Suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma`lum bo`ldi

12.10.2024 15:34

 

Namangan viloyat Kosonsoy tumanida joylashgan “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulangan.

Bu haqda “O`zenergoinspeksiya" rasmiy sahifasida xabar berildi.
(https://t.me/Energoinspeksiya/5473)
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra elektr ta`minoti korxonasi manfaatiga 1 mlrd 265 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар