Farg`onaliklar mahalliy hokimlik va vazirliklarning faoliyatini qanday baholaydi?

30.10.2024 13:21

Sentyabr oyida Farg`ona viloyatida mahalliy hokimlik, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari faoliyati ochiqligi holatini o`rganish yuzasidan jamoatchilik fikri so`rovi o`tkazildi. Bu haqda Antikorrupsiya agentligi xabar bermoqda. 

So`rov natijalariga ko`ra:

Respondentlarning 52 foizi davlat organlari faoliyatining ochiqligini o`rtacha baholagan (past – 21 foiz, yuqori – 16 foiz).
38 foizi mahalliy davlat organlarining rasmiy manbalarida o`z faoliyatiga oid ma`lumotlarni joylashtirish sifati va tezkorligidan qoniqishini, 26 foizi qoniqmasligini ta`kidlagan.
16 foiz respondentlar mahalliy davlat organlarining rasmiy veb-sayt manzillaridan bexabar hamda ulardan foydalanmaydi.


17 foiz respondentlar mahalliy davlat organlarida tashkil etilgan Ishonch telefonlari yoki Call-markazlari faoliyatini qoniqarli baholadi, 16,4 foiz esa aksincha.

Davlat idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy sarf-xarajatlar haqida ma`lumotlarning ochiqlanishidan faqatgina 24 foiz so`ralganlar xabardor, 44 foiz respondent bu turdagi ma`lumotlar ochiqlanishidan qoniqmaydi, 20 foizi uchun esa bu ma`lumotlar qiziq emas.

Respondentlar fikricha, mahalliy hokimliklar (13 foiz), ta`lim (15 foiz), sog`liqni saqlash (10 foiz) va bank (6 foiz) tizimi faoliyati boshqa sohalarga qaraganda ochiq va shaffof.

Korrupsion xavf-xatar eng yuqori bo`lgan sohalar sifatida sog`liqni saqlash (30 foiz), ta`lim (17 foiz), mahalliy hokimlik (13 foiz) va qurilish (7 foiz) qayd etildi.

Respondentlarga ko`ra, korrupsiyaga qarshi jazo choralarini kuchaytirish (39 foizi), ta`lim va tarbiyaga e`tibor qaratish (25.2 foizi), jamoatchilik nazoratini oshirish (14.3 foizi) lozim.


Respondentlarning 52 foizi davlat organlari faoliyatining ochiqligini o`rtacha baholagan. Korrupsion xavf-xatar eng yuqori bo`lgan sohalar sifatida sog`liqni saqlash, ta`lim, mahalliy hokimlik va qurilish qayd etildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар