Farq yoki o`xshashlikni toping?
Bizning o`xshash tomonlarimiz ko`pmi? Milliylik atamasi bor gvardiyamiz nomi ham formasining andozasi ham Rossiya "Rosgvardiya"siga o`xshashi shunchaki tasoddifmi? Aslida qanday bo`lishi kerak?
Har bir davlatni o`ziga xos milliy belgilari bor. Ular bayroq, gerbdan tashqari boshqa ramzlarda ham namoyon bo`ladi. Misol uchun, ko`p davlatlar polisiya xodimlarining libosidan ham qaysi davlatga tegishli ekanini oson tanib olish mumkin. O`zbekiston milliy gvardiya qo`riqlash xizmati esa bundan mustasno.
O`zbekiston milliy gvardiya qo`riqlash xizmati maxsus formalari Rossiya Federasiyasi qo`riqlash xizmati vakillari xizmat kiyimining tarjimasidek ko`rinadi.
Kim-kimdan “tarjima” qilib olgan, degan savol javobini ochiq qoldiramiz.
Ma`lumot uchun: O`zbekiston milliy gvardiya qo`riqlash xizmati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2019.03.07) “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYaSI QO`RIQLASh XIZMATINING FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TO`G`RISIDA” qarori aosida tashkil etilgan.
Rossiya federasiyasi Milliy gvardiya “Rosgvardiya” xizmatining yangilangan xizmat kiyimlari 2017 yilda taqdim etilib, 2018 yildan amalda bo`lgan.
Milliy qo`riqlash tizimi nafaqat libosi, balki ko`rinishi bilan ham boshqa davlat xizmat kiyimlarini eslatmasligi lozim. Milliy gvardiya qo`riqlash xizmatining nafaqat tashqi ko`rinishi nomi ham ko`chirma ekani ajablanarli. Milliy qo`riqlash xizmati nomidagi “gvardiya” so`zi ham italyan tilidan kelib chiqqan bo`lib, tanlangan xos askarlar ma`nosini beradi. O`zbek tili tashqaridan "gvardiya" so`zini o`zlashtirishga shunchalar muhtojmidi?..
Qayd etish lozimki turkiy til lug`atida ham ayni ma`noni anglatuvchi harbiy so`zlar ko`p.