MARDIKOR AYoL: Bolaligimda hojatxona tozalab kun ko`rardim, ammo o`sha kunlar ham bugungi kunimdan yaxshiroq edi

18.04.2021 04:16

YoXUD mardikor ayollar nega hukumatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanmayapti?

Toshkentga kelib, mardikorlik bilan kun ko`rayotgan ayol bilan suhbat. 
 


Bolaligim og`ir o`tdi. Maktabga borsam ham odamlar bergan sumkani taqib borardim. 7 yoki 8 yoshlarda edim ham maktabga borardim ham xojatxona tozalardim. Har kuni bu ishim uchun 200 so`m berishardi. Shu pulga 4 dona non olib uyga chopardim. Hojatxona tozalaganim uchun konfet, kolbasa, pechene berishar, men bularni ko`zimga surtib erdim. Qani edi hozir shu kunlar qaytib kelsa jon derdim, chunki hozirgi hayotimdan yaxshiroq edi u damlar.

Ota-onam bolaligimda ajrashib ketgan. Onam qiyinchilik bilan bizni katta qildi. Oshxonalarda idish yuvib bolalarini boqdi, biz birovlarning eskilarini kiyib katta bo`ldik. 

2009 yil maktabni tugatdim. Opam 7 oylik chaqalog`ini onamga tashlab, men, opam, pochcham Rossiyaga bordik va bizni sotib yuborishdi. 3 yil Moskvada fermada ishladik. U erda ham bizni juda xo`rlashdi, fermada bir mol boquvchi turmushga chiqishni taklif etdi, rozi bo`lmaganim uchun haqoratlandim. Shundan so`ng pasportimni olib   qochdim. 

Surxonadaryoga keldim turmushga chiqdim, farzandli  bo`ldim… Ishonasizmi, hech qaerga sig`madim. Ota-onam   ikki xonali loy tomda turadi. U erda yashashga, ishlashga sharoit yo`q. Shuning  uchun  bundan 5 yil oldin Toshkentga kelib mardikorlik qilishni boshladim.

Shoira nima uchun bir ishning boshidan tutmadi?

Nega u bugun hukumatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanmayapti?

Mazkur reportajda surxondaryolik mardikor  ayolning boshidan o`tkazganlari haqida hikoya qilinar ekan savollarga ham javob olasiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар