O`zbekistonning qaysi erlari Qirg`iziston ixtiyoriga o`tmoqda?

26.03.2021 18:48

Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi raisi Kamchibek Tashiev 24-25 mart kunlari Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston va Qirg`iziston hukumat delegasiyalarining uchrashuvlari natijalariga bag`ishlangan matbuot-anjumani o`tkazdi.

Matbuot-anjumanida ma`lum qilinishicha, O`zbekiston va Qirg`iziston chegaradagi bahsli uchastkalar masalasini to`liq hal qilgan.

Qirg`iziston milliy xavfsizligi davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashiev Toshkentda tomonlar qaysi shartlarga ko`ra o`zaro bitimga kelganliklari haqida batafsil to`xtalgan.

Eslatib o`tamiz, Toshkentda 25-26 mart kunlari O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tgan va Qirg`iziston bosh vaziri Ulug`bek Maripov 25 mart kuni Toshkentga kelgan edi.

Qirg`iziston milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi boshlig`ining so`zlariga ko`ra, Kampirobod suv omborining to`g`oni O`zbekiston ixtiyoriga o`tgan, lekin suv omboridan birgalikda foydalaniladi.

O`zbekiston tomoni tomonidan Qirg`iziston fuqarolarining suvga va undan foydalanishga bepul va to`siqsiz kirishini ta`minlaydi - bu sug`orish, baliq ovlash va boshqalar.

O`zbekiston tomoni suv ombori havzasi atrofida muhandislik inshootlarini o`rnatmaslikni o`z zimmasiga oladi.

Chashma bulog`idan ham birgalikda foydalanish bo`yicha hukumatlararo kelishuv tayyorlanadi. Bundan tashqari, qator uchastkalar bo`yicha er almashuvlari amalga oshiriladi. Demarkasiya va delimitasiya bo`yicha hujjatlar parlamentlar tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak.

Qaysi erlar Qirg`iziston ixtiyoriga o`tdi?

Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari so`zlariga ko`ra, Qirg`izistonga 8 ming gektar er ajratilgan. Endilikda ikki davlat o`rtasida bahsli hududlar bo`lmaydi, deya ishontirgan Tashiev.

Qirg`iziston MXDQ rahbari Qirg`iziston ixtiyoriga o`tgan uchastkalarni sanab o`tgan.

«Ko`k-Serek uchastkasidagi 105 gektar er, Ola-Buqa tumani Boyoston hududidagi 212 gektar er bizning tomonga topshirildi.

Bundan tashqari biz Qora-Suv tumanidagi Oq-tosh uchastkasida 100 gektar joyni oldik. Qirg`izistonga Unqur-Tog`ning 35 gektari topshirildi.

Aniqrog`i, Unqur-Tog` to`laligicha bizga o`tmoqda. Qora-Beles uchastkasining 25 gektari bizning nomimizga o`tkazildi. Bizning nomimizga o`tkazildi deganimda, shuni nazarda tutumanki, Qora-Beles ilgari O`zbekistonga berilgan edi, hozir esa biz uni qaytarib olganimizni nazarda tutmoqda.

Bularning barchasi ug`oriladigan, qishloq xo`jaligi ahamiyatiga ega erlar. Shu tarzda bu uchastkalarning barchasi Orto-Toqay suv ombori evaziga bizni nomimizga o`tdi», — dedi Tashiev.

Davlat qo`mitasi raisi O`rta To`qay suv ombori Qirg`iziston hududida qolayotganini qayd etib o`tgan.

Toshievning aytishicha, qariyb 8 ming gektar er Qirg`izistonga o`tmoqda.

«Jalolobod va Namangan viloyatlari o`rtasida Gavasoy uchastkasi bor. Bu erda 5-6ta qirg`iz qishloqlari va ularning yaylovlari joy olgan. Bu erda muntazam ravishda qurolli mojarolar yuz berar edi. Endilikda bu uchastka Qirg`iziston tomoniga o`tmoqda, mojarolarga barham berildi.

O`zbekistonga Shahri-soy uchastkasidan 50 gektar joy ajratildi. Lekin buning evaziga biz O`zgan tumanidan 50 gektar er olyapmiz», – deya qayd etgan Tashiev.

O`zbekiston ixtiyoriga hosilsiz erlar o`tyapti, deb qo`shimcha qilgan u.

Manba: xabar.uz
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
16
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.03.2021 23:45
Bizni XOTAMTOY vodiyni tulaligicha berib yubormabdi haliyam, shungayam shukur qilinglar. Kecha banditlik qilib yurgan qirg'iz diplomatlariyam biznikilarni uxlatdi. Bu faqat qirg'izlarga emas oldinroq tojiklargayam va qozoqlargayam yerlarimizni berib yuborgan edik. Nima emish bizda birontayam hal bulmagan muammo qolmapti. Axmoq sen yerlarni qush qullab topshirasanu muammo qoladimi.
28.03.2021 16:58
СОВЕТЛАР ДАВЛАТИДА БИР КАРИЧ ЕР ХАМ БЕРМАЙМИЗ ДЕЙИШАРДИ.ХОЗИР ГЕКТАРЛАБ ХАДЯ КИЛИШМОКДА.ОХИРИ БАХАЙР БУЛСИН.
28.03.2021 07:49
Kimdan so'rab bervorishdi shuncha yerni???
27.03.2021 11:56
Нима деб уйлабман Олаверинглар давлат ери камайиб,кашшоклашиб колмайди.Нима киляпсан хов итдан таркаган бу турушда давлатни хонавайрон киласанку.кинодан
27.03.2021 11:55
Нима деб уйлабман Олаверинглар давлат ери камайиб,кашшоклашиб колмайди.Нима киляпсан хов итдан таркаган бу турушда давлатни хонавайрон киласанку.кинодан
27.03.2021 04:46
Бу Мирзиёев кўпчилик айтганидай геймасмикин охири кўтини хам беради. Ўзбекистон йўқ бўлиш арафасида сўнги йилларни кўряпмиз чаманда