IIBning qo`rqinchli xodimlari — zo`ravonlik, shantaj va qo`rqitish bilan shug`ullandi

08.05.2021 12:39

Aybi yo`q odamlarni aybdor qilish, qotilliklarni bo`yniga ilish bilan qo`rqitish, kaltaklash va zug`um o`tkazish...

Ma`lumki, ichki ishlar organlari fuqarolarning tinchlik-osoyishtaligini saqlovchi, huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi idora sanaladi.

Ammo kundalik hayotimizda tizimning ayrim xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yoki qaysidir shaxsning huquqini poymol qiluvchi xatti-harakatlarga ham duch kelib qolyapmizki, bu aksariyat qonun himoyachilarining yuqorida tilga olingan sharafli va mas`uliyatli ishlariga soya tashlamoqda.

Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakillari Jamoliddin To`raev va Xolmurod Egamberdievlar ana shunday o`zini xon, ko`lankasini maydon sanagan xodimlardan bo`lib chiqishdi.

Gap shundaki, boshqarma topshirig`i bilan Pop tumaniga kelgan ikkala tezkor vakil tumanning A.Navoiy mahallasi hududidagi «Lazzat» kafesidan “Fast-food" eguligini sotib olishadi. Biroq kafeda bo`sh o`rindiqlar bo`lmagani uchun qo`shni “Ifora” nomli muzqaymoq shoxobchasiga kirib tamaddi qilishadi. So`ngra “Fast-food«ning chiqindisini shoxobcha hududiga tashlashadi. Bu mahal esa “Ifora” sotuvchisi Doniyor G`oipov tozalov ishlarini amalga oshirayotgan edi.

Sotuvchi yigit ham iltimos, ham tanbeh ma`nosida ularga «Akalar, chiqindisini bu erga tashlamang. Ko`ryapsizlar, hamma yoqni tozalayapman», deydi. Ammo D.G`oipov niqobini echib qo`ygan holda ishlayotgandi. Mazkur holat esa IIB xodimlariga juda qo`l keladi.

X.Egamberdiev uyali telefonida Doniyorni suratga oladi. O`z navbatida xodimlar ham niqobsiz holatda bo`lib, karantin qoidalariga amal qilishmagandi.

Shu bois mezbon yigit ham ularni mobil telefoni orqali suratga tushiradi. Pirovardida D.G`oipov hamda xodimlar o`rtasida og`zaki tortishuv yuz beradi. Qolaversa, Xolmurod Doniyorning uyali telefonini olib qo`yadi.
So`ng Jamoliddin ikkalasi uning qo`llarni qayirib, tuman ichki ishlar bo`limiga olib ketishadi.

IIB binosiga olib kirgach esa D.G`oipovning qorin va yuz qismiga urishadi. Keyin boyaqish yigitni 3-qavatga olib chiqishadi. Natijada yuqori qavatdagi xonada X.Egamberdiev qo`llari bilan uning qorin, bosh va peshona sohalariga zarba beradi. J.To`raev esa ikki-uchta ish jurnallarini birlashtirib, “Ifora” xizmatchisining peshonasiga ura boshlaydi. Bu ham etmagandek, erga o`tirgan holda oyoqlarini cho`zib, qo`llarini boshining orqasiga qo`yishni buyuradi. Binobarin, Doniyor ketma-ket berilgan kaltak va zarbalar og`rig`iga chidolmay qoladi. Iltimos, kechirim so`rashga tushadi.


Lekin oddiy fuqaroning e`tirozini qabul qilishni o`rganmagan xodimlarga iltimosu yalinishlar kor qilmasdi o`sha damda. Aksincha, shundan keyin Jamoliddin va Xolmurod Doniyorni kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqorat qilishadi. Eng achinarlisi, to`g`ri gapni gapirib baloga qolgan yigitni «Hali sen shoshmay tur, «G`urumsaroy»da yuz bergan qotillikni bo`yningga ilib qo`yamiz», deb qo`rqitishadi.

