O`rta asrlar sharoitida yashayotgan, olis bir qishloq ayolining hayotidan lavha

23.04.2021 04:24

Umrida bir bor ham qishlog`idan tashqariga chiqmagan, kiyim do`kon, teatr, kinoga tushmagan, go`zallik salonlariga hech qachon bormagan ayolning orzulari, hayot xaqiqatlarini tinglaganmisiz?
 


Bugun ham O`zbekistonda uyida bironta XXI asrning taraqqiyot unsurlari topilmaydigan xonadonlar borligini bilasizmi? Og`ir, qiyin sharoitda yashasa-da hech qachon turmushidan nolimagan, o`tayotgan kunlariga shukrona aytadigan zamondoshlar borligidan xabardormisiz? 

Rost24.uz axborot sayti Samarqandning chekka bir Nakurt qishlog`ida hayotdan nolimay yashab kelayotgan ayolni suhbatga tutdi.

Nakurtlik 5 nafar farzandning onasi Lobar Marqaeva “Ilich lampasi” yonadigan uyida kitob o`qishni yoqtiradi. Umrida kiyim do`koniga bormagan bu ayolga oq ko`ylak kiyish armon bo`lib qolgan. U bir vaqtlar hatto aktrisa bo`lishni ham orzu qilgan. Bugun esa chekka qishloqdagi paxsali, loy suvoqli uyida shoira Marhabo Karimova she`rlarini o`qib ovunadi.

Lobar Marqaevaning oilasi pandemiya vaqtida nonsiz qolgan kunlari ham bo`ldi. Hatto oddiygina gugurt donasini topolmay, oylab cho`g` axtargan kunlarni ham ko`rdi. Bu mo``tabar ayolning hikoyasi atrofimizdagi odamlarnikidan tamoman o`zgacha shu vaqtgacha aytilmagan, tinglanmagan ayol xaqiqatlaridir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
22
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.12.2021 14:48
Real xayot. Raxmat sizlarga.
30.04.2021 01:28
21 АСР. ЯНГИ УЗБЕКИСТОН. УЯТ ВА ШАРМАНДАЛИК. МАХАЛЛА РАИСИ ВА ТУМАН ХОКИМИНИ ПЕШОНАСИДАН ОТИШ КЕРАК, ПРЕЗИДЕНТИМИЗ СИЁСАТИГА ХИЁНАТИ УЧУН, СВОЛОЧИ! ШУ АЁЛНИНГ УЙИДА БИР ХАФТА ЯШАСИН ТУМАН ХОКИМИ ВА РАИС БИРГА, ЮВИНИШГА ЧОВГУМДАН БИР-БИРИГА СУВ КУЙИБ, УШАНДА БИЛАДИ.
25.04.2021 20:36
Men bu singlimizni so'zlarini juda katta qiziqish bn tingladim. Shukronalik, ko'ngli ochiqlik, ... niyatlaringiz kelajakda amalga oshsin.
25.04.2021 20:35
Men bu singlimizni so'zlarini juda katta qiziqish bn tingladim. Shukronalik, ko'ngli ochiqlik, ... niyatlaringiz kelajakda amalga oshsin.
25.04.2021 20:35
Men bu singlimizni so'zlarini juda katta qiziqish bn tingladim. Shukronalik, ko'ngli ochiqlik, ... niyatlaringiz kelajakda amalga oshsin.
25.04.2021 05:46
Раҳмат Сизларга! Рост24 жамосига раҳмат! Шундай ҳаққоний кадрларни олгани учун! Жуда таъсирли!
24.04.2021 14:22
Mana adolatni yo'q ekanligiga isbot, quyi bug'in davlat xizmatchilarini dunyoqarashi o'zgarmas ekan..bizda kambag'allik va yo'qchilikni ajratolmay yuruvramiz.
24.04.2021 14:15
Энг бахтли аёл экан.
24.04.2021 13:21
Sabr....
23.04.2021 20:10
Joniz sog' bulsin
23.04.2021 18:28
Шундай айоллар борлиги учун хайот бор!
23.04.2021 18:00
Анора калбан кишлок аёлларига якинсида. Мубодо кишлокда тугилмаганмисиз. Килган курсатувларингиздан келиб чикиб килган хулосамда. Ибратли материал булибди. Рахмат Сизга.