«Kasallikka chalinganlar haqiqatdan ham o`zlarida hosil bo`lgan immunitetni kuzatib boryapti. Lekin mutaxassislarning aniq fikri yo`qki, kasallikdan hosil bo`lgan immunitet nechog`liq turg`un. U bir yilga etadimi, bir oyga etadimi, o`n yilga etadimi yo umrining oxirigacha etadimi bunga amin bo`lish uchun hali vaqt kerak.
Vaqt o`tishi barobarida tekshirish orqali ularda o`sha immunitet bormi yo yo`qmi degan fikrga oydinlik kiritiladi. Kasallikni kimdir engil o`tkazyapti, kimdir o`ta og`irlikda, kimdir og`irlikda o`tqazyapti. Bunday paytlarda hosil bo`ladigan immun antitanachalarning turi ham har xil bo`lishi mumkin.
Kasallikni engil o`tkazgan odamda yuqori titrdagi antitelalar paydo bo`lish ehtimoli kam. Qachonki organizm virusga qarshi uzoq muddatga qarshi kurashadigan bo`lsa, shunga mos antitanalar paydo bo`ladi», dedi Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining o`rinbosari Nurmat Otabekov.