So`ng katta tezkor vakillar hudud profilaktika inspektori Nazirjon Halimjonovni bo`limga chaqirtirib, niqobsiz yurgani uchun D.G`oipovga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirishni buyurishadi. Natijada N.Halimjonov Doniyorni IIBdan olib chiqib, vaqtincha muzqaymoq shoxobchasiga tashlab ketadi.

Albatta, inson boshiga biror-bir tashvish tushsa, birinchi galda yaqinlari, jigarlariga suyanadi. Shu ma`noda aytganda, Doniyor ham darhol akasi Dilmurod G`oipovga qo`ng`iroq qilib, bo`lgan voqeani ipidan-ignasiga so`zlab beradi. Bunday nohaqlikka toqat qilolmagan Dilmurod esa o`sha zahotiyoq Pop tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qiladi. Doniyor tuman prokuraturasi tashqarisida turgan vaqtida bo`lsa, profilaktika inspektori kelib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Ammo Doniyorning ahvoli yomonlashib, tuman markaziy shifoxonasiga tushib qoladi.

Shundan so`ng mazkur holat yuzasida surishtiruv ishlari olib borilib, «qonun himoyachilari»ga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atiladi. Uddaburonlikni qarangki, o`z qilmishining oqibatini yaxshi bilgan aybdorlar surishtiruv-tergov jarayonlarida jabrlanuvchiga moddiy va ma`naviy zarar hisobida 10.000.000 so`m naqd pul berishadi.
Kezi kelganda shuni alohida ta`kidlash lozimki, o`z jinoyati tufayli o`zgalarga zarar etkazgan har qanday shaxs keltirgan zararining o`rnini qoplashi shart. Biroq bu aybdorning jazodan ozod qilmaydi.

Binobarin, ayni ish ham jinoyat ishlari bo`yicha Pop tuman sudida ko`rib chiqildi. Namangan viloyati Pop tumani prokurori Husniddin HAKIMOVning rost24.uz ga ma`lum qilishicha, sud ikkala tezkor vakilni ham Jinoyat kodeksi 206-moddasining 1-qismi, 234-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Natijada ularni 3 (uch) yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.06.2021 21:04
Бу Ифлосларни Камида 5 йилга камаш керак Эди. Адолатсиз Карор кабул килинибди. Агар оддий фукоро ииб ходимини урганда унга Камида 5 йил беришар Эди. Адолат талаб киламиз.
31.05.2021 17:47
Уша ходимларни қамаб юбориш керак эди зора бошқа ходимларга урнак бўлармиди. Бу холатлар республикамизда кам деб ўйлайсизми аксинча булар хозир айтганиздай жарима тўлаб юришади жиноятни ходимларни ўзлари қилишади.
31.05.2021 02:21
Хабар йуллагандик жавоб булмади
31.05.2021 00:30
Қамалиши керак.
30.05.2021 14:48
Bundaylarga o'rin yo'q
12.05.2021 04:22
Факат шу жазоми?Нега ахлок тузатишга эмас.Давлат одами булиб туриб катта хатога йук куйишган бу нотугри жазо.Куриб чикиб инсон хаетига улимга олиб келадиган иш килишганку.
10.05.2021 14:58
Нега қамоқ йуқ уларга оддий халқ сўкинса хам 15 сутка була зўравонлик,фирибгарлик, одам бадани ва соғлиғига зиён етказса хам ишдан 3 йилга четлатиш
09.05.2021 23:51
Ман ҳеч ҳам хайрон қолмадим. Бунақа "ходимлар" ички ишлар органларида таракандай босиб ётибдику. Форма буларга ниқоб. Формани рўкач қилиб дофига ишлар қилишади. Фамилиясини тўғри ёзолмайдиган, битта хатида мингта орфографик хато қиладиган саводсизлар бизни ички ишлар органларида сероб. Шантаж, қўрқитиш, туҳмат қилиш буларни қонига сингиб кетган
09.05.2021 18:09
Бу итдан таркаган моллар билан кандай килиб курашса булади?
09.05.2021 16:06
3 йил кам! Умрбод ички ишларда ишлаёлмайдиган,яна давлат вакили буптуриб шу ишни килгани учун 10 йил камаш керак.Яна жарима хам тулаши керак анови жабрдийдага. Шунда АДОЛАТдан булади !!!