MUTAXASSIS: Yog` narxi pasaydi, ammo yana ko`tarilishi mumkin...

15.05.2021 20:59

Rossiya hukumati joriy yilning 1 sentyabridan boshlab yog` mahsulotlari xomashyosini, kungaboqar va soya urug`lariga cheklov qo`yamoqda. Bu degani kelajakda yana yog`ning narxi oshishi mumkinligini anglatadi.

Ma`lumki, O`zbekistonda iste`moldagi o`simlik yog`i narxi keskin ko`tarilib ketgani uchun yog` narxi arzonlashuvi yo`lida katta qadam tashlandi. O`simlik yog`i importiga QQS bekor qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti «Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashga doir choralar to`g`risida"gi hujjatni imzoladi. Mazkur hujjatga ko`ra: 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar tayyor o`simlik yog`i, kungaboqar va zig`ir urug`i hamda soya doni importi, shuningdek, o`simlik yog`i ishlab chiqarish va sotish qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinmoqda; 

kungaboqar va paxta urug`lari, kungaboqar yog`i va paxta yog`i mahsulotlariga nisbatan eksport boji joriy etilmoqda. 

Shu bilan ayni damda bozorlarimizda o`simlik va paxta yog`i narxi barqarorlashmoqda. 

Biroq, mutaxassis kuzatuvchilar mamlakatimizga import qilinayotgan, ya`ni Rossiya hukumati joriy yilning 1 sentyabridan boshlab yog` mahsulotlari xomashyosini, kungaboqar va soya urug`lariga cheklov qo`yayotganini aytmoqda. Bu degani kelajakda yana O`zbekistonda yog`ning narxi oshishi mumkinligini anglatadi.

Xo`sh, bu mahsulotning narxini barqaror ushlab turish uchun    qo`shimcha qiymat solig`idan ozod qilishdan tashqari yana nima  qanday ishlarni amalga oshirish kerak?

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi raisi o`rinbosari Inomjon Tog`aev bu borada shunday deydi:

“Bugungi kunda bozorlarimizda tadbirkorlar tomonidan avval olib kelingan yog` mahsulotlarini sotmoqda, chunki 1 may holatidan keyin olib kelingan mahsulotlar hali bozorga kirib kelmagan. 

Bugungi kunda yog` narxini doimo barqaror ushlab turish, hozir biz qo`shimcha qiymat solig`idan ozod qilganimiz bilan bu uzoqqa cho`zilmaydi. Biz mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tezroq xom ashyo bilan ta`minlash choralarini ko`rishimiz kerak”. 

Ma`lumotlarga ko`ra, o`zimizning mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko`pi bilan 300 ming tonna o`simlik yog`i ishlab chiqaradi, aholining talabi esa 400 ming tonna. Bundan tashqari, tarkibiga o`simlik yog`i solinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, oshxona va restoranlarning ham talabi bor — taxminan 250 ming tonna.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar jami 650-700 ming tonnalik talabning, eng ko`pi bilan, xomashyo etarli bo`lsa, 300 ming tonnasini qoplay oladi, xolos. Shu bois muommoning asl echimi ham  bugun mahaliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash  va ularga etarli shart sharoitlar etkazib berish bilan bevosita bog`liq.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар