E`tirozlarga e`tiroz: “Mehr” operasiyalari nima uchun kerak?

06.05.2021 02:55

Rost24.uz axborot-tahliliy sayti ko`tarib chiqayotgan mazkur mavzu aslida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar matbuot xizmatlarining vazifasi edi.

BOLALARNING AYBI YO`Q

“Mehr 5” operasiyasi natijasida Suriyadagi harbiy harakatlar hududlarida bo`lgan va qariyb 3 yil davomida Suriya shimoli sharqidagi “Al Hol” qochoqlar lagerida saqlanayotgan o`zbekistonlik 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Vatanimizga qaytarilgani jamoatchilikda katta aks-cado berdi.

Shu tariqa hozirgacha jami 5 ta operasiya chog`ida 550 ga yaqin Suriya, Iroq, Afg`oniston hududlarida murakkab vaziyatda qolgan xotin qizlar va bolalar yurtimizga keltirildi.

So`nggi paytlarda ayrim kishilar tomonidan ushbu amaliyot nisbatan tanqidiy fikrlar ham yangramoqda.

Ammo bu ayollarning aksariyati musulmon odati bo`yicha, o`z turmush o`rtoqlari chaqiruviga ko`ra bilib-bilmay u erga ketishgani, ko`pchiligi hatto qaerga borayotganini bilmasdan adashgani, bolalarning aksariyati esa u paytlarda norasida go`dak bo`lgani yoki jang hududlarida dunyoga kelgan. Shu jihatlarini hisobga olsak davlatimizning insonparvarlik va kechirimlilik kabi oliyjanob siyosatiga yana bir bor guvoh bo`lamiz. Bu muborak Ramazon oyining mehr-oqibat va xayru saxovat kabi ezgu fazilatlariga ham uyg`undir.

Jangarilar lageriga taqdir taqazosi bilan borib qolgan bolalarimiz yoki urushlar o`chog`ida dunyoga kelgan o`zbek farzandlarini do`zax azobiga tashlab qo`yish hech qaysi bir insoniylik tamoyillariga ham to`g`ri kelmaydi.

U erlardagi bolalarning taqdiriga tirik qolish bitilgan bo`lsa, 10 yoshidan boshlab professional jangchi, terrorist qilib tarbiyalanadi. Shunday ekan u yana 10 yildan keyin O`zbekiston fuqarosi nomi bilan tinch yurtlarni vayron qilib o`zbek degan nomga dog` tushirmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

“Mehr” operasiyalarini qoralayotgan har bir vatandoshimiz shu taraflarini ham o`ylab ko`rmog`i lozim.

Bunday xayrli tadbirlar bilan biz hech narsa yutqazmaymiz. Aksincha, davlatimiz qanchalik mehr-sahovatli ekanligini dunyoga namoyon etamiz xolos. Bilib jinoyat yo`liga kirganlarni emas, bilmay qilgan xatolarini kechirish orqali inson qadri va sha`ni yuqori ekanligini dunyoga ko`z-ko`z qilayapmiz.

Biz tinch yurtda tinch yashab bunday ko`rgiliklarning qadriga etmaymiz. Shu bois o`tirganni o`poq, turganni so`poq deb tanqid qilishni qotiramiz.

Birgina “Al Hol” qochoqlar lagerida 12 ming nafardan ortiq xorijliklar bor. Ular Marokash, Somali, Tunis, Turkmaniston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni kabi musulmon davlatlaridan tashqari Rossiya, Ukraina, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Niderlandlar, Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Fransiya kabi Evropa qit`asi davlatlari, AQSh, Braziliya, Kanada kabi Amerika va Afrika qit`asining 50ga yaqin davlatlari vakillari hisoblanadi. Eng yomoni, bularning 9 mingi begunoh bolalardir.

Rossiya, Saudiya Arabistoni, Marokash, Shvesiya, Norvegiya, Niderlandlar, Fransiya va AQSh o`z fuqarolarini allaqachon olib chiqib keta boshlagan.

Misol uchun Rossiya 2017 yildan buyon bu erdan 274 nafar bolalarni qayratib olib keldi. Tojikistonning ham bu erda 500ga yaqin fuqarolari saqlanayotgan bo`lib, o`tgan yilidan buyon 100ga yaqini qaytarilgan. Qozog`iston va Indoneziya o`z fuqarolarini reabilitasiya qilmoqda. 

Albatta, O`zbekiston radikallarning ijtimoiy moslashuvi, ularni erkin jamiyatga ko`niktirish borasida kattagina tajriba orttirdi.

Chetdan olib kelinayotgan bunday vatandoshlarimiz samolyotdan tushira solib, uyiga tarqatib yuborilayotgani ham yo`q. Ularga tibbiy, ruhiy va ma`naviy yordamlar ko`rsatilmoqda, bu erdagi ijtimoiy hayotga moslashuviga imkon yaratilayapti, qarashu mafkurasi ham tosh-tarozuga solib ko`rilmoqda.

Yana bir gap. Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiyada ham davlatlarga har qanday vaziyatda bolalar manfaatlarini eng yaxshi shaklda ta`limlashlari lozimligi haqida majburiyat yuklanadi. “Mehr” operasiyalari orqali O`zbekiston inson huquqlariga doir xalqaro majburiyatlarini hamisha bajarishga sodiqligini ham ko`rsatib kelmoqda.

Sherali OTABOEV,

jurnalist

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
31.05.2021 19:39
тўғри айтяпсиз, айрим ноқобил оталар никоҳидаги хотинини ва фарзандини устидан ҳукмронман деб ўйлайди, ҳолбуки Қурон китобларидаги ҳадисларда оналарга ва фарзандларга сизлаб муносабат билдирилган.Ҳ
31.05.2021 19:39
тўғри жараённи кутаргансиз, айрим ноқобил оталар Ҳурматли Президентимиздан болалар ва оналарни ҳимоя қилишни ўргансинлар.Ман бир жойда эшитиб қолодим,Арабистондан келган ҳамюртларимиз келинни эшикда қилаётган меҳнатини кўриб , чўриларингми деб айтган экан.Лекин бизнинг ота оналаримиз фаҳр билан бу бизнинг келинимиз десалар,Улар аччиқ қилиб ўзларингни келажакларингни шундай кийналтириб дунёга келтирасларми дебди, шундан билингки ота оналаримиз узатаётган жойига ўша ерда тошдек қотиб қол ,чидаб яшайсан деганига аёлларимиз бизни ҳаётимиз шу экан деб ўз ёрларига эргашиб,шунаканги жойларда кун кечирмоқдалар, айблари нима бу аёлларни ва болаларни , бизни авлодларимиз ўз келажагини кўчада колдирмаганлар,ҳолбуки бировлар қолдирган етимларни ҳам олиб кириб боқишган.Аёлларимизни ҳурмат қилинглар уларни сотиб олмагансиз, ўзингиздан наслингизни колдириш учун никох ўқитгансизлар,фаркига боринглар илтимос
31.05.2021 19:29
тўғри айтяпсиз, айрим ноқобил оталар никоҳидаги хотинини ва фарзандини устидан ҳукмронман деб ўйлайди, ҳолбуки Қурон китобларидаги ҳадисларда оналарга ва фарзандларга сизлаб муносабат билдирилган.Ҳ
06.05.2021 18:18
Ўзбекистон тамонидан амалга оширилаётган ,, Меҳр,, тарихий амалиётини минг бора қўллаб қўлтиқлайман. Бундай инсонпарварлик иши аввола ҳар бир ,, ўзбекман,, деган инсон учун қилинмоқда. Чунки тўлақонли миллат ҳеч қачон, ким бўлишидан қаътий назар ўз миллатдошини ташлаб қўймайди. Миллат мана шундай фазилатлари эвазига ривожланади, ҳалқаро майдонда ўз мавқиега эга бўлади. Бағри кенглик бизни миллатимизга хосдир. Бу амалиётни давом этдириш лозим. Агар Ўзбек бўлса жиноятчи бўлса ҳам олиб келиб жазосини бериб, жазони ўзимизда ўтқазсин.
06.05.2021 17:40
Олиб борилаетган Мехр операцияси инсонийликнинг Энг олий куриниши деб хисобланмайман. Бу жараенларда катнашаетган барчага миннатдорчилик билдириб коламан.