3,5 millon so`mdan to`lasa qancha mablag` bo`lishini tasavvur qilavering.
Biroq, hatto hassada odamlarni yugurtirib yuborar darajada qudratga ega noyob mahsulot sifatida targ`ib qilish, sodda odamlarning ishonchiga kirish qanchalik to`g`ri?
Xulosa o`zingizdan...