Qishlog`idan narini ko`rmagan ayolni Rost24.uz Toshkentga olib keldi

27.04.2021 17:26

Rost24.uz axborot saytida "O`rta asrlar sharoitida, olis bir qishloqda yashayotgan ayol hayotidan lavha" nomli ko`rsatuv tayyorlangan edi.

Mazkur ko`rsatuvda Samarqand viloyati Payariq tumani Nakurt qishlog`ida taqdir zarbalariga dosh berib kelayotgan Lobar Marqaevaning hayoti hikoya qilingan.

Lavhamiz qahramoni Rost24.uz axborot saytining ijodiy jamoasi tomonidan Toshkent shahriga olib kelindi. Kundan-kunga chiroy ochib borayotgan poytaxtimizni tomosha qilgan L.Marqaeva o`zining hayajonlarini yashirmadi. 

Shuningdek, uning kitobga qiziqishini inobatga olgan holda "Yangi asr avlodi" kutubxonasi ham o`z kitoblarini taqdim etdi.

Tez kunda Rost24.uz axborot sayti o`z qishlog`idan narini ko`rmagan ayol bilan Toshkentda o`tkazilgan suhbatni namoyish etadi.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.04.2021 12:54
Браво Рост уз сизга рахматлар булсин
28.04.2021 09:52
Бу хам энди тошкентга кўчиб келади