Jurnalist va bloger sifatida internetda turli loyihalarni izlar ekanman bir ochiq stipendiyaga duch keldim. Oyiga ikki ming AQSh dollari maoshini tavsiya qilgan fond blogerlardan o`zi yashayotgan hududda LGBTlarning qarashi va huquqlarini himoya qilishni so`ragan. Mazkur stipendiya LGBT huquqlari cheklangan davlatlar uchun yanada ko`p va keng tarmoqli ekan.
Shunda men shu kabi moliyalashtirish manbalari haqida ko`proq axborot izlashga urinib ko`rdim. Afsuski, bunday grantlar juda ko`p va chegara bilmas ekan. Har qanday jamiyatda ana shunday fond pullariga moliyaviy manba sifatida qiziqib ko`ruvchilar topilishi aniq. Bunday grant sohiblari esa kuni kecha Amir Temur xiyobonida ro`y bergan kabi vaziyatlarni keltirib chiqarmasligini kim kafolatlay oladi? Qolaversa nisbatan tanilgan blogerlar ham LGBTlarni himoya qilib chiqayotganini guvohi bo`layapmiz.
Ma`lum bo`lishicha bugungi kunda katta moliyaviy mablag`larga ega bo`lgan yirik biznes kompaniyalari LGBT jamiyatlarini qo`llab keladi. (Ularning nomini ochiq keltirishni istamadik) The global LGBT community ma`lumotlariga ko`ra LGBT qarashlariga mansub shaxslarning qo`lida katta miqdordagi biznes mavjud. Ya`ni dunyodagi yirik ishlab chiqarish transmilliy kompaniyalari rahbarlari orasida shunday qarashga ega bo`lgan shaxslar bor. Ular bugungi kunda odamlarda o`zlariga nisbatan ijobiy qarashlarni kengaytirish uchun katta moliyaviy mablag`lar ajratib kelmoqda.
LGBT jamiyatiga mansub biznesmenlar alohida bir davlat tuzsa u rivojlangan davlatlar orasida (4.6 trillion AQSh dollariga teng ichki yalpi mahsulotga ega) to`rtinchi o`rinda turuvchi kuchli iqtisodiy davlatga aylanadi. The American Conservative nashrining ma`lumotiga ko`ra, LGBT jamiyatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish yirik ijtimoiy injenering loyiha hisoblanadi.
Bugungi kunda biz bilgan va iste`mol qilib kelayotgan yirik kompaniyalar ham LGBT qarashlarni himoya qilib keladi hamda ularni qo`llovchi NNTlar uchun mablag` ajratib turadi.
LGBT jamiyatlari o`zlarining pushti iqtisodiyot yo`nalishini yaratgan bo`lib, bugungi kunda pushti iqtisodiyot raqamlashib ham ulgurgan. Hattoki o`zlarining kriptovalyutalariga ham ega.
Yuqorida aytilgan ma`lumotga qaytsak, haqiqat shuki bugun LGBT jamiyatini moliyalashtiruvchi manbalar bizning chegaralarimizni ham zabt etib ulgurdi.
Eng achinarlisi shundaki, moliyaviy manbalar nafaqat LGBT jamiyatlarini huquqiy himoya qilishni balki, “o`zlariga o`xshaganlarni” ko`paytirishni ham keng targ`ib qilib keladilar.