Pandemiya sharoitida xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan muhojirlarimizning ayrimlari moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Og`ir ahvolga tushib qolgan mehnat migrantlariga yordam berish maqsadida #BIRGAMIZ loyihasi ishga tushirildi.
Mazkur loyiha doirasida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo`llab-quvvatlash maqsadida zarur oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena vositalari sotib olish uchun bir martalik moddiy yordam ajratish imkoniyati mavjud.
Loyiha tashkilotchilari xorijda ishlayotgan vatandoshlarimizni ishga joylash, yashash joyi bilan ta`minlash kabi yordamlarni ham ko`rsatadi.
Moddiy yordamga ehtiyoji bo`lgan fuqarolar www.birgamiz.com platformasi orqali shaxsi va mehnat migrantligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishlari mumkin.
COVID-19 pandemiyasi davrida xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini rasmiy amalga oshirayotgan O`Zbekiston fuqarolariga yordam ko`rsatadi. Mazkur loyiha “saxovat va ko`mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilmoqda.